O’zbekistonda zamonaviy sport turlari rivojlanish Akademik eshkak eshish



Yüklə 301,02 Kb.
səhifə4/4
tarix14.04.2023
ölçüsü301,02 Kb.
#98015
1   2   3   4
zamonaviy spot

Bodibilding


Bodibilding, kulturizm (inglizcha BodyBuilding — tana tuzilishi) — sport turi. Tana mushaklarini gantel, shtanga, tosh va h.k. yordamida rivojlantirish, uni chiroyli va baquvvat qilishga qaratilgan mashqlar tizimi. Bunday mashqlarga dastlab Yunoniston va qadimgi Rimda katta e’tibor berilgan. Misrda gavda muskullari chiroyli, kelishgan odamlargina fir’avn unvoniga munosib bo‘lgan. Keyinchalik bu xildagi mashqlar ko‘p mamlakatlarga tarqaldi. 19-asr oxirida Buyuk Britaniyada hozirgi zamon kulturizmi (frantsuzcha culturisme, inglizcha physical culture — gavda madaniyati) asoslari ishlab chiqildi. 1901 yildan erkaklar gavda go‘zalligi xalqaro konkurslari, 20-asr o‘rtalaridan esa kulturizm bo‘yicha har yili jahon chempionatlari o‘tkazila boshlandi. 1946 yil Xalqaro kulturizm (bodibilding) federatsiyasi (IFBB) tashkil qilindi. 170 dan ortiq davlat bu federatsiya a’zosi.
O‘zbekistonda Bodibilding 1960 yillardan paydo bo‘ldi va dastlabki musobaqalar uyushtirildi. Ammo 80-yillarga kelib unga burjua sport turi sifatida salbiy baho berila boshlandi va unutib yuborildi. Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning barcha turlari qatori Bodibildingga ham e’tibor kuchaydi. Bodibilding ishqibozlari ko‘paydi. Bodibilding bo‘yicha turli ko‘rik va musobaqalar o‘tkazilmoqda. Daniil Plakida, Fuat Gimush, Ruslan Murodasilov, Rustam Fotihov, Gennadiy Blajko, Ibrohim Bekboyev taniqli Bodibildingchilardir.

Boks


Boks (ingizcha box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qo‘lqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. Boks tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qadimgi Olimpiya o‘yinlari dasturida ham shunday musobaqalar bo‘lgan. Zamonaviy Boks vatani Angliyadir (16—17-asrlar). Boksning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946 yil asos solingan) 160 mamlakat a’zo (1999). Boks 1904 yildan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan, 1974 yildan jahon chempionati, 1979 yildan jahon kubogi musobaqalari o‘tkazib kelinadi. Boks musobaqasi arqonlar bilan o‘ralgan 6x6 m o‘lchamli ring (supa)da o‘tkaziladi. Bokschilar og‘irligi 270 g (10 untsiya) qo‘lqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 minut (daqiqa)dan 4 raund (bo‘lim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaktida raqib yiqilganda, hakam kurashni to‘xtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, bosh tananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada ko‘p ochko (xol) to‘plagan Bokschi g‘olib deb topiladi. Zarb ta’sirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan Bokschining o‘ziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha to‘xtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut bo‘lgan (engilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengilganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiq tashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb ta’sirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga ko‘ra) kurash muddatidan oddin to‘xtatiladi va ikkinchi tomon g‘olib sanaladi. Xalqaro Boks musobaqalari 12 vazn toifasida (48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan yuqori) tashkil etiladi. Asosiy musobaqalarga 18 yoshga to‘lganlar qo‘yiladi. 16—17 va 14—15 yoshlilar o‘rtasida ham musobaqalar uyushtiriladi. Shuningdek, ayrim federatsiyalar Boksni ommalashtirish maqsadida o‘smir o‘spirinlar o‘rtasida 12 tadan ko‘proq vazn toifasida ham musobaqalar o‘tkazishadi.
Jahonda professional Bokschilar (Boksni kasbga aylantirganlar) o‘rtasida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Ularni jahon Boks kengashi (WBC), jahon Boks assotsiatsiyasi (WBA), xalqaro Boks federatsiyasi (IBF) va jahon Boks tashkiloti (WBO) uyushtiradi. Professional Boksda qo‘lqoplar birmuncha yengil — taxm. 227 g (8 untsiya), raundlar soni 6, 8, 10, 12 ta bo‘ladi. Har bir raund 3 daqiqadan. Musobaqalar 17 vazn toifasida (47,627; 48,988; 50,802; 52,163; 53,524; 55,338; 57,153; 58,967; 61,235; 63,503; 66,678; 69,853; 72.575; 76,203; 79,379; 88,450 kg gacha va 88,450 kg.dan yuqori) tashkil etiladi. U. Pep, S. Liston, MuhammadA/sh, J. Formen, M. Tayson, E. Xolifild (AQSh), L. Lyuis (Buyuk Britaniya) kabi professional Bokschilarning nomlari mashhur.
O‘zbekistonda Boksni rivojlanish tarixi SSSR da xizmat ko‘rsatgan ustoz Sidney Djakson Lvovich nomi bilan uzviy bog‘liq. U yengil vaznda Amerikadagi eng mashxur bokschilardan biri edi. Birinchi jahon urushini Sidney Djaksonni Peterburgda turne o‘tkazayotgan vaqtda qarshi oldi. AQSh ga qaytish vaqtinchalik mumkin emas edi. Rossiyada AQSh elchixonasidan uyga qaytishga ruxsat ololmagach, Djakson Tavsiya xatlari bilan Toshkentga jo‘nab ketdi. Shu yerda uni Oktyabr inqilobi qarshi oldi va u shu yerda qolishga ahd kildi. Fuqarolik urushi yillarida Sidney Djakson internatsional brigada a’zosi, xalq ishi uchun qo‘rqmas kurashchi edi. Fuqarolik urushi tugagandan so‘ng, Djakson Toshkentga qaytib keldi va sport buyicha murabbiy etib tayinlandi. O‘zbekistonda boksni rivojlanish tarixi shu vaqtdan boshlanadi.
1921 yilda Ikkinchi Urta Osiyo Olimpiadasida birinchi boks bo‘yicha ko‘rsatgich janglar o‘tkazilgan. 1922 yilda Samarqand shahrida ham boks bo‘yicha ko‘rsatgich chiqishlar tashkil etilgan.
SSSR da birinchilik ahamiyatini kasb etgan, “Dinamo” tomonidan tashkillashtirilgan yirik shaharlararo musobaqa Moskvada 1923 yilda bo‘lib o‘tdi. 1922 yildan 1926 yilgacha Buxoro viloyati Kogonda boks bo‘yicha murabbiylik qilgan Konstantin Nikitin o‘rta vaznda birinchilikni qo‘lga kiritgan. General-leytenant Biyazi rahbarlik chog‘ida V.I.Lenin nomidagi harbiy bilim yurtida ham boks sektsiyasi tashkil etilgan.
Nikolay Ovsyannikov rahbarlik qilayotgan “Gerkules” jamiyatida ham 1924-1925 yillarda boks sektsiyasi o‘z faoliyatini olib borgan.
1926 yilda Konstantin Nikitin (hozirda professor, tibbiyot fanlari doktori), birinchi SSSR chemponatida ishtirok etib ikkinchi o‘rinni olgan va kumush medalga sazovor bo‘lgan,.
1928 yilda L.Lyubitskiy va A.Kisilev yangi boks sektsiyalari tashkil etishdi. Mashqlar jarayonida sportchilar bir vaqtning o‘zida sportning har-hil turlari bilan shug‘ullanishgan, bu esa o‘z vaqtida shug‘ullanuvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirgan va sog‘lig‘ini mustahkamlagan. O‘zbekistonlik bokschilar mashq qilish uslubi professional bokschilar uslubini eslatardi, chunki S.L.Djaksonni o‘zi Amerikalik professional bokschi edi. Bu vaqtda Sovet Ittifoqining turli shaharlariga bokschilarning juda ko‘p chiqishi amalga oshirilmoqda edi, bu zsa o‘z vaqtida o‘zbek boks maktabining rivojlanishiga olib kelar edi. Boks sektsiyalari oliy o‘quv yurtlarida tashkil etildi, Toshkent Davlat Universitetida, tibbiyot, politexnika institutlarida.
O‘rtaosiyo industrial instituti talabalari T.Baybekov, S.Aganov, N.Kashirin, A.Abdurasulov, T.Akayev Respublikadagi 1936-1938y.talabalari o‘rtasidagi eng kuchli bokschilar deb hisoblanar edi. Ularni S.L.Djakson mashq qildirgan.
Birinchi O‘zbekiston birinchiligi musobaqalari 1935 yilda o‘tkazilgan, bu paytda Respublikamizning Kogon, Qo‘qon, Farg‘ona, Andijon shaharlarida boks rivojlangan edi.

Dzyudo


Dzyudo (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yo‘l) — sport yakkakurashi. Dzyudoga Yaponiyada professor Dzigoro Kano (1860—1938) 1882 yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, Dzyudoni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifatida shakllantirdi. Dzyudochilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100 , ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 minut, ayollarda 4 minut davom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yelkadan oshirib otish va h.k.) usullar qo‘llab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qo‘l-oyoqlarni qayirish, og‘ritish va bo‘g‘ish usullarini qo‘llab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sekunt davomida bosib turib yengishga (engilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga «koko», «yuko», «vazari» va «ippon» baxrlari beriladi («ippon» — sof g‘alaba, 2 ta «vazari» — g‘alaba, «yuko» va «koko» baxrlari sanab borilib, yakunda inobatga olinadi).

Dzyudo bo‘yicha musobaqalar 1883 yildan o‘tkaziladi. Xalqaro Dzyudo federatsiyasi (FIJ) 1956 yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan O‘zbekistan Dzyudo federatsiyasi a’zo (1991). 1956 yildan jahon chempionati o‘tkazib kelinadi, 1964 yildan olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan. O‘zbekistonda Dzyudo bilan 20-asrning 80-yillaridan shug‘ullaniladi.
Dzyudoning ayrim jihatlari o‘zbek kurashiga o‘xshash bo‘lgani uchun tez ommalashdi. Dzyudochilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan takdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo o‘yinlarida (1998) — kumush, Farhod To‘rayev jahon chempionatida (1999) — kumush va «A» toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) — 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, «A» toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.

Futbol


Futbol (inglizcha foot — oyoq, ball — to’p) — sport o’yini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45— 90) da to’p bilan jamoa bo’lib o’ynaladi. Futbol to’pining og’irligi 410—450 g, aylana diametrining uzunligi 68—70 sm, o’yinning asosiy vaqti 90 minut (45 minutdan 2 bo’lim, 12—15 minut tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan bo’ladi. O’yindan maqsad raqib darvozasiga to’pni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qo’ldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qo’l bilan o’ynashi mumkin (jarima maydonchasida). 
Futbolga o’xshash o’yinlar miloddan avval Misr va Sharq mamlakatlarida ma’lum bo’lgan, keyin Yevropaga o’tgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij universiteti o’qituvchilari Futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya Futbol uyushmasi tuzilib, Futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham Futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896 yil Futbol olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi. 1904 y.da xalqaro futbol federatsiyasi —FIFA tuziddi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa Futbolchilar bu o’yinning jahonda ommaviylashishiga hissa qo’shishdi. O’zbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy Futbol qoidalari asosida o’yinlar o’tkazilgan. 1912 yilda Qo’qonda birinchi Futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham Futbol jamoalari paydo bo’ldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan O’zbekiston birinchiligi) muntazam ravishda o’tkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda «Paxtakor» jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada Futbolning rivojlanishiga turtki bo’ldi. 20-asrning 80-yillaridan O’zbekistonda Futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix O’zbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitьalarda ham nom qozondilar. 1959 yilda tashkil etilgan O’zbekiston futbol federatsiyasi 1992 yilda (keyin 2001 yilda) qayta ro’yxatdan o’tdi. 1992 yildan Futbol bo’yicha O’zbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar o’tkazib kelinyapti, Futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi ta’minlanayapti. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari to’g’risida» (1993 yil 18 mart) hamda «O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va printsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida» (1996 yil 17 yanvar)gi qarorlari Futboldagi yutukdarga zamin yaratdi. Farg’onaning «Neftchi» klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), «Paxtakor» klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida o’ynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), O’zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo o’yinlari (1994) va AfrikaOsiyo o’yinlari (2003) g’olibi bo’ldi. Hozirgi kunda O’zbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2 ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti.

Futbol klublari qoshida 18 ta Futbol internat maktablari, kollejlari faoliyat ko’rsatyapti, ularda 2000 dan ziyod o’quvchi shug’ullanadi. Shuningdek, Futbolga ixtisoslashgan bolalar-o’smirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. Futbol universiada, «Barkamol avlod» va «Umid nihollari» musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalar-o’smirlar o’rtasida respublikada o’tkaziladigan «Futbol g’unchasi» musobaqalarida 692 jamoada 13840, «Futbolimiz kelajagi» musobaqalarida 15035 jamoada 300700 o’yinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar o’rtasida o’tkazilayotgan O’zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning «Andijanka», Namanganning «Gulbahor», Qarshining «Sevinch» jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy Futbolchilar o’rtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan Futbolchilar o’rtasida Toshkentning «Matonat» jamoasi (hozirgi «Baynalmilal») jahon kubogini qo’lga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta Futbol maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) Futbol bilan shug’ullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat ko’rsatadi (2004). «O’zbekiston futboli» (Toshkent), «FutbolEkspress» (Andijon), «Asr futboli» (Namangan), «Inter futbol» (Kosonsoy), «Boks plyus futbol» (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning o’zbek Futboli ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxo’jaev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I.
Yüklə 301,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin