O‘zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixi 1-seminar mashg’uloti


Yevropa ma’rifatparvarlari orasida Iogann Genrix Pestalossi (1746-1827 yy.)



Yüklə 18,12 Kb.
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü18,12 Kb.
#188375
1   2   3   4   5   6
O‘zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixi-fayllar.org

Yevropa ma’rifatparvarlari orasida Iogann Genrix Pestalossi (1746-1827 yy.)


  • Yevropa ma’rifatparvarlari orasida Iogann Genrix Pestalossi (1746-1827 yy.)ning nomi alohida qayd etiladi. Zero, shveysariyalik bu pedagog-demokrat o‘zining butun hayotini xalq bolalarini tarbiyalash va o‘qitish ishiga bag‘ishlagan. Uning “Lingard va Gertruda” (1781-1787 yy.), “Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi”, “Onalar kitobi yoki onalar uchun o‘z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o‘rgatish haqida qo‘llanma” kabi asarlarida oilaning bola tarbiyasidagi o‘rni, onaning bu boradagi namunasi bayon etilgan. Iogann Genrix Pestalossining fikricha, tarbiyaning maqsadi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini o‘stirish, o‘stirganda ham bir-biriga uyg‘un ravishda o‘stirishdir. Tarbiyaviy omilning bolaga ko‘rsatayotgan ta’siri uning tabiatiga uyg‘un bo‘lishi lozim. Pedagog tarbiyaning mohiyati to‘g‘risidagi o‘z tasavvurlariga asoslangan holda tarbiyaning yangi, ya’ni, shaxsning tabiatiga muvofiq holda uning kuchi, imkoniyatlarini rivojlantirib borishga yordam beruvchi metodlarni yaratishga intiladi. Iogann Genrix Pestalossi ham boshqa pedagoglar kabi bolani tarbiyalashni uning tug‘ilgan kunidanoq boshlash lozimligini uqtirib o‘tadi: “Bola tug‘ilgan soat unga ta’lim berishning birinchi soatidir”. Shu sababli pedagog chinakam pedagogika onani to‘g‘ri tarbiyalash metodlari bilan qurollantirishi lozim, deb hisoblaydi. Pedagogika san’ati esa tarbiya metodikasini har bir ona, shu jumladan, oddiy dehqon ayoli ham egallab oladigan darajada soddalashtirib bera olishi lozim. Tabiatga muvofiq tarbiya oilada boshlanib, maktabda davom ettirilishi kerak.

Iogann Genrix Pestalossi tarbiyaning asosiy vazifasini kelgusida ijtimoiy jihatdan foyda keltira oladigan hamda har jihatdan uyg‘un kamol topgan insonni tarbiyalab voyaga еtkazishdir, deb hisobladi. Bolalar boshqalarga foyda keltiradigan ishlarga jalb etilib, bu borada izchil mashq qildirish yo‘li bilan axloqiy jihatdan kamolotga еtkaziladi. Pedagogning fikricha, organizmning tabiiy ehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tug‘iladigan mehr-muhabbat axloqiy tarbiyaning eng oddiy ko‘rinishi (elementi)dir. Bolaning axloqiy еtuk bo‘lishi uchun oila muhitida asos solinadi. Bolaning o‘z onasiga bo‘lgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga nisbatan ham namoyon bo‘la boshlaydi.


  • Iogann Genrix Pestalossi tarbiyaning asosiy vazifasini kelgusida ijtimoiy jihatdan foyda keltira oladigan hamda har jihatdan uyg‘un kamol topgan insonni tarbiyalab voyaga еtkazishdir, deb hisobladi. Bolalar boshqalarga foyda keltiradigan ishlarga jalb etilib, bu borada izchil mashq qildirish yo‘li bilan axloqiy jihatdan kamolotga еtkaziladi. Pedagogning fikricha, organizmning tabiiy ehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tug‘iladigan mehr-muhabbat axloqiy tarbiyaning eng oddiy ko‘rinishi (elementi)dir. Bolaning axloqiy еtuk bo‘lishi uchun oila muhitida asos solinadi. Bolaning o‘z onasiga bo‘lgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga nisbatan ham namoyon bo‘la boshlaydi.

  • Qisqa qilib aytganda, Iogann Genrix Pestalossi oilada shaxsning barcha tabiiy kuchi va qobiliyatlarini uyg‘un qilib o‘stirishni tarbiyaning asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Pedagogning bolani jismoniy, axloqiy va aqliy jihatdan еtuk qilib tarbiyalashga oid fikrlari bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.

Yüklə 18,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin