O`zbekistonning eng yangi tarixi


Kuchli ijtimoiy siyosat shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi to`g`risida ma`lumot bering



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə33/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
TARIX SESSIYA

45. Kuchli ijtimoiy siyosat shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi to`g`risida ma`lumot bering.

Ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikada ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. Ijtimoiy himoya tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.


I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilning muhim qismi aholini ijtimoiy himoyalash bo’ldi.
Birinchi yo’nalish - Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Ikkinchi yo‘nalish– ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi
Uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash . Bunda pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlarni himoya qilishdir.
1994-yilga kelib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi. 1994 yil 24 avgustda Prezidentning «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘grisida»gi Farmoni qabul qilindi.
1994-yilning sentabridan boshlab, barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi.
1996-yil dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida» yana bir muhim farmon qabul qilindi. Unda 1997-yildan boshlab yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab, eng kam ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi.
1992-1998 yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori 2,5-2,7 barobar oshirildi.



Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin