O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
21-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.07.2023
bag‘ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi: - maxsus
tarbiyalanganlik layoqatliligi – kasbiy faoliyatini etarlicha yuqori darajada egallaganlik,
o‘zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;
- ijtimoiy tarbiyalanganlik
layoqatliligi – birgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, mazkur
kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat
uslublarini egallaganlik, o‘z kasbiy kasbi
natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligi,
irodaviy sifatlar,
intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini
boshqara olish layoqatlarining o‘zaro bog‘liqligi va shaxsning ijtimoiy-madaniy faollik
darajasini aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi.
Shaxsning ma’lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil qilinadi.
Bu ishlar yaqqol ko’rinishdagi ko’p yoqlik bo’lishi, bir vaqtning o’zida aqliy, jismoniy,
xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviyligi asosida olib borishi zarur. Har yoqlama
yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va boshqaruvini
taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va ichki omillarni
va ularning o’zaro ta’sirini inobatga olingandagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Shu
bois, u omillar haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi zarur. «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi
ko’p
marta takrorlanib, ularni o’quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning ijtimoiy-
pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta’lim-
tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar. O’quv-tarbiya ishlari jarayonida talaba
yoshlarni ijodiy fikrlashga, o’zgaruvchan vaziyatlarga o’rgatish, erkin raqobat asosida
faoliyatni tashkil etish hamda talabalarni axborot texnologiyalari, elektron darsliklar,
versiyalar va multimedialardan amaliy mashg’ulotlarda foydalanishi muhimdir. Bu esa
talabalarda mustaqillik
fikrlashni tarbiyalashni, o’quv faoliyatini tahlil qilishni,
istiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish bo’yicha rejalarini
aniq belgilashiga erishishni ularning ichki ehtiyojiga aylantirish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: