O'zbekistonda sement sanqati



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
O\'zbekistonda sement sanoati

 
 
 


69 
2. Sulfomineral sementlar 
 
Sulfominerallarning agressiv muhitlarda qotish jarayoni. 
Ayrim minerallarning tuzlar ta`siriga bardoshliligi shu minerallarning 3% li 
MgSO
4
va 5% li Na
2
SO
4
eritmalarida qotish jarayonini kuzatish davomida 
o`rganiladi.
Sulfoalyuminat sement namunalari mazkur eritmalarda juda tez yemiriladi, 
chuqur yoriqlar paydo bo`ladi va ularning yuzasi maydalanadi.
Sulfosilikat namunalarning, shuningdek, 20% sulfoalyuminatli sulfosilikat 
sement namunalarining MgSO
4
hamda Na
2
SO
4
eritmalarida tuzlar ta`siriga yuqori 
darajada chidamliligi aniqlandi. Olti oy mobaynida ularning chidamlilik 
koeffitsiyenti 1, ba`zilariniki esa 2 dan yuqori, ya`ni suvda qotayotganga nisbatan 
mustahkamligi 1-2 marta ko`p.
Avtoklav ishlov berish sulfoalyuminat namunalarining korroziyasini yo`qota 
olmaydi. MgSO
4
ning 3% li va Na
2
SO
4
ning 5% lieritmalari ta`sirida sement 
namunalari ulardan juda ko`p miqdorda ettringit (kalsiy gidrosulfoalyuminatning 
sulfati ko`p bo`lgan shakllari) hosil bo`lishi tufayli yemiriladi. 
Sulfosilikatli sement namunalarida 20% 3(Ca • Al
2
O
3
) • CaSO
4
bo`lib, 
agressiv eritmalarida shu sementlar mustahkamligining ortishi ularning kimyoviy 
chidamliligi bilan bog`liq.
Gips va ettringitning birmuncha kristallanish bunga misol bo`ladi. Mazkur 
minerallarning mayda kristallari gidrosilikatlar bilan birgalikda jips birikadi, bu hol 
sementning uzoq vaqt mobaynida qotishda sementtosh tarkibiy tuzilmasini 
mustahkamlaydi. 
Sulfominerallardan iborat sementtoshga yuqori haroratning ta`siri.
Erkin ohak ajratmay qotadigan sementlar portlandsementga nisbatan yuqori 
darajada issiqqa chidamli bo`ladi.
Shuning uchun sulfoalyuminat hamda sulfosilikatning yuqori haroratdagi 
xususiyatlarini o`rganish muhimdir. 
Sulfosilikatli sement namunalarining mustahkamligi 800
o
C haroratda 25%, 
900
o
C haroratda 30 - 40%, 1000
o
C da esa 44 - 50% kamayadi. 
Tarkibida 3CaO • Al
2
O
3
• CaSO

bo`lgan sement namunalarining issiqqa 
bardoshli ekanligi ma`lum. Bu mineralning yuqori haroratga chidamliligining 
sababi, digidratlanish jarayonida gilsimon mahsulotlarning yo`qligidir. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin