2.3.3-rasm: O’zbekiston fond bozorining tarmoq tuzilmasi
(foiz hisobida, 2018 yil)1 O’zbekiston fond bozorining tarmoq tuzilmasida tahlillar amalga oshirilganda, mamlakat fond bozorida asosan davlat ulushiga ega bo’lgan korxonalar faoliyati amalga oshiriladi. Ular tarkibida eng katta ulush banklarga tegishli bo’lib, mamlakat fond bozorining 85 foiziga egalik qiladi. Undan keyingi o’rinlarni Agrosanoat kompleksi (5%), Lizing (1%), Qurilish (2%), Sug’urta (2%), Sanoat (2%) va boshqa yo’nalishlar (3%) egallagan (2.2.3-rasm).
O’zbekiston fond bozorida asosiy investorlar yuridik shaxslar hisoblanib, ular jami investorlarni 57 foiziga egalik qilishgan. Investorlar tarkibida jismoniy shaxslar 40 foizni, sug’urta kompaniyalari 3 foizni tashkil qiladi (2.2.4-rasm).
O’zbekistonda moliya bozorida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlari oldini olish va yumshatish imkonini beradigan asosiy omillar sifatida quyidagilar ko’rinadi:
- banklar kapitallashuv darajasining oshirilishi va nizom jamg’armalarining ko’paytirilishi, moliya bozorining asosiy segmentlaridan bo’lgan kredit bozori mustahkamligini oshirish va taraqqiyotning muhim omillaridan biriga aylanishi;
2.3.4-rasm: Investorlarning turi bo’yicha fond aylanmasi
(foiz hisobida, 2018 yil)1 - tijorat banklari faoliyatini baholashda uzoq muddatli kredit qo’yilmalari ulushining o’sishi va uni ichki manbalar orqali ta’minlash mezonlariga asosiy e’tibor qaratilishi moliya bozorini barqaror rivojlantirishdagi asosiy omillardan ekani;
- O’zbekiston bank tizimining qat’iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biriga aylanishi;
- qimmatli qog’ozlar bozorida aksiyadorlik jamiyatlarining kapitaliga, bozorning professional ishtirokchilariga va birja bozoriga chiqadigan qimmatli qog’ozlarga talablarning kuchaytirilishi;
- mamlakatimiz emitentlari qimmatli qog’ozlarning xalqaro va xorijiy davlatlar fond bozorlarida muomalasi shakllanmagani va yurtimizga jalb etilgan xorijiy portfel investitsiyalar hajmining kichikligi;
- O’zbekiston molliya bozorida davlatning ichki va tashqi qarzlarini kamaytirishga, mamlakat iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga qaratilgan samarali iqtisodiy-moliyaviy islohotlarning olib borilishi;
- iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sug’urta lashkilotlarining kapitallashuvi, majburiy sug’urtaning yangi turlari joriy etilishi, mamlakatimizda zamonaviy sug’urta bozorining shakllanishi;
- valuta siyosati sohasida ham puxta o’ylangan, uzoqni ko’zlab amalga oshirilgan tadrijiy choralar;
- mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida investitsiya fondlari va ularning aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar faoliyati bozorda barqaror faoliyat yuritish tamoyillari asosida rivojlandi, bu jarayon davlat mulkini xususiylashtirish va iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich shakllantirish uchun olib borilgan iqtisodiy-huquqiy islohotlar bilan ta’minlangan va boshqa shu kabi omillar.
O’zbekiston moliya bozori modeli anglo-sakson va kontinental modellari elementlarni o’z ichiga olganligi hamda unda aksiyadorlik kompaniyalari korporativ boshqaruv tizimi anglo-sakson ("investorlik") modelidan farqli kontinental (Germaniyadagiga o’xshash "insayderlik" yoki "ikki pog’onali") modelga asoslanganligi va ichki nodavlat investitsiyalar hajmining kamligi, xususiylashtirish mexanizmi kam samarali bo’lgani va regulatorlarning ko’p sonliligi. banklar, sug’urta tashkilotlari va budjetdan tashqari fondlarning yetarlicha investitsion samara bilan ishlamayotgani sababli, barcha o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari ma’lum darajada muammolar mavjud. Bunda O’zbekiston moliya bozorini tartiblashtirish tizimi birinchi turkum modeliga kiradi. Uning xususiyati shundaki, unda hozircha na banklarning, na moliya institutlarining (investitsiya institutlari, sug’urta tashkilotlari, fondlar), na institutsional investorlarning, na mayda chakana investorlarning alohida ustunligi kuzatilmaydi. Alohida segmentlarga (pul, valyutalar, korporativ va davlat qimmatli qog’ozlari, sug’urta instrumentlari, kredil va banklarning boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo’lib, ular hozirda bir-biri bilan to’liq bog’liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida tartiblashtiriladi (muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi). Bank tizimi germancha modelga yaqin, ammo ko’lamli islohotlarga muhtoj.
Hozirda har qanday o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari O’zbekiston uchun asosiy muammolar - ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy o’sishda industriyaning salmog’ini oshirish kabi muammolar. Bu muammolarni yechishda milliy moliya bozori birmuncha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kompaniyalar va banklarda emission, foizli daromadlar va investitsion siyosatlarida nomutanosibliklarni kuzatish mumkin. Banklar, kompaniyalar va sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holati qoniqarli, xalqaro reyting agentliklarining "barqaror" baholariga ega, lekin faoliyatida bozor mexanizmi to’liq amal qilmayotganini ko’rish mumkin.
Qimmatli qog’ozlar bozorida hozircha muddatli instrumentlar (derivativlar), munitsipal, ipoteka va boshqa turdagi tijorat qog’ozlari (jumladan veksellar) segmentlari to’liq shakllanmagan. Chunki, IPO (Initial public offering) mexanizmi yo’q. Davlat qimmatli qog’ozlari muomalasi Respublika Valuta birjasida amalga oshiriladi. Pul, valuta va banklararo kreditlar bozorlari banklar sektorida faoliyat ko’rsatadi. Qimmatli qog’ozlar bozori hajmining YaIMga nisbati (kapitalizatsiya sur’ati) kichik bo’lib, uning darajasi yalpi ichki investitsiyalar hajmidan ancha kam1. Real sektorning pul resurslariga bo’lgan talabi asosiy kapitalga qilingan ichki va to’g’ridan-to’g’ri jalb qilingan investitsiyalar hisobiga qondirilmoqda. Bunda kichik biznesning YalMdagi salmog’i oshib bormoqda. Aksiyalar bo’yicha dividendlar foizi va obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi yildan yilga pasayish tendensiyasiga ega. Aksiyalarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarining nisbati tahminan bir-biriga yaqin. Aksiyalar va obligatsiyalarning ikkilamchi bozorlari spekulativ xarakterga ega emas. Spekulativ portfel investorlar shakllanmagan bo’lib, asosan strategik portfel investorlar mavjud.
Hozirgi paytda mamlakatimizda xorijiy investorlarni Respublika fond bozoriga jalb qilishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va investitsiya institutlari muntazam ish olib bormoqda. Bu uyg’unlashuv ikki yoqlama jarayon bo’lib, o’zbek investorlari faoliyatini xorijiy fond bozorlarida tashkil etish uning muhim qismidir. Bugungi kunda jahon fond bozorining kun sayin globallashuvi, aloqa va texnologiyalarning o’zaro bog’liqlikda rivojlanishi investorlarning o’z mahalliy doirasida cheklanib qolmasligiga olib keladi. Bu esa endilikda o’z sarmoyasini foydaliroq joylashtirishga harakat qiladi. Fond bozori samaradorligi yuqori bo’lgan korxonalarni izlaydi. Biror korxonaning ko’rsatkichlari pasayishi bilan moliyaviy vositalar ko’rsatkichlari yaxshiroq korxonalarga oqa boshlaydi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi. Jahonning barcha fond bozorlari shu funksiyani bajaradilar. Zamonaviy komputer texnologiyalari har bir baquvvat investorga internet orqali yirik fond bozorlari faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini yaratmoqda. Investor brokerlarni chetlab o’tgan holda, kam sarf-xarajatlar bilan barcha zarur axborotni olishi va aksiyalarni mustaqil ravishda o’zi xarid qilishi va sotishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog’ozlar bozori juda yaxshi rivojlangan. Ular yuksak texnologiyali savdo jarayonini taminlay oladigan darajada rivojlangan infratuzilmaga ega. Axborot xizmatlarining o’sishi, bozor haqidagi ma’lumotlar aniqligini ham ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida, qimmatli qog’ozlardan foyda olishga intilayotgan yangi-yangi investorlarni bozorga jalb qiladi.
Qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarda ishtirok etayotgan har bir malakali mutaxassis, broker, emitent, investor texnikaning ilg’or sohalarida foydalanishiga to’gri keladi. Bu esa o’z mijozlari sonini ko’paytirishga, sifatli yoki o’z vaqtida axborotlarni yelkazib berishda keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Moliya bozorining shahobchasi bo’lgan qimmatli qog’ozlar bozorida axborotlarni o’z vaqtida yetkazib berish muhim o’rin tutadi. Bu axborotlar rivojlangan mamlakatlar fond bozorida aksiyalarni, obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq narxlarning o’zgarishini hech kim oldindan ayta olmaydi. Bu esa operatsiyalarda ishtirok etayotgan har bir malakali mutaxassis, broker, emitent, investorlarning daromadiga daromad qo’shsa, ayrim kompaniyalar iqtisodiy faoliyatining kuchsizligi va mahsulotlari raqobatbardosh emasligini oydinlashtirib qo’yadi. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi bu raqobatbardosh muhitning yaratilishi bozorning yanada rivojlanishi uchun katta hissa qo’shadi. Bu tipdagi axborotlarni o’z vaqtida va sifatli yetkazib berish respublikamizdagi fond bozorining rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uning tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog’liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:
- iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi;
- kapitalning samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
- davlat budjetiga xizmat ko’rsatishi, uning kamomadini qoplash uchun pul mablag’larining samarali jalb qilinishi;
- iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
- inflatsiya sur’atlari va valuta kurslari o’zgarishiga operativ ta’sir ko’rsatilishi;
- davlatning pul-kredit va budjet-soliq siyosatini ob’ektiv va mutanosiblikda olib borilishi;
- mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
- jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotning integratsiyalashuvi.
Moliya bozori, jumladan qimmatli qog’ozlar bozori, faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- barcha potensial investorlar o’z mablag’larini foydali tarzda joylashtirishlari uchun ularga teng shart-sharoitlar yaralib berish;
- bozorda tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
- erkin raqobat yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish;
- narxlarni real tarkib topadigan talab va taklif asosida belgilash;
- bozor qonun hujjatlariga uning barcha qatnashchilari tomonidan rioya etilishi;
- birja va birjadan tashqari operatsiyalar, kotirovkalar, emitentlarning moliyaviy holati to’g’risidagi axborot oshkor etilishining shartligi;
- o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan barcha investorlar va emitentlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi;
- moliyaviy instrumentlar va ularning emitentlariga doir axborotning to’la oshkor etilishini, oshkoralikni va bu axborotdan barcha qatnashchilar foydalana olishini ta’minlash;
- investorlar va emitentlarning manfaatlarini himoya qilish;
- bozorda tovlamachilik va boshqa noqonuniy faoliyatni taqiqlash hamda ta’qib qilish.
Moliya bozori faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga fond birjalari va bozor qatnashchilarining birlashmalari ishlab chiqqan qoidalarini uyg’unlashtirish asosida ta’minlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston moliya bozorini tartibga solish va barqarorligini ta’minlash quyidagilarda o’z aksini topadi:
- inqirozdan qutulish maqsadida moliya bozorini tartibga soluvchi va mustahkamligini oshiruvchi iqtisodiy islohotlarni olib borish;
- samarali tartibga solish mexanizmini yaratish;
- moliya bozorlarida segmentlar muvofiqligini ta’minlash;
- birjadan tashqari bozor infratuzilmasini yaxshilash orqali derivativlar bozori shaffofligi va barqarorligini oshirish hamda ular bilan bog’liq tizimli risklarni qisqartirish;
- moliya tizimi va uni tartibga solish mexanizmini mustahkamlash.
Hozirda moliya bozorining infratuzilmasida uch yuzdan ziyod investitsiya institutlari, beshta birja (Respublika Valuta Birjasi, "Toshkent" Respublika Fond Birjasi, Respublika tovar-xomashyo Birjasi, Respublika ko’chmas mulk Birjasi, Agrosanoat Birjasi), ikkita birjadan tashqari elektron savdo tizimi (Banklararo savdo tizimi, "Elsis-savdo" elektron savdo tizimi), 1309 ta aksiyadorlik jamiyati, 29 tijorat banki (ulardan 12 tasi aralash mulkchilik shakliga asoslangan banklar, 9 tasi xususiy bank, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi bank, 3 tasi davlat banki), 25 dan ziyod sug’urta tashkilotlari, budjetdan tashqari fondlar (bandlik, pensiya, yo’l, fermerlar fondlari), banklar va sug’urta tashkilotlarining ko’p millionli mijozlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Moliya bozorining rivojlanishini ekonometrik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holatini va kelajakdagi o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish hamda prognozlash mumkin. Shu sababli, mamlakatimiz moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri bo’lgan valyuta bozori bo’yicha korelyatsion va regression tahlillarni olib borish maqsadga muvofiq.
Hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni ifoda etuvchi ekonometrik modellarni tuzish vaqtida korrelyatsion va regression tahlil usuliga katta e'tibor beriladi. Mazkur usullar turli statistik mezonlar yordamida o’rganilayotgan ko’rsatkichga har bir omilning ta'sir darajasini aniqlash va baholash imkonini beradi. Agar tuzilgan model real tizimni to’g’ri tavsiflasa, bu holda u bir tomondan modellashtirilayotgan ob'ekt ko’rsatkichlar miqdor xarakteristikasini, ular dinamikasining o’zgarishini aniqlaydi, ikkinchi tomondan, jarayonni maqsadga muvofiq boshqarish imkonini beradi. Agar o’rganilayotgan tizimning tavsiflanayotgan holatlar omili guruhidan boshqarish omillari ajratilsa, shu omillarga faol ta'sir etish jarayonini boshqarish va qo’yilgan maqsadga erishish bo’yicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Korrelyasion-regression tahlilda korrelyatsiya koeffitsientlari bog’lanishni, regressiya tenglamasini va uning shaklini ifoda etadi. Regressiya tenglamalari parametrlari o’sish parametrlarini umumlashtirish yoki ma'lum tadqiqot natijasida o’sish ma'nosiga ega bo’ladi.
Moliya bozori asosiy segmentlaridan biri bo’lgan valyuta bozorining, ya’ni so’mning AQSh dollariga nisbatan kursini 2000-2018 yillardagi dinamikasi
2.3.1-jadval
O’zbekiston Respublikasining milliy valyuta birligi so’mning AQSh dollariga nisbatan kursi hamda unga ta’sir etuvchi bir qancha omillarning 2000-2018 yillar davomida o’zgarish dinamikasi1