60
Mavzu: Maxsus portlandsementlar
Reja:
1. Portlandsement turlari
2. Tez qotuvchan portlandsement
3. Plastifikatsiyalangan va gidrofob portlandsementlar
4. Sulfatga chidamli portlandsement
5. Oq va rangli portlandsementlar
Sementning ko'p turlari ma'lum. Ba'zi
birlari juda tez qotsa, ba'zilari sekin
qotadi. Suv inshootlari uchun
sementning bir turi ishlatilsa, yo'l qurilish ishlariga
ikkinchisi va boshqa binokorlik qorishmalari uchun esa uchinchi turi qo'llaniladi.
Sementning
bunday xilma-xilligi, uning tarkibidagi to'rtta mineralning bir-biriga
qanday nisbatda bo'lishidandir.
Sement qancha yaxshi tuyilgan bo'lsa, uning sifati shuncha yaxshi bo'ladi,
tishlanish qobiliyati
shuncha oshadi, chunki zarrachalarning umurniy yuzi qancha
katta bo'lsa, modda zarrachalari o'rtasidagi fizik-kimyoviy jarayonlar shuncha tola
va tez o'tadi.
Portlandsement gidravlik bog'lovchi moddalarning bir turidir. Bu bog'lovchi
moddalar qatoriga
yana qumtuproqli sement, pussolan sement,
toshqolli sement,
mikroto'ldiruvchi sement, kengayuvchi sement kabi gidravlik bog'lovchilar kiradi.
Bu bog'lovchi moddalar yana bir qancha ko'rinishlarga ham ega.
Masalan, portlandsement tarkibiga ko'ra: oddiy, alitli, belitli, alyuminatli,
aiyumoferritli, ferritli; xossasi va ishlatiJishiga ko'ra: oddiy, tez qotuvchan, maxsus
tez qotuvchan, plastifikatsiyalangan,
gidrofob, sulfatli suvlarga chidamli, o'rtacha
ekzotermiyali, tamponaj, oq va rangli xillarga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: