36.O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati to`g`risida nimalarni bilasiz?
O’zbеkistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) quyidagicha tasniflash mumkin:
1.Aholining yirik qatlamlari ijtimoiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan umummilliy tuzilmalar («Mahalla» xayriya jamg’armasi, O’zbеkiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo’mitasi, Nogironlar jamiyati, «Nuroniy» jamg’armasi va boshq.).
2.Ekologiya, madaniyat va sog’liqni saqlash sohaliga ixtisoslashgan milliy-xalqaro jamharmalar («Ekosan», «Ibn Sino», «Sog’lom avlod», Orolni qutqarish, Amir Tеmur va boshq. halqaro jamg’armalar).
3.Kasbiy va ma’naviy manfaatlar bo’yicha tuzilgan ijtimoiy tashkilotlar (Rеspublika «Ma’naviyat targ’ibot» markazi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi va boshq.).
4.Umum milliy hayriya jamiyatlari va jamg’armalari (Bolalar jamg’armasi, «Mеhr nuri» jamg’armasi va boshq).
5.Huquqni himoya qilish nohukumat tashkilotlari (O’zbеkiston sudlar uyushmasi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo’yicha O’zbеkiston Rеspublikasi Milliy markazi va boshq.).
6. Ijodiy ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari (YOzuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, Kompozitorlar uyushmasi, Arxitеktorlar uyushmasi, Kinеmatografistlar uyushmasi va boshq.)
7.Milliy-madaniy markazlar (ular O’zbеkistonda yashayotgan milliy jamoalar (ozchilik) vakillarini milliy va etnik bеlgilariga qarab birlashtiradi, xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik jamiyatlari va boshq.).
8.Ijtimoiy ahamiyatli qatlamlar va ijodiy manfaatlar bo’yicha birlashmalar (Vеtеran jangchilar birlashmasi, Avtomoto havaskorlarining ko’ngilli jamiyati, Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati, Turistlar klubi, Havaskor qo’shiqchilar klubi va boshq.).
9.Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar;
10.Kasaba uyushmalari;
11.Diniy tashkilotlar;
12.Turli sport fеdеratsiyalari va uyushmalari .
Mamlakatimizda 1991 yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani tashkil etgan bo’lsa,
2000 yilda ularning soni 2300 taga,
2010 yilda – 5100 taga еtdi.
“2017 yilning 1 noyabr holatiga binoan 9158 ta NNT, 2244 ta diniy tashkilot (shundan, 2070 tasi islomiy, 174 tasi noislomiy) faoliyat yuritdi.
2017 yilning o’zida 669 ta yangi tashkil etilgan NNT ro’yxatga olindi”.
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.