O`zbekistonning eng yangi tarixi


yilda O‘zbekistonning ish bilan band bo‘lgan aholisining o‘rtacha yillik soni 13,5 million



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə31/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
TARIX SESSIYA

2019 yilda O‘zbekistonning ish bilan band bo‘lgan aholisining o‘rtacha yillik soni 13,5 million kishini tashkil etib, ish bilan ta’minlanganlar soni har yili o‘rtacha 300 ming kishiga ko‘paygan, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi 71,2 foizni tashkil qilishi, shuningdek, ish o‘rinlarining to‘rtdan uch qismi yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyatni amalga oshiruvchi, ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlik hisobiga yaratilgan

  • Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992 yil 2 iyulda “Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi, 1996 yilda esa O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi. 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi. Ushbu davlat qo’mitasi monopol mavqeidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bо‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.

  • Iqtisodiy islohotlar borasida qо‘yilgan yana bir muhim qadam – 1994 yil 1 iyuldan milliy valyutamiz – sо‘mning muomalaga kiritilishi bо‘ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e’tiborga molikdir, chunki о‘z milliy valyutasiga ega bо‘lmagan davlat chinakam mustaqil bо‘la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini ta’minlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003 yil 15 oktabrdan boshlab sо‘m qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga kо‘tarildi.



    43. Xususiylashtirish jarayonlari to`g`risida nimalarni bilasiz?



    • О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida iqtisodiyot xilma – xil mulk shakllaridan iborat bо‘lishi, har bir shaxs mulkdor bо‘lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qо‘yilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi.

    • О‘zbekistonda chek (vaucher) asosida xususiylashtirishga yо‘l qо‘yilmadi. Davlat mulkini sotish orqali xususiy­lashtirish yо‘li tutildi. Shu bilan birga xususiylashtirish chog‘ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xо‘jaligi davlat xо‘jaliklarining mol – mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi.

    • Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy­lashtirish tо‘g‘risida» gi va «Davlat uy – joy» fondini xususiy­lashtirish tо‘g‘risidagi (1993 yil 7 may) qonunlar va 20 dan ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi.

    • Xususiylashtirish savdo, xizmat kо‘rsatish va mahalliy sanoat korxonalarini, uy – joy fondini, qishloq xо‘jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xо‘jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nom oldi.

    • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mо‘tadillashtirishga yordam beradigan о‘rta tadbirkorlar tabaqasini paydo bо‘lishi demakdir. Kichik biznes, tadbirkorlik bozorni zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Bu – yangi ish о‘rinlarini yaratish, aholini ish bilan bandligini ta’minlash, aholi daromadlarining asosiy manbaidir.

    • 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tо‘g‘risida»gi Qonuni iqtisodiyotning mazkur sektoriga davlat va mintaqaviy darajada rag‘batlantirishning asosiy yо‘nalishlarini belgilab berdi. Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy – normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart – sharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat, shahar, tuman) dara­jasida esa tadbirkorlarga mahalliy soliq va yig‘imlar solishda yengilliklar berildi, bu sektorni rivojlantirish uchun hududiy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari kо‘rildi.

    • Iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichlarida chet el investitsiyalari kichik va о‘rta biznesga, xususiy sektorga keng jalb etildi. Chet el investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan va faoliyat yuritayotgan qо‘shma korxonalar soni 2002 yil boshlarida 2087 taga yetdi. Ularning ish va xizmat hajmi 2002 yilda 1044 mlrd sо‘mni tashkil etdi. “Ro'yxatdan o'tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2020-yil 1-fevral holatiga 11,0 mingtani tashkil etib, ulardan 10,6 mingtasi yoki 96,1 %i faoliyat ko'rsatmoqda. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 3,0 mingtaga yoki 37,0 % ga oshganligini ko'rish mumkin”




    Yüklə 179,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin