Evolyutsion nazariya ustida ishlash. Turlarning o’zgarishi to’g’risidagi dastlabki g’oya Darvinda «Bigl» kemasidagi safar davridayoq paydobo’ladi. Lekin bu jarayon sabablarini aniqlash masalasi hali ko’p jihatdan muammoedi. DarvinAngliyaga qaytgach, xonaki va tabiiy sharoitdagi hayvon, o’simliklarning o’zgaruvchanligiga doir ma’-lum otlani ko’plab yig’a boshladi va 1837 yilning iyul oyida yon dafariga evolyutsiya bo’yicha dastlabkimulohazalarni yozdi. Shu paytdan boshlab, 2o yil dan ortiqroq vaqt mobaynida, u evolutsiya g’oyasinirivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlar dalillarni to’play boshladi va ularni pu xta o’rgandi. Evolyutsionnazariyaning birinchi xomaki nusxasi 1839 yili tayyor bo’ldi. Turlar kelib chiqishi nazariyasiningasosiy qoidalari esa 1842 yili yozilgan qisqacha ochyerkida o’z ifodasini topdi. 1844 yilga kelib,turlarning paydobo’lishi to’g’risidagi ochyerk oxiriga yetkazildi. Bu davrda sun’iy va tabiiytanlanishning ijodiy roli Darvin e’tiborini tobora ko’proq o’ziga jalb etdi. Darvin turlarning o’zgarishihaqidagi nazariya juda muhim ilmiy kashfiyot bo’lib, fanda katta qadam ekanligini yaxshi tushunganholda uni har tomonlama asoslashga harakat qilganligi uchun ham matbuotda e’lon qilishgashoshilmadi. 17 yil davomida yangi nazariyaning qisqacha mazmunidan faqat Darvinga juda yaqinolimlar - Lyayel va Gukerlar xabardor edilar, xolos.
1856 yili Lyayel darvinga organik dunyoning tarixiy rivojlanishi haqidagi qarashlarini kengroq bayonetishni maslahat qildi. Shundan keyin u nashr etilgan «Proisxojdenievidov» (Turlarning kelib chiqishi)asariga qaraganda 4 marta katta hajmli asar yozishga kirishdi. Lekin asarning yarmisi yozilib bo’lgach,olimning ilgari o’ylagan fikrlari tamomila o’zgardi. Gap shundaki, Malayya ar xipelagida ish olibborayotgan taniqli tadqiqotchi, zoolog Alfred Uolles 1858 yil 18 iyunda darvinga xat va kichik maqolayubordi. Darvin Uolles yuborgan maqolaning mazmuni bilan tanishgach, u bilan o’zining g’oyasi vafikrlarida hayron qolarlik darajada o’xshashlik borligiga ajablandi. Shunga qaramasdan, u Uollesningmaqolasinijurnalda e’lon qimoqchi va uni evolyutsion ta’limotning birinchi muallifi deb e’tirof etmoqchi bo’ldi.Lekin Darvin evolyutsion ta’limot ustida 2o yildan buyon tinmay ishlayotganligidan va juda ko’p faktikmateriallarga ega ekanligidan xabardor bo’lgan Lyayel, Gukyer va boshqa olimlar bunga e’tiroz bildirdilar va Darvin o’z ta’limotini qisqa maqola shaklida yozishiga va uni Uolles maqolasi bilan birvaqtda e’lon qilishiga maslahat berdilar. Natijada 1858 yili 1 iyulda Londondagi «Linney jamiyati»majlisida Uolles maqolasi bilan Darvin nazariyasining qisqacha ochyerki haqida axborot tinglandi vajamiyat jurnalining avgust oyi sahifalarida Uolles maqolasi bilan Darvinning «Organik mavjudotlarningtabiiy holatda o’zgarishi, tabiiy tanlanish, xonaki hayvonlarni yovvoyi turlar bilan chog’ishtirishto’g’risida» nomli maqolasi nashr qilindi. Lekin har ikki maqola ham olimlar diqqatini o’ziga t ortaolmadi. Natijada Lyayel va Gukyer Darvinni o’z nazariyasini qisqacha bo’lsada, bitta kit ob holidayozib nashr ettirishga shoshirdilar va nihoyat 1859 yili 24 noyabrda «Tabiiy tanlanish yo’li bilanturlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda eng yaxshi moslashgan zotlarning sakqlanibqolishi» degan mashhur asari chop etildi.
Darvinning evolyutsion ta’limoti qanday sharoitda vujudga kelganligini tushunish uchun Angliyakapitalizmining XIX asrning birinchi yarmidagi axvoli bilan tanishish kerak. XVII asrda Angliyadaburjua revolutsiyasi g’alaba qilib, kapitalizmning rivojlanishi uchun mavjud barcha to’siqlar bartarafetildi. Angliya sekin-asta Kanada, Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tasmaniya, Janubiy Afrikani bosib oldi. Bu mamlakatlar xalqlarini eksiluatatsiya qilish tufayli Angliya kapitalizmi judako’p boylik to’pladi va uni sanoat,qishloq xo’jaligini rivojlantirishga sarflaqi. 1765 yili mexanikaviyto’quv stanogi, 1769 yili bug’ mashinasi kashf etilishi hamda qo’l mexnatining tobora mashinalaryordamida bajarilishi tufayli XIX asrning o’rtalariga kelib, Angliya industrlashgan yirik mamlakatgaaylandi. Bu davrda u jahon bozorida birinchi o’rinni egalladi, chunki kapitalistik ishlab chiqarish,cho’yan va po’lat eritish,og’ir va yengil sanoat sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erisqildi. NatijadaAngliya eng qudratli kapitalistik davlatga aylandi. Bu davrga kelib, yirik shaharlar, sanoatmarkazlarining soni hamorta bordi. Agar XIX asr boshida Angliyada aholi soni 50000 bo’lgan shaharlar 5 ta bo’lsa, shu asrning o’rtalariga kelib ular 28 taga yetdi.
Shaharaholisining asta -sekin orta borishi tufayli oziq-ovqat, kiyim-kechakka bo’lgan talab hamoshdi.Bu esa o’z navbatida qishloq xo’jaligining jadal sur’atlar bilan rivojlanishini taqozo etdi. Sanoat,qishloq xo’jalik mahsulotlarining miqdoriga emas, balki sifatiga hamahamiyat berila boshlandi . Sanoatning talabi, qishoq xo’jalik mahsulotlarini yaxshilash metodik selektsiyani rivojlantirishni taqozoetdi. Bu davrda o’simliklar selektsiyasi sohasida Lekutyor, SHeyrif va Galletlarning muvaffaqiyatlariayniqsa diqqatga sazovor bo’ldi. Lekutyor tanlash yo’li bilan o’simliklarning yangi navlarini chiqarishmumkinligini birinchi bo’lib tajribada isbotlab berdi SHeyrif, Gallet ham yuqoridagi fikrningto’g’riligini o’z tajribalarida aniqladilar. CHorvachilik sohasida ham birmuncha yutuqlarga erisqildi.Amaliy selektsiyaga mashxur ingliz selektsionyer R. Bekvell asos soldi. U tanlash yo’li bilan qisqa vaqtichida leychester qo’y zotining yanada syermahsul bo’lishiga erishdi. Aka-uka CHarlz va RobertKollinzlar qoram olning shortgorn, Dj. Sebrayt tovuqning yangi syermahsul zotlarini chiqardilar.
Xo’jalik talablariga mos keladigan zot va navlarni tanlash yo’li bilan chiqarish mumkinligi qishloqxo’jaligining turli sohalariga oid ko’rgazmalarda, kitob, jurnal sahifalarida va klublarda keng targ’ibqilina boshladi.Darvin yangi formalar chiqarishda selektsiyaning ahamiyatiga yuqori baxoberish bilan birga, qishloqxo’jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi hamda undan evolyutsion ta’limot yaratishdafoydalandi. U Sanoat revolyutsiyasi, yirik pomeshchik xo’jaliklarining rivojlanishi mayda yer egalari,hunarmandlarning yanada qashshoklanishiga sabab bo’ldi va priovardida hech qanday ishlab chiqarishvositalariga ega bo’lmagan proletariat maydonga chiqdi. Bu esa xalq tabaqalari orasidagi ziddiyatniyana ham keskinlashtirib yubordi. Sinfiy qarama-qarshiliklarning keskinlashishi chartizm harakatinivujudga keltirdi. Burjuaziya ishchilar sinfiga qarshi siyosiy, iqtisodiy va ideologik kurash boshladi.
Chunonchi, XVIII asr oxirida Angliyaning yirik iqtisodchisi Adam Smit har bir shaxs bahil, faqat o’zmanfaatlari tufayli boylik to’playdi va natijada jamiyat ham boyiydi, deydi. Iqtisodchi va ruhoniy T.Maltus 1798 yili nashr etilgan «Opit ozakonenarodonaseleniy» (Aholining ko’payish qonunito’g’risida tajriba) degan asarida aholi geometrik progressiya (1 2 4 8 1b 32 ... ) hayot kechirishvositalari (oziq-ovqat va hokazolar) esa arifmetik progressiya (1,2,3,4,5,b ... ) asosida rivojlanadi, shusababli aholi ko’p qismining ochlikda yashashi tabiiy bir xol deb isbotlashga harakat qildi. Maltusfikricha ishchilar ko’p bolali bo’lganligi sababli ham qashshoq. Qashshoqlikka qarshi eng yaxshikurash vositasi tug’ishni chegaralash emish. Marks va Engels Maltus nazariyasini qattiq tanqid qildilar va u o’z nazariyasi bilan artistokratlar, sanoat burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib, proletariat sinfiga qarshi chiqqanligini ta’kidladilar.
Darvin evolyutsion nazariyani yaratish jarayonida kapitalistik jamiyatga xos bunday tushunchalardanijodiy f oydalanganligiga shubha qilmaslik kerak. Biroq, XIX asrning birinchi yarmida tabiiyot fanlarisohasida erisqilgan yutuqlar evollyutsion nazariya yaratishda asosiy zamin bo’ldi. Bu davrda botanikava zoologiya fanlarida tabiiy sistemalar haqidagi g’oya tobora keng tarqala boshladi. SHu bilan birgaturlarning o’zgarishiga doir ko’pgina ma’lum otlar to’plana b ordi. Hayvonlar bilan o’simliklarnitavsiflashda ilgari keng tarqalgan murakkabdan oddiyga tomon joylashtirishga qarama-qarshi,oddiydan murakkabga tomon joylashtirishga asoslanildi.Chog’ishtirma anatomiya, paleontologiyasohasidagi tadqiqotlar ham evolyutsion nazariyaning yaratilishida muhim zamin bo’lib xizmat qildi.Kyuvebunday tadqiqotlardan kreatsionizmni asoslash uchun foydalangan edi. Darvin esa turli tiplargakiradigan hayvonlar tuzilishidagi o’xshashlikda ularning o’zaroqon-qarindoshligini ko’rdi. Ouengomologik organlarga idealistik ,tomondan yondashgan bo’lsa, Darvin ularni evolutsiya nazariyasibo’yicha talqin etdi.
Barcha tirik mavjudotlar kelib chiqishining bir xil asosga ega ekanligi hujayraning tuzilishida hamdaumurtqali hayvonlar murtagining rivojlanishidagi o’xshashlikda ham o’z ifodasini topdi. Geologikhodisalarga tarixiy yondashish organizmlar orasida tarixiy bog’lanish mavjud degan xulosaga olib kelaredi. Shunga o’xshash, embriologiya sohasidagi tadqiqotlar ham barcha umurtqali hayvonlar o’zaroqonqarindosh degan g’oya uchun asos bo’lardi.
Shunday qilib, XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlariga kelib bi ologiyada, shuningdek,tabiatshunoslikning boshqa sohalarida ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erisqildi. Bunda, avvalo,ko’plab tasviriy material to’planganligi muhim a hamiyatga ega ekanligini aytib o’tish lozim.Sistematika, chag’ishtirma anatomiya, embriologiya, sitologiya, biogeografiya, paleontologiya, ekologiya, fiziologiya, organik ximiya sohasida to’plangan boy ma’lumotlarga asoslanib, muhimxulosalar qilindi va kelgusida evolyutsion nazariya uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan qonuniyatlarocqildi 1) organizmlarning tabiiy guruhlarini, 2) tuzilish planining birligi 3) genealogik shajarasini,4)gomologik organlar haqidagi ma’lumotlar, 5) turlarning o’zgarishi to’g’risidagi tasavvurlar, 6)embriologiya sohasidagi Ber qonunlari, 7) tarixiy geologiyaga mansub Lyayel kontseptsiyasi, 8)yerning turli geologik qatlamlarida qazilma holdagi o’simliklar va hayv onlarning almashinib ,turishini, 9) organik va anorganik tabiat vakillarining o’xshash kimyoviy elementlardan tuzilganligini aniqlashshular jumlasiga kiradi. Bu davrga kelib, biol ogiya fanlarining umumiy ish uslubi ham o’zgardi. Ilgario’simliklar bilan hayvonlarni tavsiflash bilan chegaralangan biologiya fani, endilikda dala valaboratoriya tadqiqotlarining aniq tekshirish metodlarini ishlab chiqdi. Chog’ishtirma metodbiologiyaning turli shoxobchalariga joriy etildi. Tirik tabiat tuzilishining birligi va o’zgarishi haqidagi
g’oya XIX asrning birinchi yarmidagi biologiya fani uchun umumiy va xarakterli hisoblanadi.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida biologiyaning turli shoxobchalarida to’plangan boy materiallarnatijasida transformistik qarashlar ba’zi hollarda evolyutsionizm g’oyalarining shakllanishiga sababchibo’ldi. Lamark organik dunyo evolutsiyasi haqida bir butun nazariya yaratgan va Evolyutsion rivojlanishining barcha sohalarini qamrab olgan bo’lishiga qaramay, kreatsionizm va teleologiyaoqimlari hukmronligi natijasida evolyutsiyaning asosiy sabablarini ilmiy tomondan tushuntira olmadi.
XIX asrning birinchi yarmi tabiat to’g’risidagi bilimlarning yanada boyishi, biologiya fani yangishoxobchalarining rivojlanishi, ayrim evolyutsi on tasavvurlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi.Mazkur davrni evolyutsion ta’limot g’alabasi bilan tugallash uchun, avval o, bi ologiya fani sohasidato’plangan nihoyatda boy faktik materiallarni xulosalash uchun mashaqqatli mexnat, qilish, bufaktlarni yeritadigan nazariyani asoslash zarur edi.Tabiatshunoslikning oldida turgan vazifalardan eng asosiysi XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridaidealist tabiatshunoslar ilgari surgan tabiatdagi garmoniya, yaratuvchi tomondan belgilab berilgan,degan tasavvurlarga qaqshatqich zarba berishdan iborat edi, Astronomiya, ximiya, mexanika sohasidateleologiya oqimiga zarba berilgan bo’lsa-da, biroq hayotning paydobo’lishi va rivojlanishi masalasidahali idealizm va din hukmronlik qilardi. Biologiyada endigina rivojlanayotgan evolyutsi on g’oyalar birnecha asrdan beri hukmronlik qilib kelayotgan «yaratilish» ta’limotiga zarba berish uchun kuchsizlikqilardi. Shunga ko’ra, nima sababdan hayvonlar bilan o’simliklar organlari Shunday tuzilgan va organizm hayot faoliyatiga ko’maklashadi? Nima uchun organizm bir butun garmonik sistema? degan muammolarni hal etish fan doirasidan chetga chiqarilib tashlangan edi.Teleologik tasavvurlarga zarba berish, «mu’jiza»larni tabiatdan siqib chiqarish, biologiyani teleologiksuyanchiqdan ozod etib,haqiqiy fanga aylantirish uchun organik dunyoning rivojlanishini materialistiktushuntirib bera oladigan va bu rivojlanish ilgaridan belgilab berilgan maqsad natijasi emas, balki tabiatdagi ma’lum qonuniyatlardan iborat ekanligini ishonchli ravishda isbotlay oladigan nazariya zaruredi. Bu nihoyat og’ir, mashaqqatli vazifani ingliz tabiatshunosi Charlz Darvin hal etdi.
Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni. Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» nomli asari aniq va mantiqiy plan asosida yozilgan bo’lib,Lyayel ta’biri bilan aytganda, «bir uzun argument»dan iborat edi. U umumiy evolyutsion nazariya,xususan, tabiiy tanlanish haqidagi nazariyani isbotlashga qaratilgan edi. Asar 14 bobdan iborat bo’lib,xilma-xil hayv onlar zoti va o’simliklar navini chiqargan inson amaliyotini tahlil qilishdan boshlanardi.Inson organizmlarning irsiyati va o’zgaruvchanlik xossalari tufayli sun’iy tanlashda ajoyib natijalargaerishganligi ko’p misollar zaminida tushuntiriladi. So’ngra tabiiy shar oitdagi tanlanish bayon etiladi.Darvin o’zgaruvchanlik va irsiyat xossalari tabiiy sharoitda yashaydigan organizmlarga ham mansub -ekanligini, lekin bu yerda «yashash uchun kurash» yoki «hayot uchun raqobat», «organizmlarninggeometrik progressiya yo’li bilan ko’payishi» tanlanish sababchisi ekanligini qayd qiladi.
Yangi nazariyaga oid qiyinchiliklar Darvinning diqqat markazida turdi. Bu qiyinchiliklarning engasosiysi tur xili qanday qilib turga aylanadi, nima sababdan har xil turlar o’rtasida oraliq formalaruchramaydi, degan masaladir. Bu qiyinchilik yashash uchun kurash, belgilarning ajralishi va oraliqformalarning qirilib ketishi g’oyalari bilan bartaraf qi lindi. Darvin ba’zi hollarda soddadan murakkabtomon rivojlanishda oraliq f ormalar uchrashini ta’kidladi.Yangi nazariya oldidagi qiyinchiliklardan yana biri hozirgi organizmlarning ajdodlari orasida izchilpaleontologik ,qatorlar yo’ligi va paleontologik qazilmalardagi yetishmovchilikdir. Darvin bundayeytishmovchiliklar tabiiy ekanligini, chunki qadimgi davrda yashagan hayvonlar vaqt o’tishi bilanyo’qolib ketishini, shunga ko’ra, hech bir vaqt «geologik solnoma» to’la bo’lmasligini qayd qilindi.Asarning so’nggi boblari evolyutsion nazariyani pal yeontologik, biogeografik, sistemaatik chog’ishtirmaanatomik va embriologik dalillar bilan isbotlashga qaratilgan. Darvin turli-tuman dalillar, g’oyalarzaminida tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning paydobo’lishidagi nazariya kreatsionistlar nazariyasiganisbatan ko’p afzalliklarga ega ekanligini ta’kidladi.
«Turlarning kelib chiqishi» asari Darvin tomonidan bajarilgan juda katta mehnatning bir ulushidir.Asarda bayon etilgan fikrlarning tog’riligini isbotlash va rivojlantirish maqsadida Darvin k yeyinchalikham yana ko’p asarlar yozdi. Ulardan biri 1868 yili nashr etilgan «Izmeneniya domashnixjivotnixikulturnixrasteniy» (Xonakilashtirilgan hayvon va madaniy o’simliklarning o’zgaruvchanligi) nomliasardir. Asarda tabiiy tanlanish haqidagi nazariyani isbotlash maqsadida hayvon zotlari, o’simliknavlarini chiqarish praktikasi, ya’ni sun’iy tanlash masalasi juda keng, puxta, ilmniy tarzda yoritildi.1871 yili Darvin «Proisxojdeniecheloveka I polovoy otbor» (Odamning paydobo’lishi va jinsiy tanlanish) degan asarini nashr ettirdi. Bu kitobning ko’p sahifalari, sovet antropologi Ya. Ya. Roginskiyuqtirishicha, Uolles maqolasidagi fikrlar bilan qilingan munozara natijasi edi. Uolles 18b4 yili nashrettirilgan maqolasida odam paydobo’lishida Dar·vin qarashlaridan keskin farq qilgan g’oyani ilgarisurdi. Uning mulohazasiga ko’ra, odam ajdodlaridagi o’zgarishlar tabiiy tanlanish yo’li bilan vujudgakelgan bo’lsada, biroq odam miyasi, aqliy qobiliyatlarning rivojlanishi bilan uning ta’siri to’xtaydi,chunki odamdagi tuyg’ular, ongli hayot, qobiliyat, ahloqni tabiiy tanlanish yoki evolyutsion nazariyabilan, tushuntirib bo’lmaydi. Uollesning bu sohadagi fikrlari umuman to’g’ri. Lekin u mazkur masalanihal etishda materializmdan chetlashib, ideelizmga yondashdi va odamda yuqorida qayd etilgano’zgarishlar yaratuvchi kuchining ta’sirida amalra oshgan deb qayd etadi. Darvin yuqoridagi asaridaUolles fikrlarning noto’g’ri ekanligini uzil-kesil isbotlashni maqsad qilib qo’ydi. Asarning birinchibobida odam hayvonot olamidan kelib chiqqanligini isbotl ovchi chog’ishtirma anatomiya, fiziologiya,embriologiya, sistematika dalillari keltiriladi va shular asosida odam qazilma holdagi tor burunlimaymunlarning avlod-ajdodidan kelib Chiqqanligi qayd qilinadi.Asarning keyingi boblarida hayvonlar bilan o’simliklar turlarining paydobo’lishida muhim rolo’ynagan omillar o’zgaruvchanlik, irsiyat, tanlanish odamning kelib chiqishida ham muhim rolo’ynaganligi ko’rsatib o’tiladi. Asarda odamning hayvonot olamida tutgan o’rni belgilab beriladi.
Darvin Ouen va Uolleslarning «Odam o’z miyasining rivoj topishi va ruhyi holati bilan hayvonlardantubdan farq qiladi va shunga binoan uni hayvonlardan ajratish kerak degan mulohazalarini tanqid qildiva mazkur masalani ilmiy jihatdan hal etdi.Darvin odam paydobo’lishi masalasini biologiya fani nuqtai nazaridan hal etgan bo’lsa-da, bujarayonda sotsial omillarning rolini ochib bera olmadi. Bu masala Engels tomonidan yozilgan «Roltruda v jarayoneprevrasheniya obezyaniv cheloveka» (Maymunning odamga aylanishida mehnatningroli)degan asarda ijobiy hal qilindi. Darvin asarining ikkinchi qismi jinsiy tanlanishga bag’ishlangan. U juda ko’p dalillar, kuzatishlarnitahlil qilib, ikkinchi darajali jinsiy belgilarning paydobo’lishini, hayvonlarda jinsiy tanlanish qandayro’yo’bga chiqqanligini atroflama hal qildi. Bulardan tashqari, Darvin yana ko’pgina asarlar yozdi vaularda evolyutsion nazariyaning ayrim muommalarini atroflicha yoritdi. «Deystvieperekrhstnogoopileniya i samoopileniya v rastitelnom tsarstve» (O’simliklar olamida chetdan va o’z-o’zidan changlanishning ta’siri),«Onasekomoyadnixrasteniyax» (hasharotxo’r o’simliklar to’g’risida),«Virajenieoshusheniy u cheloveka i jivotnix» (Odam va haivonlarda tuyg’uning ifodalanishi) kabiasarlari bunga yorqin misoldir. Darvin asarlarining jami 12 tomdan iborat edi. Uning asarlarisinchkovlik bilan dalillar to’plash va ularni keng ko’lamda nazariy jihatdan asoslashning yorqinnamunasidir. U induktsiya bilan deduktsiyaning, tahlil bilan sintezning doimiy o’zaroaloqasini to’g’riqo’llagan olimdir.