Evolyutsion ta’limot o’rganadigan muammolar. Tirik tabiat tarixiy rivojlanishining umumiy qonunlaridarvinizmning tekshirish mavzui hisoblanadi. Hayot materiya harakatining sifat jihatdan farq qiladiganalohida shaklidir. Shunga ko’ra, uning paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganish darvinizmning birinchimuammosi hisoblanadi.
Evolyutsiya yerdagi barcha tiriklikning tarixiy davrda to’xtovsiz ravishda o’zgarishi natijasidir.U doimiy mavjud shart-sharoit zaminida amalga oshadi. Evolyutsiya jarayonining shart-sharoitinio’rganish darvinizm fanining ikkinchi muammosidir.Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi uni harakatlantiruvchi kuchlar aniqlangandagina ijobiy haletiladi. Darvin evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar uzgaruvchanlik, irsiyat,. tabiiy tanlanishekanligini, shular tufayli organizmlar muhitga moslanishi, takomillashishini, yangi turlar paydobo’lishini ta'kidlaydi. Binobarin, evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlarni atroflicha o’rganishdarvinizmning uchinchi muammosi hisoblanadi.
K. M. Zavadskiy uqtirishicha, hayotning organizm, populyatsiya — tur, biotsenotik, formatsion,biosfera darajalari mavjud. Biroq evolyutsiya jarayoni, shart-sharoitning to’liq amalga oshishi, uningnatijasi namoyon bo’lishi ko’proq populyatsiya — tur darajasida ro’y beradi. Shunga ko’ra, turlarni vatur paydo bo’lishini o’rganish darvinizmning to’rtinchi muammosidir.
Dialektik materializm nuqtai nazaridan Karaganda, rivojlanish oddiydan murakkabga, tubantakomillashgandan yuqori darajada takomillashgan shaklga o’tishdan iborat. Bunday progressive rivojlanish tirik tabiat evolyutsiyasining aso- siy yo’nalishini tashkil etadi. Tirik tabiatdagi progressive ko’rinish qonuniyatlari to’g’risidagi masala darvinizmning beshinchi muammosi hisoblanadi.Organik olam evolyutsiyasining ma'lum bosqichidagi shart- sharoit odam paydo bo’lishida zamin bo’lib xizmat qildi. Odam evolyutsiyasining omillari va mexanizmlarining o’ziga xostomonlarini o’rganish darvinizmning oltinchi muammosidir.
Organik olam evolyutsiyasining umumiy qonuniyatlarini o’rganishdan asosiy maqsadhayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlardan xo;jalik maqsadlarida keng foydalanishdan iborat.Tabiiy sharoitda inson manfaatlariga mos formalar juda sekinlik bilan vujudga keladi. Shunga ko’ra,organik Olamning rivojlanishini boshqarish, inson manfaatlariga mos bo’lgan nav, zot shtammlarni chiqarish va ulardan foydalanish, ya'ni evolyutsiya jarayonini bosharish darvinizmning yettinnimuammosi hisoblanadi.