55. Qoraqalpog’iston Respublikasida ta’lim, fan va madaniyat rivoji to`g`risida ma`lumot bering.
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san'ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari udum va an'analari olamga mashhurdir. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako'z, Ollayor Do'stnazarov singari xalq qahramonlarining — jasoratli, o't yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi. Milliy madaniyat va ma'naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining to'la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug'lanishiga yo'l ochib berildi. Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To'lepbergen Qaibergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma'naviy xazinasidan munosib joy oldi. Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O'zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo'shdilar. Hozirgi vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va maktab internatlarda o'quvchilarning fanlarni o'rganishga bo'lgan qiziqishlari asosida muayyan fanlarni chuqur o'rgatishga yo'naltirilgan.
Qoraqalpog'iston Respublikasida 1998—2002-yillarda 3 ta akademik litsey va 33 ta kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Respublika sog'liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991-yilda Nukusda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Qoraqalpog'iston filiali tashkil etildi.
1996-yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli Qoraqalpoq baleti (N.Muhammedinova musiqasi, T.Xodjayev asari) sahnalashtirildi. 1996-yilda O'zbekiston mustaqilligining 5 yilligi oldidan o'tkazilgan «O'zbekiston — Vatanim manim» qo'shiq-tanlovida yosh qo'shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo'shig'i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o'rinni oldi.
Istiqlol yillarida Nukus shahrining 60 yilligi, To'rtko'l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy o'g'lining 170 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi keng nishonlandi. Bular O'zbekiston va Qoraqalpog'iston tarixidagi eng muhim voqealar, o'zbek va qoraqalpoq xalqlari o'rtasidagi do'stlik ramzidir.
Dostları ilə paylaş: |