O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Chingizxon Najmiddin Kubro



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

Chingizxon
Najmiddin Kubro
ga ahli a’yonlari, barcha 
yor-u do‘stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni 
taklif etgan. Ammo shayx 
Chingizxon
taklifini rad qilib,
“Shu tuproqda tug‘ilibmiz, shu tuproqda o‘lamiz!” 
degan 
ekan. Oqibat son jihatidan teng bo‘lmagan dushman bilan 
olib borilgan shiddatli jangda og‘ir yaralangan 
Najmiddin 
Kubro 
o‘lim oldida tig‘ tutgan mo‘g‘ul sarboziga tashlanib, 
qahramonlarcha halok bo‘ladi. Jangchi mo‘gullar jonsiz shayx 
qo‘lidan bayroqni tortib ololmaydilar. 
Mo‘g‘ullar hiyla ishlatib ham ko‘rdilar. Bir cho‘ponga 
100-150 qo‘y, echki berib, shahar darvozasi yonidan haydab 
o‘tishni buyuradilar. O‘zlari pistirmada turadilar. Och qolgan 
aholi darvozadan chiqib suruv ketidan quvib ketadilar. 
Shahardan ancha uzoqlashib qolganlarida mo‘g‘ullar ularga 
hujum qiladilar. Ko‘plab odamlar qatl etildi. Mo‘g‘ullar qolgan 
aholini quvib kelib shaharga kirib jang qiladilar. Biroq shahar 
himoyachilari mo‘g‘ullarni shahardan haydab chiqarishga 
muvaffaq bo‘ladilar. Keyinchalik ilojsizlikdan holi tang bo‘lib, 
taslim bo‘lgan 
Urganch
bosqinchilar tomonidan talon-toroj 
qilinadi. Yuz ming nafar san’at, hunar arboblarini, yosh bolalar 
va ayollarni ajratib olib, Mo‘g‘ulistonga jo‘natadilar. Qolgan 
xalqni shahardan haydab chiqib, askarlarga 24 nafardan bo‘lib 
berdilar. Mo‘g‘ul jangchilari yuz ming nafardan ziyod edi. 


70
Shaharning bosh ihota to‘g‘oni buzib yuboriladi. Urganchni 
suv bosib vayron bo‘ladi.
1. 
Xorazmshoh nima uchun mudofaa rejasini ma’qul topdi? U 
qanday reja edi?
2. 
Siz Muhammad Xorazmshoh tutgan yo‘lni qanday baho-
laysiz?

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin