Amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining
konsolidatsiyalashgan byudjetini tuzishda byudjet tizimi byudjetlari va O‘zbekiston
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining barcha daromadlari
va
xarajatlari hisobga olinadi, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
jamg‘armalari mablag‘lari, shuningdek ayrim davlat maqsadli jamg‘armalari bundan
mustasno.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi sektori faoliyatining
asosiy qismi byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari orqali amalga oshiriladi. Natijada,
davlat sektorining ayrim xarajatlari, shuningdek,
alohida pul oqimlar, shu jumladan
davlat korxonalari faoliyati, davlat aktivlari va
ayrim davlat majburiyatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar byudjet hisobotida aks ettirilmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda taklif etilayotgan islohotlar quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: