2. Tabiat haqida qadimgi Gretsiya va Rimdagi tasavvurlar. Qadimgi sharq madaniy myerosi Qadimgi gretsiya fani va madaniyati rivojiga, o’z tasiriniko’rsatgan. SHu sababli ham Qadimgi Gretsiya tabiatshunos faylasuflaridan Fales,Anaksimandr asarlarida sharq diniy afsonalari bilan bir katorda, tabiiy bilimlar asosidarivojlangan yangi ijtimoiy xo’jalik amaliyoti ham o’z ifodasini topgan. Ular barcha borliq asosida dastlabki materiya yotadi, tabiat doimo harakatda bo’ladi, o’zgarib turadi degang’oyani ilgari suradilar. Eramizgacha bo’lgan 530-470 yillarda yashagan geraklit hammanarsa o’zgarishda, harakatda, rivojlanishda, barcha borliq va tafakkur asosini karamaqarshiliklar kurashi tashkil etadi, koinot xudoyoki odam tomonidan yaratilmagan, u olov,havo, suv va yerning bir-biriga aylanish natijasidir, degan edi.
Organizmlarning tabiiy ravishda vujudga kelish goyasi qadimgi gretsiya falsafasida kengo`rin oladi. Masalan, Fales barcha tiriklik suvdan, Anaksimen hayvonlar va odam dastlabkiloykadan, Anaksimandr esa hayvonlar namlikdan vujudga kelgan, odam dastlab baliqlargao’xshash bo’lgan, ular esa o’z navbatida boshqa hayvonlar turidan paydobo’lgan, deganfikrlarni quvvatlaganlar.Keyinchalik qadimgi gretsiya olimlaridan Levkipp (eramiegacha bo’lgan 5oo-44oyilar) vaDemokrit (460-37oyillar) atomistik nazariyani yaratdilar. Bu nazariyaga ko’ra, koinotjismlari, yer, undagi barcha bor tirik, shu jumladan, tirik organizmlar atomlardan tashkiltopgan. Demokrit fikricha, namlik va loykadan tabiiy yul bilan tirik organizmlar paydobo’lgan. Organizmlarning o’z-o’zidan paydobo’lish goyasi materialistik qarashlarningifodasi bo’lib, o’sha davrda keng tarkalgan barcha tiriklik xudotomonidan yaratilgan degandiniy qarashlarga zid edi.
Eramizdan oldin V asrda yashagan vrach va shoir Empedokl (eramiegacha bo’lgan 483-423yillar) tabiat asosini 4 element (suv, yer, olov va havo) tashkil etadi, ular doimiy,yukolmaydi. Ular bir-biriga qushiladi va yana ajraladi, deb e’tirof etgan. Uning fikricha,Shunday qo’shilish natijasi muvofiq va nomuvofiq bo’lishi mumkin ekan. Organlarning birbiri bilan muvofiqqo’shilishidan normal organizmlar paydobo’ladi va ular yashay beradi,nomuvofiq qo’shilishidan esa nonormal organizmlar paydobo’ladi va ular tezda nobud bo’ladi.Yuqorida keltirilgan misollardan ma’lumki, qadimgi greklarda tabiat to’g’risidagi bilimlar cheklangan, tor doirada bo’lsada, lekin ular yirik falsafiy masalalarga yunaltirilgandir.
Grek olimlaridan Gippokrat (eramiegacha bo’lgan 4bo-377 yillar) demokritningzamondoshidir. Gippokrat va uning shogirdlarn meditsina nazariyasini yaratishda biologiyabilimlaridan Keng foydalanganlar va Faqat shu bilan cheklanmay, tajriba va kuzatishlar olibborganlar. O’sha davrda anatomiya-fiziologiya sohasidagi ma’lulotlar uncha puxtabo’lmasligiga hamda ichki organlrrning tuzilishi va funktsiyasi haqidagi tasavvurlardakamchiliklar mavjudligiga karamay, gippokratchilar biologiyaga oid ko’p masalalarni xaletishga harakat qildilar, ayniqsa, gippokratning irsiyat to’g’risidagi masalann tushunishgaoid fnktlari, tasavvurlari oddiy bo’lsada, mazmunaAn dikkatra sazovordir. Uning irsiyathaqidagi tasavvuriga ko’ra, erkak va ayolning urug’i butkul organizmdan xosil bo’ladi. Baquvvatorganizmdan kuchli, nimjon organizmdan kuchsiz nasl rivojlanadi. Agar otaorganizmning urugi ona organizmnikiga karaganda bir necha marta ko’p bo’lsa, nasl otaga,agar onaniki ko’p bo’lsa, onaga o’xshash bo’ladi.
Qadimgi gretsiyada tabiatshunoslikning taratkkiyoti engels «univyersal kalla» deb ataganAristotel (eramiegacha bo’lgan 384-322 yillar) ijodida o’z ifodasini topadi. YUnon tabiatshunosi aristotel hayvonlar klassifikatsiyasining asosini to’zgan, chogishtirma anatomiya,embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan hamdaorganlar korrelyatsiyasi vatabiatdagi asta-sekin rivojlanish to’g’risida ba’zi fikrlarni ilgari surgan. Uiing fikricha, tabiatsekin-asta jonsiz narsalardan hayvonlar tomon rivojlanadi. Bu jarayonlar o’zluksizbo’lganligi uchun ular o’rtasidagi chegarani aniqlashqiyin.Aristotelning «Istoriya jivotnIx» (Hayvonlar tarixi), «Ochastyaxjivotnix» (Hayvonqismlari haqida) «Ovoznikioveiii jivotnix» (Hayvonlarning paydobo’lishi haqida) nomliasarlarnda klassifikatsiya asoslari, har bir hayvonlarning tuzilishi chogshtirish printsiplari,aitik embriologiya asoslari yoritilgan. U Aflotun idealizmini tanqidqilsada, materiya passiv, harakatlanish kuchiga ega emas, lekish unda aktivlik, rivojlanish imkoniyatlari bor,shu imkoniyatlarning ro’yobga chikishi uchun shakllantiruvchi manba - entelexiya zarur,degan fikrni bayon etgan. Entelexiyabu ma’lum maqsadlarini ko’zlovchi sabab,rivojlanishning ichki maqsadlarini amalga oshiruvchi dastlabki kuchdir. Bu fikrlar teleologikkapashlardan boshqa narsa emas edi, albatta. Binobarin, Aristotelning tabiiy-ilmiy asarlari umaterialistik okim bilan idealistik okim o’rtasidagi bekaror dualistik olim ekanligidandalolat beradi. SHu sababli ham katolik chyerkovi, din, idealistik falsafa o’z goyalarini targ’ib qilishmaqsadida 2ooo yil mobaynida aristotelning yuqoridagi teleologii fikrlarini rukachkilib keldi.
Aristotel hayvonlarniig 5oo ga yaqin to`rini bilgan hamda hayvonot olaminingklassifikatsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni klassifikatsiyalashda ularning ayrimxossalariga emas. Balki ko’p belgilariga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan. U barchahayvonlarni 2 katta guruhga – «Qonlilar» va «Qonsizlar»ga bo’lgan. Bu guruhlar hozirgi«Umurtqali» va «Umurtqasiz» hayvonlarga mos keladi. «Qonlilar»nn 5 ta «katta avlod»gaajratgan. Aristotelning katta avlodlari umurtkali hayvonlarning hozirgi sinflariga mos keladi.«Qonsizlar»dan unga Faqat 130 tur ma’lum bo’lgan. Ularni yumshoqtanlilar yumshoq pustlilar qisqichbaqasimonilar, boshoyoqli yumshoq tanlilar va hasharotlarga ajratgan. Bu-hozirgi boshoyoqli molluskalar, yuksak qisqichbaqasimonlar, yumshoqtanlilar (boshoyoklimolyuskalardan tashqari va hasharotlarga mos keladi. olimning uktirishicha, bir qanchaformalar (meduza, aktiniya, dengiz yuldo’zlari va bulutlar) to’znlishiga ko’ra, oraliq xarakterda bo’lib, bir tomondan shilliqqavatlilarga, ikiinchi tomondan esa o’simliklarga yaqin turar ekan. Shuning uchun ham aristotel ularni eoofitlar deb atagan. Aristotelning
«Hayvonlar paydobo’lishi haqida» nomli asartsda chogishtirma anatomiya metodining ajoyib namunasini kurish mumkin. Uning uktirishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi, oldin zoofitlarga, keyin ymuman hayvonlarga, sungra o’z turiga xos tuzilishgabelgilarga va nihoyat shaxsiy xossalarga ega bo’ladi. Shunday qilib, organizm shakllanayotganda ajralish jarayoni ro’y beradi. Bu mulxaza bulajak arganizmning belgi xossalari urug’ yoki tuxumda oldindan shakllangan bo’ladi, degan goyaga aristotsl qarshi ekanligidan dalolat beradi. SHunga o’xshash misollarga asoslanib, olim barcha hayvonot olaminingtuzilishi bir ekanligini ta’kidlaydi. Uning qaydqilishicha, konli hayvonlarniig hammasida ichki organlar o’zaroo’xshash va bir xilda joylashgan bo’ladi. Odam bilan to’rt oyoqlihayvonlar tuzilishda ham o’zaroo’xshashlik mavjud. Bir organda yuz bergan o’zgarish,boshqaorganda ham o’zgarish vujudga keltiradi. Harakat bir xil formalarning abadiy o`rinalmashinishidan iborat. Lekin yer yuzida asta-sekin yangilanish jarayoniham ro’y beradi.SHularga qaramay, organik dunyoning evolutsiyasi tabiiy tarixiy jarayon ekanligi haqidagigoya Aristotel uchun yotdir.
Aristotel shogirdlaridan biri bo’lgan Teofrast (eramiegacha bo’lgan 372-287 yillar) botanikasohasida dikkatga sazovor ishlar olib borgan u 4oo dan ortiqo’simliklar to`rini o’rganib,ularning organlari tuzilishini, fiziologiyasini tasvirlab bergan hamda o’simliklarning amaliy ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni to’plagan. Teofrast o’simliklarning bir turi boshqa turgaaylanishi mumkin degan fikrni quvvatladi.
Levkipp va Demokritning izdoshi bo’lgan Epikur (eramiegacha bo’lgan 341-270 yillar) barcha organizmlarning tanasi mayda, bulinmas atom zarrachalaridan iborat. Ularning kusqilishi va ajralishi tufayliolam vujudga keladi va yukoladi. Jon ham atomlardan tashkiltopgan, tanadan tashqari mavjud emas, hechqanday dunyoviy akl yuk, tabiatdagi hammanarsa tabiiy sabablarga ko’ra ro’y beradi degan fikr bilan maydonga chikadi. Epikurningtabiat haqidagi falsafiy. Qarashlarida rivojlanish goyasining elementlari uchraydi.
Eramizdan oldin tabiat fani Rimda ham birmuncha rivoj topgan. Epikurning izdoshi Lukretsiy Kar (eramiegacha bo’lgan 99-55 yillar) tabiatga antiteleologik, ateistik jihatdanyondashgan. U falsafadagi idealistik, afsonaviy qarashlarga qarshi chikib, tabiat doimorivojlanishini, unda sifat o’zgarishlari ro’y berishini birinchi mualliflar katori e’tirof etgan.Agar Qadimgi Gretsiya falsafasi harakat bir xil formalarning ma’lum doira ichidagi o`rinalmashishidan iborat deb tushungan bo’lsa, Lukretsiy harakat ma’lum davrda ro’y beradigantarixiy o’zgarishlardan iborat, deb qaydqilgan. Lukretsiy bir tur boshqa turga aylanishini tanolmasada, lekin tabiatda moslashmagan organizmlar nobud bo’lishi, o’zi va naslini ozikbilan ta’minlaydigan, dushmaplardan ximoya kila oladigan organizmlar yashab qolishinita’kidlagan edi.
Engelsning fikriga ko’ra, Lukretsiyning «oprirodeveshey» («Moddalar tabiati to’g’risida»)degan asarida grek falsafasining barcha ijodiy tomonlari o’z ifodasini topgan. Undakeyyinchalik rivojlangan barcha dunyoqarash tiplari myptak-paydobo’lish xolida bayonetilgan. Lukretsiy Aristotel teleologiyasiga karama-qarshi pozitsiyada turgan.Rim impyeriyasiping boshqa mamlakatlar bilan keng aloqasi tabiatshunoslikda yangi-yangima’lumotlar to’planishiga sabab bo’ladi. Biroq rimliklarning o’simliklar bilan hayvonlarnitekshirish sohasidagi izlanishlarida morfologik yo’nalish urniga organizmlarning hayotsharoiti, o’zaromunosabati, o’simliklar bilan hayvonlardan inson manfaatlari yo’lida foydalanish kabi yo’nalish keng tus oladn. SHu jihatdan Kay Pliniy ijodi dikkatga sazovordpr. Ueramizning 23-79 yillarida yashagan. Kay Pliniy 37 bulimdan iborat «Estestvennaya isto-riya» (tabiiy tarix) nomli asar yoegan. Bu asarnn yozishda o’z kuzatishlariga va 2000 ga yaqin adabiy manbalarga asoslangan. Asarning zoologiya bulimida aristotelga noma’lumbo’lgan 155 hayvon turi tasvirlangan. U hayvonlarni guruhlarga ajratishda tuzilishiga emas,balki ularning ekologiyasiga asoslangan. Barcha hayvonlar suvda yashaydigan, havodauchadigan va yerda yashaydigan guruhlarga bulingan. U tasvirlagan har bir formadan inson qanday foydalanishi kerakligi haqida batafsil to’xtalgan va bu masala asarning asosiy maqsadi ekanligini qaydqilgan. Asarning botanika bulimida rim agronomiyasi va siste-matikasi, chunonchi, o’simliklarni parvarish qilish, tuvak yasash, payvandlashga doirma’lumotlar keltirilgan.Shunday qilib, qadimgi zamon tabiatshunos faylasuflari kelajak fanlarning rivoji uchunzarur bo’lgan bir qator xulosalarni ilgari surganlar. Ular dunyo uanday bo’lsa, uni xuddiShundayanglashni, dunyoning birligi va umumiyligi haqidagi goyani targib etganlar.
Evolyutsion qarashlarningrivoji uchun tubandagi goyalar:
1) o’lik hamda tirik moddalarning birligi va shu asosda tabiiy ravishda tirik mavjudotlarpaydobo’lishi;
2) tirik mavjudotlarning birligi va turli-tumanligi;
3) o’zgaruvchanlikning umumiyligi va tirik mavjudotlar bir shakldan ikkinchi shaklgaaylanishi mumkinligi;
4) tirik mavjudotlarning yashash uchun kurashi va eng garmonik hamda moslashganformalarning barhayot bo’lishi haqidagi goyalarning paydobo’lishi ayniqsamuhimdir;
Xulosa kilib aytganda, qadimgi zamon mutafakkirlarnning ta’limotnda evolyutsion
tushunchalarning asosiy koidalari eng boshlangich formada o’z ifodasini topgan.