2.15-rasm. Tiokarbamid va epixlorgidrinning 100 °C da polikondensatsiyasining tugallanish darajasi
1) 10% ( ); 2) 20% ( ); 3) 30% ( ) epixlorgidrin miqdori.
2.16-rasm. Reaksiya jarayonida ta’sirlashuvchi moddalar konsentratsiyalari logarifmlarining o‘zgarishi Epixlorgidrin konsentratsiyasining polikondensatsiya jarayoniga ta’siri 100 °C da 10, 20, 30% tiokarbamid bilan epixlorgidrin massasiga nisbatan o‘rganildi. 2.15-rasmda epixlorgidrin va tiokarbamid polikondensatsiyasining tugallanish darajasi turli nisbatlarda reaksiya davomiyligiga (t) va tugallanish darajasiga (A) bog‘liqligi keltirilgan, 2.15-rasmda esa, reaksiya tezlik konstantasining epixlorgidrin konsentratsiyasi logarifmlariga bog‘liqligi ifodalangan.
2.15-rasmdan ko‘rinib turibdiki, 100 °C da tiokarbamid konsentratsiyasi oshishi bilan tezlik konstantasi ham oshadi. Mahsulot sintezida, dastlabki moddalar konsentratsiyasi - uning fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir etuvchi muhim omil hisoblanadi.
Ushbu mahsulotni olishda epixlorgidrin choklovchi agent hisoblanadi, shuning uchun uning reaksion aralashmadagi konsentratsiyasi nafaqat choklashga, balki faol guruhlarning miqdoriy nisbatiga ham ta’sir qiladi (2.5-jadval).
2.5-jadval Olingan mahsulot xossalarining reaksion fazadagi epixlorgidrin va tiokarbamid konsentratsiyalariga bog‘liqligi
Reaksion aralashmada epixlorgidrinning mol miqdori
Tiokarbamid aminoguruhlarining harakatchan vodorod atomlari epixlorgidrinning epoksid guruhi bilan o‘zaro ta’sirlashadi, natijada, dastlabki birlamchi aminoguruhlar ikkilamchiga, ikkilamchi esa uchlamchiga o‘tadi. Epixlorgidrin miqdorining oshib borishi bilan mahsulotning qovushqoqligi ham oshadi, eruvchanligi esa kamayadi. Epixlorgidrin massasiga nisbatan 1,5 mol va 20 % tiokarbamiddan foydalanilganda, mahsulotning qovushqoqligi katta bo‘ladi, lekin kislota eritmasida mahsulot rangini o‘zgarishi kuzatiladi. Buni esa o‘z navbatida mahsulotning qisman erishi bilan tushuntirish mumkin. Tadqiqotlar davomida epixlorgidrin tiokarbamidning ortiqcha miqdori bilan to‘liq ta’sirlashmasligi aniqlandi. 2.5-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, epixlorgidrinning optimal nisbati 2 molga teng.