Evolyutsion ta’limot ning boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi. Evolyutsion ta’limot metodologik asos sifatida biologiyaning xilma-xil dalillari majmuasi emas,balki har xil darajadagi, ya'ni molekula darajasidan to biosfera darajasida bo’lgan biologik sistemalardasodir bo’ladigan voqea-hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni o’rganadigan fandir. U mazmunigako’ra sintetik xarakt yerga ega. Shunga binoan, u barcha biologiya fanlari-botanika, zoologiya,anatomiya, embriologiya, fiziologiya, biogeografiya, bioximiya, sitologiya, gistologiya, genetika, paleontologiya, ekologiya, selektsiya, chorvachilik, o’simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya vashu kabi boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Evolyutsion ta’limotning muayyan fan sohalari bilanbog’liqligi ikki tomonlamadir. Bir tomondan, u xususiy biologiya fanlarida to’plangan dalillarnixulosalab, umumbiologiya qonunlarini yaratadi. Ikkinchi tomondan, bu qonunlar biologiyaninganatomiya, morfologiya, embriologiya, botanika, zoologiya va shu kabi boshqa sohalari uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.
Yirik darvinist K. A. Timiryazev o’simliklar bilan hayvonlarning hayoti to’g’risidagi fanlarfaqat evolyutsion ta'limot asosida ijobiy rivojlanishi mumkin, deb ta'kidlagan edi. I. I. Mechnikovshamollash jarayoni va immunitet tabiatini tushunish faqat organizmning hayotiy reaksiyalariga evolyutsion nuqtai nazardan yondoshilganda to’g’ri xal etilishi mumkin, degan. To’g’ri, boshqa biologiya fanlari, chunonchi, siyosiy va eksperimental morfologiya va fiziologiya, ekologiya, genetikadagi kabi,darvinizmda ham tasviriy, analitik, sintetik, tajriba usullari keng qo’llaniladi. Evolyutsiya jarayoninio’rganishda yuqoridagilardan tashqari, tabiiy populyatsiyalarni har tomonlama tahlil qilib, ularningtarkibini, mavsumiy va mahalliy sharoitga qarab o’zgarishini aniqlash, uni eksperimental sharoitda tadqiq qilish usullaridan foydalaniladi. Bu darvinizmning xususiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Darvinizmbarcha biologiya fanlari yutug’ini o’zida mujassamlashtirgani uchun ana shu fanlar zaminidarivojlanadi. Biroq qayd qilingan faktlar darvinizmning kelgusi rivojlanishini to’liq ta'minlay olmaydi.
Chunki bu fanlarda yaratilgan nazariyalar tarqoq, xususiy xarakterda bo’lib, materiallarni birtomonlama qamragan fanning u yoki bu shoxobchasiga xosdir. Darvinizmda esa turli biologiyabilimlarining sintezi namoyon bo’ladi.Darvinizm faqat boshqa biologiya fanlarida to’plangan dalillarni umumlashtirish, xulosalash bilan cheklanmay, balki o’zi ham, shu fanlardan mustasno, turli muammolarni hal etadi.