International Conference on Developments in Education Hosted from Amsterdam, Netherlands https: econferencezone.org April 30 th 2022 152 kelishi va adolatli podshohlik o’rnatishi va boshqalar Injilda yoritib berilgan. Xristianlikning
asosiy oqimlari Katolik (yunoncha-umumjahon, umumiy, asosiy yo’nalishlardan biri bo’lib,
diniy ta’limot va cherkov tashkiloti sifatida asosan 1054-yilda xristianlikni ikki asosiy
cherkovga – katolik va provoslavie mazhablariga bo’linib ketganidan keyin vujudga keldi.
Katolik cherkovi qat’iy markazlashtirilgan, yagona jahon markazi –Vatikan davlatida
joylashgan. Rim papasi katolik cherkovida bosh ruhoniysi, yepiskopi, birdan-bir boshlig’idir.
Katolik cherkovini amalda papa va uning joylardagi kardinallari boshqaradilar. Kardinal
katolik cherkovida Rim papasidan keyingi oliy ruhoniy bo’lib, kardinallar masjisining roziligi
bilan papa tomonidan tayinlanadi va u papaning eng yaqin maslahatchisi hisoblanadi.
Katoliklik Rim papasini Iysoning yerdagi noibi, u din va axloq ishlarida mutlaqo gunohsiz,
uning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan yuqori turadi deb hisoblaydi. Katolikning
prostantizmdan farqi shundaki, u faqat muqaddas kitob-Bibliyanigina emas balki <rivoyat>> ni ham diniy ta’limotning manbai deb hisoblaydi.
Xristianlik ilohiyoti xristianlik bu grekcha so’z bo’lib, “muqaddas yog’ surtilgan”, ya’ni oliy
maqomga ko’tarilgan shaxs, “Xaloskor” degan ma’noni anglatadi. Milodning birinchi asrida
Rim imperiyasi tarkibida Falastinda, yahudiylikka e’tiqod qiluvchi jamoa orasida paydo
bo’lgan. Mil.avv. 140-yildan Yahudiya davlati o’z chegaralarini kengaytirib, aholini
yahudiylikka o’tkazish faol darajada olib borildi. Bu esa xalqning noroziliklariga sabab bo’ldi.
Va buning natijasida xalq boshqa bir dinga ehtiyoj sezdi. Shu davrda xristianlik dini vujudga
kela boshladi va bu antik davr sivilizatsiyasining chuqur inqiroziga va zaiflashishiga olib keldi.
Xristianlik ta’limotining asosiy qismlarida muqaddas uchlikning yagonaligi va xudoning
mujassamlanish haqida so’z yuritiladi. Pravoslavink marosimlari. Pravoslavlikda
xristianlarning 7 sirli marosimi alohida o’rin egallaydi. Bular – cho’qintirish, non va vino
tortish, ruhoniylik unvonini berish, tavba-tazarru, miro surtish, muqaddas zaytun moyi surtish
va nikoh marosimlaridir. Bu marosimlar 1279 – yilda uzil-kesil xristianlikning marosimi, deb
belgilangan. Non va vino tortish ham asosiy marosimlaridan biri. Cherkovning ta’lim
berishicha, uni lusus o’z shogirdlari bilan birgalikda o’tkazgan maxfiy kechada belgilangan va
o’zini eslab turish uchun shunday qilishni buyurgan. Bu marosimning mohiyati quyidagicha:
Xristianlar non bilan vinoni tanovul qilar ekanlar bu bilan ular lususning tanasi va qonini tatib
ko’rdik, binobarin, endi xudoga yaqinroq va qondoshroq bo’ldik, deb hisoblaydilar. Bu
marosim ertalabki yoki tungi ibodatda asosiy o’rin egallaydi. Ruhoniylik unvonini berish