2.4. Diglitsidil(tio)karbamid va ortofosfat kislota asosidagi ionalshinuvchi materiallar sintezi Tarkibida azot, oltingugurt va fosfor bo‘lgan birikmalar kompozitsion ion almashinuvchi materiallarni sintez qilishda xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Hozirgi vaqtda sorbsion materiallar olishning samarali yo‘nalishlaridan biri reaksion qobiliyatli polifunksional oligomerlar- dan foydalanishdir. Ularni, dastlabki mahsulot sifatida ishlatish reaksiyani yumshoq (qulay) sharoitda o‘tkazish, oraliq jarayonlar mexanizmi va kinetikasini atroflicha o‘rganish, shuningdek, polielektrolitlar tarkibi hamda ularning xossalarini boshqarish imkonini beradi.
Xorijiy davlatlardan valyuta hisobiga olib kelinayotgan kompozitsion ion almashinuvchi materiallarning tan narxi qimmatligini hisobga olib, diglitsidil(tio)karbamid va ortofosfat kislota asosida tarkibida fosfor, oltingugurt va azot bo‘lgan yangi ionitlar sintez qilishga qaror qilindi.
Sintez uchun olingan diglitsidil(tio)karbamid tarkibida epoksid guruhi bo‘lib, undan turli tuzilishdagi poliamidlarni choklashda foydalanish mumkin.
Taklif qilinayotgan sintez sxemasi asosida tarkibida fosfor, oltingugurt va azot bo‘lgan funksional guruhli birikmalar olinadi. Shuningdek, molekulalarni asosiy funksional guruhlar (azot, oltingugurt va fosfor tutgan), uzun zanjirni esa donor atomi tutgan geteroxalqali radikallar bo‘yicha fragmentlab, foydali kompleks xossalarga ega bo‘lgan ionitlarni sintez qilish imkoniyatlari mavjud.
Yuqorida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish maqsadida, diglitsidil(tio)karbamid va ortofosfat kislotaning o‘zaro ta’sirlashish reaksiyalari o‘tkazildi.
Tarkibida azot, oltingugurt va fosfor bo‘lgan kompozitsion ion almashinuvchi materiallar sintezi: magnitli aralashtirgich, termoregulyatorli hammom va tomchi voronka bilan jihozlangan yumaloq tubli kolbada 100-110°C haroratda 2-4 soat davomida o‘tkazildi. Bu reaksiyani bajarish uchun diglitsidilkarbamid va diglitsidiltiokarbamiddan 1 mol va umumiy massaning 1-3% miqdorida ortofosfat kislotasi olindi. Modda unumi nazariy hisoblashga nisbatan 89,3-92,5% ni tashkil qildi.
Tarkibida azot, oltingugurt va fosfor bo‘lgan ionitlarni sintez qilish reaksiyasini shartli ravishda quyidagicha yozish mumkin:
бу ерда: Х=O ва S
bu yerda: X=O va S
Reaksiya tezligiga harorat ta’sir etadi. Unumni oshirish uchun sintezning qo‘shimcha mahsulotlarini reaksion aralashmadan vakuumli haydash orqali ajratildi. Reaksiyani o‘tkazish sharoiti, olingan moddaning tarkibi, uning fizik-kimyoviy xossalari, element analiz natijalari 2.10-jadvalda berilgan.