O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə26/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132
Evolution MAJMUA

DARVINNING DUNYO QARASHI
«Bigl» kemasidagi safar Darvin uchun haqiqiy maktab bo’ldi. U safarga jo’nashdan oldin xristiandinining barcha aqidalariga to’la ishonuvchi dindor kishi edi. Bu to’g’rida uning o’zi “Safar qilib,«Bigl»da ketayotganimda men ortodoksal xiristian edim. Allaqanday bir ahloqqa doir masala yuzasidanjuda e’tiborli deb bilganim injildan sitata keltirganimda, bir necha ofitsyerlarning (garchi o’zlari dindorbo’lsalar ham) mening ustimdan rosa kulishgani esimda» deb yoegan edi. Besh yillik safar mobaynidaDarvinning dunyoqarashi keskin o’zgardi. Unda organik olamning o’zgarmasligi to’g’risidagi diniytasavvurlarga ishonchsizlik tug’ildi. Keyinchalik evolyutsion nazariya ustida ishlash, organik olamningrivojlanish qonunlarini kashf etish jarayonida Darvin diniy ta’limotdan tam omila voz kechdi. Biroq uateist bo’lsada, diniy aqidalarga qarshi ayovsiz kurashmadi va o’zini agnostik deb atadi.Evolyutsion nazariyani ishlab chiqish davomida Darvin doim tabiiy-tarixiy materializm nam oyandasisifatida ish tutdi. Ba’zi hollarda tabiatning ob’ektiv qonunlari tazyiqi ostida u materialistikdialektikaga ham asoslandi.
DARVIN TA’LIMOTINING QISQACHA MAZMUMI.
O’zgaruvchanlik va irsiyat.
Darvin har qanday hayvon, o’simlik organizmi nasl qoldirganda, yangi bo’g’in ota-ona formalardan vao’zaroayrim belgi-xossalari bilan farq qilishini aniqlagan va uni individual o’zgaruvlanlik terminibilan ta’riflagan. Darvin yashagan davrda hayvonlar bilan o’simliklarning o’zgarishi to’g’risidagibilimlar nisbatan past darajada edi. Shunga ko’ra, Darvin oshkora ravishda «O’zgaruvchanliksabablari va qonunlari haqida biz juda kam bilamiz» deb ta’kidladi. Shunga qaramay, u har qandayo’zgaruvchanlikning asl sababi atrofdagi muhitning o’zgarishida ekanligini e’tirof etdi. Uningmulohazasiga ko’ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir etgandatashq muhit omillari bir necha bog’in mobaynida rivojlanayotgan organizm va uning organlarigato’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir etishda esa hayot sharoiti jinsiy organlarga ta’sir ko’rsatadi. Natijada mazkur organizmning kelgusi bog’inlarida u yoki bu o’zgarish ro’y beradi. Tashqimuhitning organizmga ko’rsatadigan bevosita ta’siri ikki xil muayyan va n omuayyan bo’lishi mumkin.
Tashqi muhitning muayyan ta’sir etishida bir tur, zot, navga mansub organizmlar va ularning kelgusibo’g’ini bir yo’nalishda yoppasiga o’zgaradi. Muayyan o’zgaruvchanlik ba’zan guruhli (yalpi)o’zgaruvchanlik deb ham yuritiladi. Masalan, oziqning o’zgarishi hayvonlarning mahsuldorligiga vao’simliklarning xosildorligiga ta’sir etadi. Kunlar sovishi bilan shimolda yashovchi barcha sutemizuvchi hayvonlarning juni qalinlashadi va xokazo.
Nomuayyan o’zgaruvchanlikda esa tashqi muhit omillari ta’sirida bir tur yoki zot, navga kiruvchiorganizmlar turli yo’nalishda o’zgaradi va bunday o’zgarish ayrim individlarda sodir bo’lib,boshqalarida ro’yobga chiqmaydi. Chunonchi, bir kuo’sakdan rivojlangan o’simliklar, bir ota-onaorganizmning avl odi bir xil sharoitda yashasa ham ana shu sharoitdan har xil ta’sirlanib, turliyo’nalishda o’zgarishi mumkin. Darvin tashqi muhitning organizmlarga nomuayyan ta’sirini obrazli ifodalab, shamollashni har xil odamlarda turli oqibatlar ba’zilarda tumov, ikkinchilarda yo’tal,uchinchilarda revmatizm, to’rtinchilarda esa har xil organlarning shamollashi natijasiga o’xshashmisolida ham ko’rsatgan.
Individual o’zgaruvchanlik tarixiy jarayonda vujudga kelgan irsiy xossalar, organizmning yoshi,holatiga qarab turlicha nam oyon bo’ladi. Shunga ko’ra, bir xil sharoitda yashovchi bir zot, navgamansub ikki organizm o’rtasida barcha belgi-xossalar bo’yicha to’liq o’xshashlik ifodalanmaydi.Darvin uqtirishicha, evolyutsion jarayonda muayyan o’zgaruvchanlikka nisbatan nomuayyano’zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega, chunki u irsiylanadi va shuning uchun, xonakilashtirilganhayvon zotlari, madaniy o’simlik navlarning,tabiiy sharoitda esa turlarning vujudga kelishida nihoyatdamuhim rol o’ynagan.Muayyan va nomuayyan o’zgaruvchanlikdan tashqari, Darvin korrelyativ va kompensatsiono’zgaruvchanliklarni ham e’tirof qildi. Odatda, korrelyativ, ya’ni nisbiy o’zgaruvchanlik deyilganda,organizmning bir ,qismi uning boshqa qismi bilan bog’liq holda o’zgarishi tushuniladi. Ma’lumki,hayvonlar tanasi bilan organlarining tuzilishi va funktsiyalari o’zar obog’liqligini, korrelyatsiyaborligini o’z vaqtida J. Kyuveko’rsatib o’tgan va uni teleologiya nuqtai nazaridan tushuntirgan edi.
Darvin esa korrelyativ o’zgaruvchanlikka materialistik nuqtai nazardan yondashdi. U korrelyativo’zgaruvchanlikka bir qancha misollar keltirdi. Chunonchi, oq mushuklarning ko’zi ko’k bo’lsa, qulogikar bo’ladi, qoramolning shoxi bilan juni uzunligi o’rtasida ham korrelyativ bog’lanish bor. Oyog’I uzun hayvonlarning bo’yni ham uzun bo’ladi. Ba’zi organizmlarning oq rangi bilan ularningkasallanish va zaxarlanishga bo’lgan moyilligi o’rtasida korrelyatsiya, oq rangli laycha, ovchi itlarningboshqalariga nisbatan ko’proq o’latga uchrashi, oq drozofilaning yashovchanlik qobiliyati vanasldorligining past bo’lishi bunga yaqqol misoldir. Junsiz itlar tishining tuzilishida anomaliya,ya’nitishlar sonining ortib yoki kamayib k yetishi ro’y beradi. Ba’zi vaqtlarda belgilar o’rtasidagi korrelyativbog’lanishlar juda murakkab bo’lib, ularni payqash qiyin. Masalan, kokildor tovuq, o’rdak, g’ozzotlarining bosh suyagida juda mayda teshikchalar bo’ladi va xokazo.
Kompensatsion o’zgaruvchanlik ba’zi organlar va funktsiyalarning rivojlanishi bilan boshqalariningyo’qolib yoki zaiflashib ketish xodisalaridan iborat. Bu qonun dastlab Sent Iler tomonidan ilgarisurilgan edi. Kompensatsion o’zgaruvchanlikda bir-biriga yaqin ikki belgining rivojlanishida teskarikorrelyatsiya nam oyon bo’ladi. Masalan, ko’p tuxum qiladigan tovuqlar, odatda, kam go’sht qiladi,ko’p sut beradigan sigirlarni esa semirtirish qiyin bo’ladi. Odatda, ertapishar ekinlar kam hosil,kechpishar ekinlar esa serxosil bo’ladi.Darvin o’zgaruvchanlik sabablarini va uning formalarini tadqiq qilish bilan birga, irsiyat problemasibilan ham shug’ullandi. Uning davrida irsiyat problemasi hal qilinmagan problemalardan birihisoblanardi. Shu sababli u irsiyat ustida to’xtalib «Irsiyatni boshqaradigan qonunlarning ko’pchiligima’lum emas» deb ta’kidlagan edi. Irsiyat deganda, Darvin ota-ona formalar bilan ularning naslio’rtasidagi o’xshashlik yoki o’ziga o’xshash f ormalarni vujudga keltirish xossasini tushundi. Irsiyattufayli bo’g’indan-bo’g’inga organizmning faqat tashqi va ichki tuzilishi ema, balki fiziologikBioximiy xossalari ham beriladi. Darvin ota-onaning xossalari kelgusi bog’inga qanday o’tishinitushuntirish maqsadida vaqtincha «pangenezis gipotezasi»ni ilgari surdi. Bu gipotezaga ko’rako’p hujayrali organizmlarning hamma hujayralari mayda-mayda zarrachalar-gemmullalarajratib turadi va ular organizm bo’ylab erkin harakatlanishi, shu jumladan jinsiy organlardato'planishi mumkin. Jinsiy hujayralardagi gemmullalar bo’lajak organizm rivojlanishida barchabelgi- xossalarni belgilab beradi. boshqacha aytganda, gemmullalar individual rivojlanishningmoddiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Erkin harakat qilib yuradigan gemmullalar to’g’risidagimazkur gipoteza faqat tarixiy ahamiyatga ega bo’lsada, Darvinnng irsiyat moddiy va diskretdirdegan mulohazasini hozirgi vaqtda. hamma biologlar e’tirof qiladilar.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin