56. Orol fojeasi, ekologik holatni yaxshilash borasida davlat siyosati.
Sobiq sovet davridagi O’zbekistonni paxta xom ashyo bazasiga aylantirilishi Amudaryo va Sirdaryo suvlarini keragidan ortiq ekin dalalariga yo’naltirilishiga olib keldi. Bu Orol dengiziga kelib tushadigan suvning keskin qisqarishiga olib kelgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 1992-yilda Nukusda Orol muammosiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 2-sentabrda «Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» qaror qabul qildi.
1995-yil sentabrda I.A.Karimov tashabbusi bilan Nukusda o'tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo'ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri — Nukus Deklaratsiyasi bo'lib, butun dunyo jamoatchiligi e'tibori Orol muammosiga qaratildi. 1997-yil mart oyida Almatida Markaziy Osiyo Respublikalari Kengashi yig'ilishi bo'ldi. Bu yig'ilishda ham I.A.Karimov tashabbusi bilan Orolbo'yi xalqlariga ijtimoiy muammolarni yechishda amaliy yordam berish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan “Orolqum” sahrosi paydo bo‘ldi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev BMTning 72-sessiyasi va 75-sessiyasidagi nutqlarida jahon hamjamiyati e’tiborini Orol fojeasi oqibatlariga qaratdi. BMTning 75sessiyasidagi nutqida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo‘lishini takidladi.
57. Mustaqil O`zbekiston tashqi siyosati asoslarining ishlab chiqilishi va uning tamoyillari.
O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosatiga quyidagi qoidalar asos qilib olingan:
davlatning suveren tengligi va chegaralarning daxlsizligini hurmat qilish;
boshqa davlatning ichki ishlariga aralashmaslik;
- nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish;
kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;
inson huquqlarini va erkinliklarini hurmatlash;
ichki milliy qonunlardan xalqaro huquqning umume`tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligini tan olish;
tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
davlatlararo teng huquqli va o`zaro manfaatli hamkorlik. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida tinchlik, barqarorlik, hamkorlik tamoyillari ustunlik qiladi. 2012-yil sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi» e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi – bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir.
Konsepsiyada quyidagi qoidalar muhrlab qo‘yildi:
“O‘zbekiston o‘zini qo‘shni davlatlardagi qurolli ziddiyatlarga tortilishining oldini olish maqsadida tegishli choralarni ko‘radi; o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’yektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi”.
Konsepsiyada O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi, insonparvarlik, oshkoralik, qadrqimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir.
mamlakatimiz 133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan,
Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari,
9 ta faxriy konsulxona,
11 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.