O`zbekistonning eng yangi tarixi


О‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllantirilishi to`g`risida ma`lumot bering



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə30/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
TARIX SESSIYA

42. О‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllantirilishi to`g`risida ma`lumot bering.

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich о‘tish bozorning kо‘p bо‘g‘inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bо‘lmasdan bozor mexanizmlari tо‘liq ishlay olmaydi. О‘tish davrida bozor infratuzilmasi shakllantirish va kengaytirish borasida kо‘plab amaliy tadbirlar amalga oshirildi.


Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shaklantirish va ularni samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.
Islohotlar davrida respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bо‘g‘inlari — turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi vujudga keldi. Avvalombor,

  • ishlab chiqarishga xizmat qiluvchitransport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yо‘l va ombor xо‘jaligi tuzilmalari yaratildi.

  • Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi — tovarlar va xomashyo birjalari, biznes inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, kо‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo – sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam — mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bо‘ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta’minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning о‘rniga to­varlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. О‘zbekistonda 1991 yilning avgustidan «О‘zbekiston» respublika universal agrosanoat birjasi, «О‘zulgurjibirjasavdo» — О‘zbekistonda ulgurji va birja savdosi bо‘yicha Respublika davlat – aksiyadorlik uyushmasi (1994 yil mart), «Toshkent» Respublika tovar – xom ashyo birjasi (1994 yil 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyat kо‘rsatmoqda. 1992 yil 12 avgustda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Birjalar va birja faoliyati tо‘g‘risida» qaror qabul qildi.

  • Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bо‘lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni tо‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.

  • Xо‘jalik yurituvchi subyektlarni moliya – kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma — yangi bank tizimi, о‘z – о‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi.

  • Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bо‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «О‘zbekinvest» (1994 yil 13 aprel), «О‘zagrosug‘urta» (1997 yil 25 fevral), «Kafolat» (1997 yil 14 mart) kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Kо‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qо‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002 yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, 2020 yilda 32 ta bo’ldi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yо‘nalish bо‘yicha sug‘urta xizmati kо‘rsatmoqdalar. «Sug‘urta faoliyati tо‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi (2002 yil 5 aprel), Prezident farmoni bilan 2002 yil 1 fevralidan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

  • Bozor iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim о‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas, ma’lum ixtisosga ega bо‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining kо‘payishiga yо‘l qо‘ymaslik tadbirlari kо‘rildi. 1993 yildan О‘zbekistonda Mehnat birjalari paydo bо‘ldi. Respublika «Mehnat birjasi» va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini о‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni rо‘yxatga olish, ularni kasbini о‘zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bо‘yicha nafaqa tо‘lash yо‘lga qо‘yildi.


  • Yüklə 179,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin