BOSHQA PLANETALARDA HAYOT BORMI? Modomiki, yerda hayot abiogen-kimyoviy usulda paydobo`lgan ekan, u koinotda yagonami yokiboshqa sayyoralarda ham hayot bor-mi? degan savol tug`iladi, Bu muamm oni hal etish uchun boshqaplanetalardagi sharoit bilan yer sharoitini taqqoslash zarur. Shuni aytish kerakki, kosmik biologiyarivojlanmagan davrda olimlardan G. A. Tixov va I. S. SHklovskiylar'boshqa planetalarda hayot bor,degan fikrni quvvatladilar. Agar Tixov Mars-da o`simliklar bor, shunga ko`ra,: uning ko`rinishifasllarga qarab o`zgarib turadi, deb.e’tirof etsa,. SHkl ovskiy koinotdagi ayrim sayyoralarda «aqllimavjudotlar» bo`lishi ehtim oldan holi emas, degan g`oyani himoya qilib kelm oqda. Koinotgauchirilgan kosmik kemalar va stantsiyalarda olib borilayotgan tadqiqotlar endilikda Quyoshsistemasidagi 'boshqa sayyoralarta hayot . bormy-yo`qmi degan muammoni hal etish imkoniyati niberadi.
Boshqa sayyoralarning sharoitini o`rganish shundan dalolat beradiki, Quyosh sistemasidagi Merkuriysayyorasida hayot bo’lishi uchun hech qanday sharoit yo`q. CHunki uning doimiy quyoshga qaragantomonida harorat 370° bo`lib, unda hattoqo`rg`oshin ham erib ketadi Merkuriyning quyoshgateskari tomonida, aksincha, harorat — 260° atrofidadir. Venera tomoiga qarab uchirilgan kosmikraketalardan olingan ma’lumotlarga ko`ra, uning sathidagi harorat juda yuqori, 300° atrofidadir,1959 yili amerikaliklar, 1978 yili MDH kishilari tomonidan uchirilgan «Venera-11», «Venera-12»kosmik, apparatlar yordamida Venera atm osferasining yuqori qismida suv bug`lari borligi aniqlandi.Biroq atmosferadagi karbonat angidrid gazi yerdagiga nisbatan ming marta ortiq. Binobarin,Veneradagi sharoit ham hayot mavjudligini ink or etadi. Quyosh sistemasidagn uzoq sayyoralardaatmosfera asosan vodorod, metan va ammiakdan iborat. Harorat esa juda past. CHunonchi,Quyoshga yaqin bo`lgan sayyora Yupiterda—130°, Plutonda — 210° gacha yetadi. Bundaysharoitda vodorod va geliydan tashqari, barcha gazlar suyuq yoki qattiq — muz holida bo`ladi. Quyosh sistemasidagi sayyoralardan faqat Marsda hayot uchun sharoit mavjud, degan fikr ba’zi olimlartomonidan e’tiborga olinib kelinar edi. Chunki Mars planetasi inert gazlardan, suv bug`lari vakisloroddan iborat. Lekin amerikaliklar tomonidan uchirilgan «Gulliver» apparati Marsda hayotzarralari borligini tasdiqlamadi.