«Bigl» kemasidagi safar va uning ahamiyati. «Bigl» kemasidagi safar 1831 yil 27 dekabrdan boshlanib, 183b yil 2 oktabrigacha, ya’ni salkam 5 yildavom etdi. Bu kema safarining asosiy vazifasi dengiz kartalarini mufassal tuzish maqsadida Janubiy Amerikaning sharqiy va g’arbiy soxillarini hamda unga yaqin orollarni suratga olishdan,yer atrofida bir nechta xronometrik o’lchash o’tkazishdan ib orat edi.«Bigl»ning marshruti. 1831 yil 27 dekabrda Angliya qirg’oqlaridan chiqqan «Bigl» kemasi Yashilburun orollarida bir oz to’xtagandan so’ng, Janubiy Amerikaning sharqiy qirg’oqlariga y yetib keldi. Uaprel oyida Rio-de-Janeyroda, so’ngra Montevideo, Buen oes-Ayresda bo’lib, Olovli Yer tomon suzadi.Keyin yana shimol tomonga qaytib, 1833 yil avgustda Bayya-Blankaga yetib keladi . 1833 yil dekabridasharqiy qirg’oqdagi barcha ishlar yakunlangach, kema Patagoniya qirg’oqlari tomon suzadi va OlovliYerni aylanib o’tib, Janubiy Amerikaning g’arbiy qirg’og’i bo’ylab suzib o’tadi. U Pyeru va Chiliningba’zi gavanlarida to’xtagach, 1835 yili Galapagoss orollariga yetib keladi. U yerda birmuncha vaqtbo’lgach, Tinch okean orqali yangi Zelandiya qirg’oqlariga yo’l oladi. Kema Avstraliyada bo’lgandanso’ng, 1836 yil boshida Hind va Atlantika okeanlari orqali yana Braziliya qirg’oqlariga yetib keladi vau yerdan Angliyaga qaytadi .
Safarga ketayotgan Darvin Lyayelning 1830 yili chiqqan «Osnovi geologii» (Geologiya asoslari)degan kitobining birinchi tomini o’zi bilan olib ketgan edi. Yashil burun orollarida olib borilgandastlabki geologik kuzatishlarda darvin Lyayelning geologik o’zgarishlar asta-sekin borishi haqidagi mulohazalari boshqa mualliflar nazariyasiga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega ekanligiga ishonch xosil qiladi. Janubiy Amerikada olib borilgan kuzatishlar dastlabki xulosalarni yana bir martatasdiqladi. Lyayelning geologiya sohasidagi nazariyasio’simliklar, hayvonlar ham sekinlik bilan evolyutsion jarayonni o’tadi degan g’oyani ilgari surishgaundaydi. Kema Braziliyada bo’lganda, Parana daryosi qirg’oqlari yaqinida Darvin qurg’oqchilikdan halok bo’lgan bir qancha hayvonlar suyagining qoldiqlarini topdi va ularning ko’plab qirilishi xalokatnazariyasi bilan bog’liq emasligini o’z kundaligiga qayd qildi.
Paleontologik qazilmalar ham Darvin fikrlarining yo’nalishiga katta ta’sir ko’rsatdi. U Janubiy Amerikaning Bayya-Blanka rayonida qadimgi davrlarda yashagan va qirilib ketgan sutemizuvchilardan milodont, taksodont, megaloniks, stsilidoteriyalarning suyak qoldiqlarini t opdi.Ayniqsa qirilib ketgan qadimgi chala tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov, chumolixo’r,zirxlilarga o’xshashligi Darvinni hayratlantirdi. U qirilib ketgan va hozirgi davrdagi tukotukova suvcho’chqalari o’rtasida yanada ko’proq o’xshashlik borligini aniqladi. Qazilma holda t opilgan ba’zihayvonlar hozir yashayotgan bir qancha hayvon turkumlarining ayrim belgilarini o’zidamujassamlashtirganligi ham ma’lum bo’ldi. Bu dalillar ilgari vaqtlarda yashab, qirilib ketgan hayvonlarbilan hozirgi davrdagi hayvonlar o’rtasida o’zaroqarindoshlik bor, deb taxmin qilishga sabab bo’lardi.
Buenos-Ayresdan Sant yagogacha bo’lgan masofada ham Darvin taksodont, mastodont, ot,Patagoniyada esa karkidon, tapir, paleoteriy kabi ilgari qirilib ketgan hayvonlar suyagi qoldiqlarinitopdi. Bu dalillarning barchasini o’sha davrda hukmron bo’lgan metafizik dunyoqarash bilantushuntirish aslomumkin emas edi. Bundan xayratlangan Darvin «Bitta qit’aning o’zidagi ilgariyashab, qirilib ketgan va hozir yashayotgan hayvonlar o’rtasida shu qadar ajablanarli o’xshashlikborligini, Yer yuzasida organizmlar paydobo’lishi va yo’qolib ketishi haqidagi masalaniqachonlardir, boshqaxildagi harqanday faktlarga nisbatan yaxshiroq yoritib berishga men shubxa qilmayman» deydi. Darvin KordIlera qoyalari bo’ylab qilgan ekskursiyalarida tizmaning markaziyqismida -2ooo m balandlikda araukariylar oilasiga mansub 5o ga yaqin daraxtning toshga aylangantanasini topdi. Ular bir-biridan ancha uzoqda joylashgan bo’lsada, bir guruhni tashkil etardi. Toshgaaylangan daraxtlar tanasiga qarab, Darvin shu yerlarda o’tmishda sodirbo’lgan voqealarni ko’z oldiga keltirdi.Hayvonlarning geografik tarqalishining ba’zi o’ziga xos tomonlari ham safar davomida Darvinniajablantirdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o’zarotaqqoslab, ular o’rtasida katta farqborligini qayd qildi. Chunonchi, Janubiy Amerikada maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo’r,zirxli kabi hayvonlar tarqalgan. Ular Shimoliy Amerikada uchramaydi. Darvin bu masalaga tarixiynuqtai nazardan yondashdi. Uning fikricha, o’tmishda Amerikaning ikkala qismi bir bo’lib, faunasi
o’xshash bo’lgan, keyinchalik esa Meksikaning janubida quruqlik ko’tarilishi tufayli hayvonlarning birqit’adan boshqa qit’aga o’tishi uchun to’siq hosil bo’lgan. Qadimgi hayvon1ar qirilib ketgan. OqibatdaShimoliy hamda Janubiy Amerika faunasi o’rtasida hozirgi tafovut vujudga kelgan.
Okeandagi orollar faunasi kreatsionizmga qarshi karatilgan yorqin dalildir. Darvin Tinch Okeanningekvator zonasida joylashgan va Janubiy Amerikaning g’arbiy qirg’og’idan 9oo km uzoqda bo’lganGalapagoss arxipelagining hayvonot va o’simliklar olamini mufassal o’rgandi va ularning o’zigaxosligini ta’kidladi. Mazkur arxipelag 1o ta asosiy va bir necha kichik Orollardan tashkil topgan bo’lib,uning fauna va florasi tuzilishiga ko’ra ko’p jihatdan Janubiy Amerika fauna va florasiga o’xshash edi.Shu bilan bir qatorda orollardagi ko’p o’simliklar bilan hayvonlar turi endemik, ya’ni boshqa j oylardauchramaydigan turlar hisoblanadi. Masalan Chatem orolida uchraydigan 1b ta o’simlik turidan 12 tasi, Charlz orolidagi 29 ta o’simlik turidan 21 tasi faqat shu orolda uchraydi. Har bir orolning o’ziga xoshayvonlar turi ham mavjud. Qayd etilgan mulohazalar ayniqsaa fil, toshbaqa va korayal oq, vyur'katurlariga xosdir. V’yurkalar boshqa xossalaridan tashqari, tumshug’ining tuzilishi bilan ham birbiridan farq qiladi. Ular orasida kichik. va katta tumshuqli formalar, ko’pgina oraliq formalar uchraydi.Qizig’i shundaki, har xil orolda tumshug’i turlicha tuzilgan v’yurkalar tarqalgan. Darvin o’zi ko’rganhodisalarni izohlab «Mazkur arxipelagda dastlab qushlar kam bo’lganligi sababli bir qush turimodifikatsiyaga uchrab, arxipelarning turli orollariga tarqalgan, deb o’ylash mumkin» deb yoegan edi.
Darvin Yashil burunorollaridagi hayvonlarni o’rganib, ular Afrika qit’asi qirg’oqlaridauchraydigan hayvonlarga o’xshash bo’lsa ham, lekin ko’p xossalari bilan ulardan farq qilishini qaydqiladi. U o’z kuzatishlari natijasiga asoslanib, okean orollaridagi hayvonlar bilan o’simliklar yaqinqit’adan tarqalgan, lekin tabiiy sharoit boshqacha bo’lganligi tufayli vaqt o’tishi bilan fauna va floraham o’zgargan va o’ziga xos xususiy xossalarga ega bo’la borgan degan mulohazani o’rtaga tashlaydi.Albatta, bu mulohaza kreatsionizmga tamomila qarama-qarshi bo’lib, turlarning o’zgarishi, ularningkelib chiqishi bir-biriga bog’liq ekanligini ko’rsatdi.