53. Qoraqalpog’iston Respublikasida boshqaruv va siyosiy islohotlar to`g`risida ma`lumotlar bering.
“O'zbekiston taqdiri, bu — Qoraqalpog'iston taqdiridir, o'zbek xalqining taqdiri, bu — qoraqalpoq xalqining kelajagidir” I.A.KARIMOV, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o‘zgarishlar yuz berdi.
1924-yil 14-oktyabrda Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo‘jayli hamda Qo‘ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyati tashkil etildi.
U 1930-yil 20-iyuldan RSFSR tarkibiga kirdi.
1932-yil 20-martda Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi.
Chunki, shu yili ular o‘z taqdirlarini O‘zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o‘z tanlagan yo‘lining istiqbolli ekanligini ko‘rsata oldi.
SSSR tarqalib ketganidan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi.
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog'iston Respublikasida «O'zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat suvereniteti to'g'risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi.
Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunda o'zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog'istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e'tirof etildi.
Qonunda Qoraqalpog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarni teng huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash ko'rsatib berildi.
1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida Qoraqalpog'iston Davlat bayrog'i tasdiqlandi. 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashining o'n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi. 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deb ataldi.
Dostları ilə paylaş: |