O‘zbekiston resrublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muxandislik-texnologiya instituti


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə3/24
tarix23.08.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#140214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Arslon dissertatsiya

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining VII «Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar» ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ionitlar sintezi va ularning texnologiyasini o‘rganish bo‘yicha A.B. Pashkov, I.P. Losev, Ye.B. Trostyanskaya, A.S. Tevlina, A.B. Davankov, V.M. Laufer, F.T. Shostak, I.F. Samborskiy, Ye.Ye. Yergojin, K.M. Saldadze, I.L. Xmelniskaya, S.A. Marandjev, Ye.I. Lyustgarten, V.D. Kopylova, A.A. Vaisheydt, A.A. Vasilev, N.N. Kuznesova, R.P. Kusy, G. Martines, I.S. Ahamed, S. Aoki, F.A.Long , M.A. Asqarov, A.T. Djalilov, X.T. Sharipov, U.N. Musaev, S.S. Zaynutdinov, Z.A. Tadjixodjaev, X.X. Turaev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan.
Ionitlar sintez qilish texnologiyasi rivojlanishidagi asosiy ilmiy yo‘nalishlar eritmalar tarkibidan metall ionlarini samarali ajratish xususiyatiga ega bo‘lgan, tiokarbamid, karbamid tiosemikarbazid, tiofosfatlar, melamin, gossipol smolasi, formalin, epixlorgidrin va poliakrilonitril tolasi asosida ionitlar sintez qilishga asoslangan. Bundan tashqari, mavjud ionitlarga yangi funksional guruhli monomerlar kiritish orqali ham yangi ion almashinuvchi materiallar sintez qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Shu bilan birga qimmatbaho metallar uchun samarali ionitlar sintez qilishda asosiy e’tibor import o‘rnini bosuvchi mahalliy xom-ashyolardan foydalanib, tarkibida azot, oltingugurt, kislorod va fosfor bo‘lgan monomerlar asosida ionitlar sintez qilish, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari, olish texnologiyasi va ushbu ionitlar yordamida turli metallar ionlarini samarali ajratishni tadqiq qilishga qaratilgan.
Tadqiqotning maqsadi yuqori samarali ion almashinuvchi materiallarlarni sintez qilish va texnologiyasini ishlab chiqish.
Tadqiqotning vazifalari:
tarkibida oltingugurt, azot, kislorod va fosfor saqlagan funksional guruhlarga ega, yangi, yuqori samarali ion almashinuvchi materiallarlar olish usullarini ishlab chiqish, sintez usullarining maqbul sharoitini aniqlash;
sintez qilingan ion almashinuvchi materiallarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash;
samarali sorbsiya usulini ishlab chiqish maqsadida mis, nikel va kobalt ionlarining ionitlar bilan kompleks hosil qilish sharoitlarini tadqiq etish;
o‘rganilgan metall ionlarining sorbsiya va desorbsiya jarayonlarining fizik-kimyoviy qonuniyatlarini tadqiq etish, metall ionlarining ion almashinuvchi materiallarda sorbsiya sharoiti va kattaliklarini, sorbsiya mexanizmini aniqlash, sorbsiyalanish qatorini tuzish;
diglitsidilkarbamid va diglitsidiltiokarbamid asosida tarkibida oltingugurt, azot, kislorod hamda fosfor bo‘lgan ion almashinuvchi materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin