69
Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining
ustunligiga qaramay o‘z
ona shahrini
yetti oy
mudofaa qiladilar.
Bu janglarda zamonining buyuk allomasi shayx
Najmiddin
Kubro
nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli
Ahmad ibn
Umar Xivaqiy
o‘z do‘st-u shogirdlari
va izdoshlari bilan
ishtirok etadi. U o‘z muridlarini yovga qarshi kurashga ilhom-
lantirib turdi.
Najmiddin Kubro
ning iltijo bilan
“Yo Vatan,
yo sharofatli o‘lim”
deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir
mahalla, ko‘cha-ko‘y,
guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har
bir xonadon janggohga aylanadi. Ko‘cha janglarida minglab
mo‘g‘ul askarlari halok bo‘ldi. Mo‘g‘ullar to shu paytgacha
Movarounnahrning hech bir shah
rida
bunchalik qurbon
bermagan edilar.
Dostları ilə paylaş: