Ilmiy adabiyotlarda polialkilenpoliaminlar va piridin asoslari asosida anionitlar olishning bir qancha boshqa usullari ham keltirilgan. Elastik va arzon anionitlar olish maqsadida, dastlabki, polietilenpoliaminlar piridin va α-pikolinlar aralashmasida aldegidlar bilan kondensatlangan. Bunda reaksion massa galloidepoksidlar bilan qayta ishlangan. Bunday ionitlarning 0,1 n.li HCl eritmasi bo‘yicha almashinish sig‘imi 2 mg-ekv/g, 0,1 n. NaCl bo‘yicha esa 0,9 mg-ekv/g [50; 84-b.].
Harorat 40-50 °C bo‘lganda epixlorgidrinning allilamin bilan o‘zaro ta’siridan suvda eruvchan sopolimerlar olish usuli taklif etilgan [51; 44-47-b.]. Olingan mahsulot tarkibida 21,7% xlor bo‘lib, 0,1 n. AgNO3 eritmasiga nisbatan 6,5 mg-ekv/g almashinish sig‘imiga ega. Ammo, olingan elektrolit uncha katta bo‘lmagan pHmuhiti diapazonida flokullovchi xususiyatga ega.
Dastlab, amin sifatida piperidindan foydalanilganda [52], elektrolitning asosligi ortgan va undan foydalanish uchun muhit pHi diapazoni kattalashgan. Epixlorgidrinning piperidin bilan o‘zaro ta’sirlashish mahsulotining polimerlanishi quyidagi sxema bo‘yicha boradi:
Bu usulning afzalligi shundaki, polimerlanish reaksiyasi 40-500S da initsiator ishtirokisiz o‘z-o‘zidan boradi, olingan polielektrolitlar 0,1 n. AgNO3 eritmasi bo‘yicha 5,1 mg-ekv/g almashinish sig‘imiga va flokullovchi ta’sirga ega.
400S da epixlorgidrinning 2-vinilpiridin va 2-metil-5- vinilpiridinlar bilan o‘zaro ta’sirlashish mahsulotlarini o‘z-o‘zidan polimerlanish yo‘li bilan tarkibida to‘rtlamchi piridin guruh bo‘lgan kuchli asosli anionit olish usuli [53; 10-12-b.] mualliflar tomonidan taklif etilgan. Bu anionitning 0,1 n. HCl eritmasiga nisbatan almashinish sig‘imi 3,95 mg-ekv/g ga yetadi.
Elektron zichlikning qayta taqsimlanishi ionit fazasida kislota-asosli muvozanatning o‘zgarishiga olib keladi. Ionit fazasiga ion-koordinatsion yoki faqat koordinatsion ta’sir natijasida metall ionlarini kiritib, nafaqat metall ionlari bilan bog‘langan funksional guruhlar, balki, erkin (deprotonlashgan) guruhlarning ham asosligi kamayishi potensiometrik titrlash metodida aniqlangan [54; 41-44-b.].