O'zbekistonda sement sanqati


 Sulfatga chidamli portlandsement



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
O\'zbekistonda sement sanoati

4. Sulfatga chidamli portlandsement 
Bunday sementlarning sulfatli suvlar ta'siriga chidamliligi yuqori bo'ladi. 
Shunday sement hosil bo`lishi uchun klinker tarkibidagi sulfatli moddalar 
(masalan, CaSO
4
) bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadigan minerallar miqdorini 
kamaytirish zaair. Portlandsement korroziyasining uchinchi turiga muvofiq, 
«sement basillalari» suvdagi kalsiy sulfat bilan klinkerdan uch kalsiyli alyuminat 
(3CaO • A1
2
O
3
) ning o'zaro ta'sir etishidan hosil bo'ladi. Sulfatlar ta'siriga turg'un 


64 
boigan sement klinkerida uch kalsiyli alyuminat miqdori 5 % dan oshmasligi 
lozim, oddiy sementda esa uning miqdori ba'zan 15 % ga yetadi. 
To'rt kalsiyli alyumoferritning gidrolizi natijasida ham uch kalsiyli 
gidroalyuminat hosil bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra sulfatlar ta'siriga turg'un 
bo'lgan portlandsementda alyuminatli tarkibiy qismlarning hammasi 22 % dan ko'p 
boimoqligi lozim: 
(3CaO • Al
2
O
3
+4CaO • A1
2
O
3
• Fe
2
O
3
). 
Portlandsementlarda uch kalsiyli silikat ko'p miqdorda bo'lganda sementning 
suv va sulfat ta'siriga turg'unligi kamayadi. Gidroliz vaqtida undan erkin kalsiy 
oksid gidrati ajralib chiqadi, bu gidrat juda eruvchan bo'lganligidan betondan 
yuvilib chiqib ketadi. Shunga ko'ra, sulfat ta'sirida turg'un portlandsementda uch 
kalsiyli silikat miqdori standartda ko'rsatilganidek, 50% dan oshmasligi shart. 
Oddiy portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi qanday bo'lsa, sulfat 
ta'siriga turg'un portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi ham xuddi shunday. 
Sulfat ta'siriga turg'un portlandsement ikki markaga bo'linadi: 300 va 400. 
Bu portlandsementdan gidrotexnika qurilishlarida doim namlanib, qurib yoki 
muzlab, erib turishi bilan birga sulfatli suvlar ta'siriga ham uchrab turadigan beton 
hamda temir-beton konstruksiyalar tayyorlash uchun keng foydalaniladi. 
1950- yilgacha O'zbckistondagi sement zavodlari tarkibida alyuminat ko'p 
bo'lgan (15 % gacha) portlandsement ishlab chiqarar edi. Bunday sement sulfatli 
suvlarga chidamsiz bo'lib, buning asosiy sababi shuki, uch kalsiyli 
gidroalyuminatning suvda erigan gips bilan o'zaro ta'sir etishidan kalsiy 
gidrosulfoalyuminat («sement basillasi») hosil bo'ladi. U sementtosh g'ovaklarida 
kristallanib, toshni yemirib yuborishga harakat qiladi. Demak, klinker tarkibida 
uch kalsiyli alyuminat (C
3
A) minerali yo'q bo'lsa, sement sulfatlar ta'siriga bardosh 
bera oladi. Lekin klinkerda butunlay uch kalsiyli alyuminatning bo'lmasligi ham 
mumkin emas, chunki bu holda sementning qotishi nihoyatda sekinlashib ketadi. 
Shuning uchun sulfatga chidamli portlandsement klinkeri tarkibidagi uch kalsiyli 
alyuminat miqdori 5 % dan oshmasligi lozim. 
Sementning suvdagi korroziyasi ko'p jihatdan klinkerda uch kalsiyli silikat 
(C
3
S) miqdoriga bogiiq. Uch kalsiyli silikatning gidrolizi natijasida erkin kalsiy 
gidroksid hosil bo'ladi. U betondan yuvilib chiqib ketadi yoki sulfat bilan 
reaksiyaga kirishib, gips hosil qiladi. Gips uch kalsiyli alyuminat bilan o'zaro ta'sir 
etishadi. Shuning uchun sulfatga chidamli portlandsement tarkibida uch kalsiyli 
silikat ham ko'p bo'lmasligi kerak. Lekin u klinker tarkibida juda oz bo'lsa ham 
sulfatga chidamli boigan qotayotgan sementda Ca(OH)
2
hosil bo'laveradi. Shuning 
uchun, yuvilib ketish korroziyasining oldini olish maqsadida sulfatga chidamli 
portlandsementga 15 % gacha gliyej yoki boshqa faol gidravlik qo'shilmalar 
qo'shiladi. U Ca(OH)
2
ni yuqorida aytib o'tilganidek, kam eriydigan kalsiy 
silikatlarga aylantiradi. 
O'zbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor I.S. Kansepolskiy 
rahbarligida bir guruh olimlar sementlarning sifatini yaxshilash borasida olib 
borgan ishlari natijasida, bu sementlarning sulfat suvlariga chidamliligini yanada 
oshirish uchun klinker tarkibidagi C
3
A minerali miqdorini ancha kamaytirib, to'rt 
kalsiyli alyumoferrit (C
4
AF) mineralining miqdorini oshirish kerakligini 


65 
aniqladilar. Bunga 2-3 % kolchedan kuyindisini sement xomashyosiga 
kuydirishdan oldin qo'shib erishildi va shu bilan birga sementni kuydirish jarayoni 
ham tezlashdi. Temir kolchedani katalizator sifatida qo'shilishi mahalliy 
sementlarning O'rta Osiyo sharoitida, ayniqsa, yangi o'zlashtirilgan joylarning 
quruq va issiq hamda sovuq iqlim, kuchli shamol va sho'r suvlariga chidamli, kam 
alyuminatli alyumoferrit portlandsement olish imkonini beradi. Bu sement 1960- 
yildan Quvasoy, 1965-yildan esa Ohangaron sement zavodlarida ishlab chiqarila 
boshlandi. 
O'zbekistonda bunday sement ishlab chiqarishni birinchi bo'lib, texnika 
fanlar nomzodi S.T. To'xtaxo'jayev amalga oshirdi. Yuqorida aytilganidek, sulfatli 
suvlarga chidamli portlandsement tarkibida C
3
A miqdori 5% atrofida olinib, 
bunday sementda C
3
S ko'pi bilan 50% ni tashkil qilar edi. Bu sementning dastlabki 
kunlardagi mustahkamligi (markasi) birmuncha past bo'ladi. Silikati ko'p (C
3

miqdori 50% dan ortiq) sementning sulfatli suvlarga chidamliligini oshirish 
borasida hozir ham izlanishlar olib borilmoqda. 
Ba'zi olimlar yuqori asosli, tarkibida alit moddasi ko'p bo'lgan 
portlandsementlar qotayotganda zich, mustahkam tarkibiy tuzilma hosil qilgani 
uchun ulaming ichiga sulfatli suvlarning singib kirishi kamayib, pishiqroq bo`ladi, 
deb hisoblaydilar. Shiming uchun so'nggi yillarda AQSH standartlaridan C
3

uchun kiritilgan chegaralash olib tashlangan. 
I.S. Kansepolskiy rahbarligida olib borilgan ko'p yillik tajribalar 
portlandsement klinkeri tarkibidagi C
3
A miqdorini nihoyatda (1-2 % gacha) 
kamaytiriladi va C
3
S miqdori 50% atrofida qoldirilib, sementlar asosligini oshirish 
mumkinligi ko'rsatib berildi. Bu ishlar natijasida sulfatli suvlarga chidamli 400 
markali, kam alyuminatli alyumoferrit portlandsement olinadi. Dastlab sulfatli 
suvlarga chidamli sementlar markasi 300 ga teng edi. Shunday qilib, oldindan 
belgilangan mineralogik tarkibli sement Quvasoy xom-ashyosi bazasida sanoat 
miqyosida ishlab chiqarila boshladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin