2.V. O. KOVALEVSKIY - EVOLYUTSION PALEONTOLOGIYANING ASOSCHISI V. O. Kovalevskiy tuyoqli hayvon ajdodlarining turli geologik davrlarda yashagan formalariningo’zgarishini o’rgandi va uning sabablarini ko’rsatib berdi. Kovalevskiy (1842-1883) o’zining1872 yili e’lon etilgan «Ob anxiterium i opaleontologicheskoy istorii l oshadi» (Anxiteriya vaotlarning paleontologik tarixi to’g’risida) degan asarida paleontologik mate- riallarning tadqiqqilinishida, tarixiy jarayonlarda ro’y beradigan o’zgarishlar sababini tahlil etishdachog’ishtirma anatomik va tarixiy metodlardan qanday foydalanish kerakligi namunasininamoyish etdi.Kovalevskiy boshqa organizmlar singari, tuyoqlilarning evolyutsion taraqiyoti hammuhitgabog’liqligini ta’kidlaydi. Tarixiy jarayonda ayrim territoriyalarda o’rmonlarning kamayib,cho’llar, ochiq dalalar xosil bo’lishi va u yerda turli o’tlar o’sishi natijasida tuyoqli hayvonlaryangi sharoitda yashashga majbur bo’lgan va buning natijasida ularning tuzilishida kata o’zgarish1ar yuz bergan.
Yangi sharoitda tabiiy tanlanish hayvonlar gavdasining kattalashishiga,oyog’idagi yon barmoqlarning reduktsiyalanishiga, tishlar, jag’lar, kalla suyagining o’zgarishigasabab bo’lgan. Cho’l sharoitida gavdaning kattalashishi, oyoqlarda yon barmoqlarning kamayishifo ydali moslanish edi. Gavdaning kattalashishi yirtqich hayvonlarning yaqinlashganligini o’zvaqtida ko’rishga va ulardan ximoyalanishga imkon beradi. Toq yoki juft tuyoqli hayvonlar 5tuyoqlilarga qaraganda qattiq yerda tez chopish imkoniga ega bo’ladi. Cho'l sharoitida qurigano’tlarni ko’proq chaynash jag’ tishlar sonining ortishiga, usti qalin emal bilan qoplanishiga, jag’suyaklarining kattalashishiga, ko’z kosasi suyaklarining kalla suyagidagi o’rni o’zgarishiga olibkelgan . Chunonchi, miotsen davrida yashagan tuyoqlilarda eng asosiy masala qattiq yerda tezyugurishga bo’lgan moslanishning takomillashishidan iborat edi. Eotsenning oxirgi va ayniqsa miotsenda tuyoqli hayvonlar barmog’ining o’zgarishi ikki yo’nalishda borgan. Toq tuyoqlilardauchinchi barmoq, juft tuyoqlilarda esa uchinchi, to’rtinchi barmoq anchagina rivojlanib, boshqabarmoqlar sekin asta reduktsiyaga uchragan. O’zgarishning bir yo’nalishiga barmoqlarningreduksiyaga uchrashi kaft ust suyaklarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi, ya’ni barmoqsuyaklari sathining o’zgarishi kaft ust suyaklari sathining o’zgarishiga doim m onand bo’lgan.
Ikkinchi yo’nalishida yon barmoqlar reduktsiyaga uchrab, satx o’zgarmagan. Natijada harikkisuyaklar satxi bo’yicha nomutonosiblik vujudga kelgan. Barmoqlar o’zgarishidagi birinchiyo’nalishni Kovalevskiy adaptiv o’zgaruvchanlik, ikkinchi yo’nalishini esa inadaptivo’zgaruvchanlik deb atagan. Adaptiv o’zgaruvchanlikka anxterium va glokus, inadaptivo’zgaruvchanlikka esa anopleterium va entelodan oyoq suyaklarining o’zgarishini misol qilibolish mumkin. Adaptiv va inadaptiv o’zgaruvchanlik keyinchalik fanda Kovalevskiy qonuni debnomlandi.
Adaptiv va inadaptiv o’zgaruvchanlik yo’nalishining mavjudligi to’g’risidagi Kovalevskiytasavvuri evalyuotsiyada katta ahamiyatga ega. Chunki u ma’lum muhit sharoitiga moslanishlarvujudga kelishida harxil yo’nalish mavjudligini, ularning muhitga moslanish darajasi o’zarokeskin farq qilishini ko’rsatib beradi.Bu mulohaza Darvinning divergensiya qonuni asosida ko’phamda kam moslashgan oraliq formalar mavjudligi haqidagi mulohazalari to’g’riligini yana birmarta ko’rsatdi.Adaptiv va inadaptiv o’zgaruvchanlikni tarixiy jarayonda vujudga kelgan misolda ham kurishmumkin. Chunonchi, yura davridagi pterozavrlar orasida reptiliyalarga o’xshash (yaxshi rivojlangan dumli va unchalik moslashmagan) inadaptiv f ormalar bilan bir qatorda qisqa dumli,oldingi oyoqlari hisobiga havoda muvozanatni saqlash imkoniyati bo’lgan formalar ham rivojlangan. Albatta, bularni birinchisi inadaptiv, ikkinchisi adaptip o’zgaruvchanlikka ega bo’lgandeb aytish mumkin. Binobarin, tuyoqli hayvonlar paleontologiyasi tarixini o’rganish tufayliKovalevskiy ular monofilektik kelib chiqqanligini, yangi f ormalar divergensiya asosida birqancha tarmoqlarga bo’linib, uzoq vaqt davom etgan tabiiy tanlanish asosida o’zgarganligini, ajdod formalardagi eng foydali o’zgarishlar saqlaganligini qayd qildi. Kovalevskiy o’z tekshirishlari bilan evo1yutsion nazariyaning paleontologik tadqiqotlar uchun ahamiyatiniko’rsatib berdi.