38. O‘zbekistonda ijroiya hokimiyat islohotlari to`g`risida ma`lumot bering.
Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati – besh yil.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
40. O‘z-o‘zini boshqaruv organlari to`g`risida tushuncha bering.
1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.
- 1992-yilda ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati - hokimiyatlar tuzildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari» deb nomlanadi
- unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar deb o‘zgartirildi.
Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi.
Konstitutsiyaning 105-moddasiga ko‘ra, «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi».
1999-yil «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»,
2004- yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
- Prezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.