KO’P HUJAYRALI ORGANIZMLARNING KELIB CHIQISHI Paleontologiya fani dastlabki ko`p .hujayrali organizmlar qanday paydobo`lganligini isbotlovchibirorta dalilga ega emas. Shuni e’tiborga olib, olimlar bi ogenetik qonunni diqqat markazda tutgan holdadastlabki ko`p hujayrali organizmlarning qanday paydobo`lganligi muammosini hal etishga urinadilar.Dastlabki ko`p hujayrali, organizmlarning paydobo`lishiga oid bir qancha gipotezalar mavjud. I. Haji,G. Gekkel, R. Mankester, O. Byuchli, V. Zalyonskiy, I. Mechnikov va boshqa olimlarning gipotezalariva boshqalar shular jumla-sidandir, Ular orasida Mechnikovning fagotsitella gipotezasi "ko`proqdiqqatga sazovordir.Ma’lumki, har qanday ko`p hujayrali hayvon individual rivojlanishini urug`langan tuxum, ya’nizigotadan boshlaydi. Zigota uzunasiga ikki marta bo`linishi natijasida to`rtta blast omer hosil bo`ladi.
Keyin blastomerlar ko`ndadangiga bo`l-nadi va 8 ta blastomer vujudga keladi, Shunday ketma-ket bo`-linish natijasida embrionning oldin m orula, so`ng bir qavatli blastula bosqichi va ikki qavatli gastrulabosqichi hosil bo`ladi. Ikki qavatli embrion bosqichining vujudga kelishi invagenatsiya, immigratsiyahamda delyaminatsiya usulida amalga oshadi. Aksariyat ko`p hujayrali hayvonlarda gastrula bosqichiinvagenatsiya usulida ro`yobga chiqadi. Bunda blastula bosqichidagi embrionning bir qutbidagihujayralar ichkariga botib kirib, entoderma qavat hosil qiladi Botib kirmagan tashqi tomoni esaektoderma qavatga aylanadi. Delyaminatsiya usulida esa m orula bosqichidagi embrion hujayrasininghar biri uzunasiga ikkiga bo`linadi. Tashqi hujayralar ektoderma, ichki hujayralar entoderma qavat hosilqiladi.Birmuncha sodda tuzilgan ko`p hujayralilarda, masalan kovakichlilar va bulutlarda immigratsiyaamalga oshadi Bunda embrionning blastula qavat hujayralarining bir qismi ichkariga botib kirishi,so`ngra ularning migratsiyasi tufayli ikkinchi qavat—entoderma hosil bo`ladi. Ichkariga kirgan buhujayralar o`z faoliyatining xarakteriga ko`ra, fagotsitlar o`xshab ketadi Ular amyobasimon harakatqila oladi Oziqlanishi ham sodda bo`lib, hujayra ichida ro’y beradi Ikki qavatli gastrula bosqichining buyo’l bilan hosil bo’lishi Mechnikov mulohazasiga ko’ra, oddiyyusul hisoblanadi.
Ko`p hujayrali hayvonlar onogenizining ilk bosqichlari hususiyatlarini o`rganish bir hujayraliorganizmlardan qanday qilib dastlabki ko`p hujayrali organizmlar rivojlanishining umumiy yo`linitasavvur etishga imkon beradi.Tahminlarga ko`ra dastlabki ko`p hujayrali organizmlarning ajdodihivchinli bir hujayrali bo`lgan.Buning bir qancha asoslari bor. Avvalo hivchinlar bir hujayraliorganizmlarning eng soddali hisoblanadi.Ular orasida hayvonlarga hos geteratrop oziqlanadigan vao`simliklarga o`hshash avtotrof oziqlanadiga fo`rmalari bor .Har qanday ko`p hujayrali organism ontagenizini boshlab beradigan hujayraning uzinasiga bo`linishi ham faqat hivchinlilarda uchraydi.
Koloniya bo`lib yashaydigan formalarning vujudga kelishi ko`p hujayralilarning tarihiy rivojlanishidadastlabki qadam bo`lib hizmat qiladi.Bo`linish natijasida hosil bo`lgan ayrim hujayralarning tarqalibketmasdan koloniya hosil qilishi ham hivchinlilarga hos hususiyatdir.Hivchinlilar orasida uchraydigan16 ta (padorina) yoki 32 (eudorina) hujayralardan tashkil topgan kolonial formalar yuqoridagi fikrningdalilidir. Kolonial formalarda har bir hujayra mustaqil oziqlanadi va hazm jarayoni hujayra ichida ro`yberadi.Lekin volvoks koloniyasi yuqoridagilarga qaraganda ancha murakkab tuzilgan.U bir nechtadan to 60-75 mingtagacha hujayradan tashkil topadi.Volvokslarda ko`p hujayrali organizmlarning bazi birhossali namayon bo`ladi.Koloniyadagi hujayralarning protoplazmatik iplar bilan bir-biriga bog`lanishihujayralar harakatining o`zora moslashganligi,hujayralarda bir qator differensiallanish ro`y berishi,yanisomatik va jinsiy hujayralarga ajralish shular jumlasidandir.Binobarin hozirgi vaqtda ham tabiatdatarqalgan sodda organizmlarning Shunday vakillari borki ularning tuzilishi ko`p hujayrali organizmlarontogenizining muayyan ilk bosqichlariga to`g`ri keladi.Biogenetik qonunga ko`ra ontogenezdafilogenez qisqacha takrorlanadi.Modomiki Shunday ekan u holda ko`p hujayrali organizlarningfilogenizida ro`y bergan o`zgarishlar ontogenetik rivojlanishda o`z ifodasini topishi kerak.
Mechnikov mulohazasiga ko`ra kavakichlilarning ikki qavatli embrioniga mos keladiga,yani blastuladevoridagi hujayralar ayrimlarining ichkariga migratsiya qilishi hisobiga endoderma qavat vujudgakeltiradigan fo`rma qadim zamonlarda bir hujayralilarda dastlabki ko`p hujayralilarda kelib chiqishiniisbotlavchi forma bo`lishi mumkin.Mana Shunday gipotetik ajdodni u fagasitella deb nomlaydi.Uning taxminiga ko`ra, fagotsitella tashqi hujayralar qatlami xivchinlarga ega, ichki hujayralar qatlami,o`sha xivchinlarni yo`qotib, amyobasim on shaklga kirgan dastlabki ko`p hujayrali organism ko`rinishida bo`lgan.