O`zbekistonning eng yangi tarixi


Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat qanday edi?



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə32/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
TARIX SESSIYA

44. Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat qanday edi?

XX asrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida «Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» degan nom bilan katta hududni egallagan, ma’muriybuyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yillarning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murakkablashdi.


Ayniqsa, qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan.
1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan. Bu esa O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi hisoblanadi. Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilning muhim qismi aholini ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi. 1992–2019-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning, oliy o‘quv yurtlari talabalarining, aspirantlarining, doktorantlarining stipendiyalari miqdori bir necha bor oshirildi.
1994 yil 24 avgustda Prezidentning «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘grisida»gi Farmoni qabul qilindi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or tizimi shakllantirildi.
1994-yilning sentabridan boshlab, barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi.
1996-yildan «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida» yana bir muhim farmon qabul qilindi. Unda 1997-yildan boshlab yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab, eng kam ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. 1996-yildan boshlab 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan barcha oilalarga beriladigan har oylik nafaqalar ko‘paytirildi.
1992-1998 yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha bor oshirildi.
1991-yilda aholi soni 20,7 million kishi bo’lgan bo’lsa, 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 32,65 million kishini tashkil qildi. Bu 2017-yilga nisbatan 1,7 % ga o‘sgan.



Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin