O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
12-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
19.10.2022
1084
MAKTABLARDA BIOLOGIYA FANI O‘QITISHNING TA’LIM-TARBIYAVIY
AHAMIYATI
Karimova Zumradxon Isroildjonova
Andijon viloyati Asaka tuman 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani
o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Bevosita idrok qilish mumkin bo’lgan narsalar asosida olib
boriladigan ta’lim ko’rgazmali ta’lim deb ataladi. Ta’lim berish vositalarning roli
benihoyat katta. Atoqli rus pedagogi K.D. Ushinskiy bolani esida biror narsaning
mahkam o’rnashib qolishini xohlovchi pedagog bolaning sezgi a’zolarini mumkin qadar
ko’prog’ini: ko’zi, qulog’i, tovush organi, muskul sezgi va xatto iloji bo’lsa hidlash va ta’m
bilishi organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishiga harakat qilishi kerak
degan edi. Ushbu maqolada
biologiya o’qitishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati haqida
so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Biologiya, vosita, ta’lim, o’qitish, tabiat.
ASOSIY QISM
Ko’rgazma vositalari ta’limini ongli bo’lishida nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Biologiya – hayot to’g’risidagi fan. Binobarin biologiya o’qitish jarayonida tabiiy
ko’rgazmali vositalar-o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar, prokariot organizmlardan
keng foydalanish tabiiy bir hol. Ko’rsatmali ta’lim faqat tabiiy ko’rgazma vositalarigina
emas, shu bilan tasviriy ko’zgazmali vositalariga ham asoslanadi. Ko’rsatmali vosita
bo’lgan taqdirdagina o’quvchi tabiatdagi narsa va hodisalarni o’zaro taqqoslashi,
ularning o’zaro o’xshashliklari, tafovutlarini aniqlay olishi mumkin. Ko’rgazmali
vositalar yordamida o’quvchi o’rganilgan o’quv materialini analiz, sintez,
abstraksiyalash, umumlashtirish konkretlashtirish, sistemalashtirish, xulosa chiqarish
kabi aqliy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
O’qitish vositalari: tabiiy, tasviriy va og’zaki yoki verbal vositalarga bo’linadi.
o’qitish vositalarini uch xilga ajratish bilish nazariyasiga va o’quvchilarning tafakkurini
rivojlanish stadiyalariga mosdir. Biologiya kursiga kiruvchi o’quv fanlarini o’qitish 5-
sinfdan boshlanadi. Bu o’quvchilarning o’smirlik davriga to’g’ri keladi. o’smirlik
davrida bolalarni bilish faoliyatida ko’rgazmali harakat ustunlik qiladi. Kechki
o’smirlik davrida tasviriy ko’rgazmali asosida fikr yuritish ya’ni tabiiy narsalarga emas,
ularning tasvirlariga asoslanib idrok, tasavvur hosil qilish rivojlanadi. Yuqori sinf
o’quvchilarining aqliy faoliyatida abstrakt-nazariy tafakkur yetakchi rol o’ynaydi.
Ta’lim vositalarining barchasi biologiya mazmuni va o’quv faoliyatining tashkil qilish
usullarini ifoda qiladi. Tabiiy ko’rgazma vositalari-mikropreparatlar, tirik yoki
fiksirlangan o’simlik, hayvonlar ularning ayrim bo’laklari, kolleksiyalar tuluplar,
gerbariylar, biosistemalar (to’qay, tog’ oldi, yaylov cho’l) bo’lib, ular bilan o’quvchilar
bevosita darsda yoki ekskursiya mobaynida tanishadilar. Tabiiy ko’rgazmali vositalar
Dostları ilə paylaş: |