41. О‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar qaysi yо‘nalishlarda amalga oshirildi?
I.Karimov «O'zbekiston — bozor munosabatlariga o'tishining o'ziga xos yo'li» risolasida (1993) “O'zbekiston o'zi uchun tanlab olgan yol ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko'p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllan-tirishga qaratilgandir.
Ayni mana shunday yo'l O'zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an'analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma'naviy axloqiy kamol topishini ta'minlashi mumkin”, deb qat'iy ko'rsatib bergan edi. l.Karimov mazkur asarida mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qi-lish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy tamoyilni o'rtaga tashladi:
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish lozim.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.
Uchinchidan, qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim.
`To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi eng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz, ya'ni evolyutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
|