O`zbekistonning eng yangi tarixi


O‘zbekistonda sud hokimiyatidagi islohotlar to`g`risida ma`lumot bering



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə26/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
TARIX SESSIYA

39.O‘zbekistonda sud hokimiyatidagi islohotlar to`g`risida ma`lumot bering.


Sud hokimiyati:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 2000-yilda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahrirda) sud islohotlarining huquqiy asosidir.
Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin.

  1. 1991–2016-yillar;

  2. 2017-yildan keyingi davr.



Dastlabki davrda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil muddatga saylanadigan quyidagi sudlar kirgan:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
- fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;
- fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
- viloyatlar va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari;
- harbiy sudlar. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad:
- O‘zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir.

  • Sudlar sud qarorini ijro etish kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan ozod etildi.

  • 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi.

Islohotlar ikkinchi davrining asosiy xususiyati:
- Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
- Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi.
2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra:

  • sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga qat’iy aniqlik kiritildi.

  • sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga,

  • ikkinchi marotaba – o‘n yil,

  • keyingisida muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi.

Bu sudyalarning yoshi, malakasi, kasb mahoratini inobatga olgan holda uzoqroq muddatga faoliyat ko‘rsatishini kafolatlaydi.



Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin