O`zbekistonning eng yangi tarixi


Sog'liqni saqlash sohasi va “Sog‘lom avlod” dasturi to`g`risida ma`lumotlar bering



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə35/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
TARIX SESSIYA

47. Sog'liqni saqlash sohasi va “Sog‘lom avlod” dasturi to`g`risida ma`lumotlar bering.

1992-yil Sog'liqni saqlash vazirligining hay'at yig'ilishida respublikada Sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari tasdiqlandi.


1999-yil «O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish to'g'risida» Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Respublikada onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. «Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni hamda homilador ayollarda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha «Ona va bola skrininggi» Davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.
2009-yil “2009–2013- yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.
Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari poydo bo’ldi.
Bugungi kunda respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik punkti (QVP) faoliyat ko‘rsatmoqda.
2000 yil “Sog'lomavlodyili” deb e’lon qilindi va davlat dasturi qabul qilindi. Shuningdek, bu dasturni mantiqiy davomi sifatida va ona va bolani sog’lig’ini ximoya qilish maqsadida 2001 yil “Ona va bola yili”, 2008 yil “Yoshlar yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili”, 2014 yil “Sog‘lom bola yili”, 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilindi va mana shu yillar nomi bilan nomlanuvchi davlat dasturlari qabul qilindi.
Tibbiyot sohasi rivoji va aholiga sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida 2014-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutini, Toshkent tibbiyot akademiyasining 1992 yilda Urganch filiali, 1998 yilda Farg’ona filiali, 2018 yilda Termiz filialini tashkil etish tashkil etildi.



Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin