Pedagogik vazifalar:Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oidilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalarbo`yicha tushunchalarni shakllantirish.
O`quv faoliyatining natijalari:Talabalarda Koinotning paydo bo’lishi haqida
tasavvurga ega bo`ladilar, asosiyma’lumotlarni kospektlashtiradilar.
Ta’lim usullari: BBB, “Klaster”, ma’ruza
O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli:Ommaviy
Ta’lim vositalari: Slaydlar, marker, videoproyektor, jadval
Koinotning kelib chiqishi. Odamlar hamisha koinotning qanday paydo bo’lganiga qiziqib kelishgan. Bu vaqtda afsonalar hambo’lgan. Xristian dini olamni xufo tomonidan yaratilganligini tushuntirgan.Diniy va afsonaviy to’qimalar o’rniga ilm-fan rivojlanib borishi bilan olamni paydo bo’lishi haqida ilmiy tasavvurlar paydo bo’la boshlagan. Ilmiy ta’limotlardan biri falsafiy yo’nalish bo’lib, koinot vaunda yerdagi hayothaqida ilmiy qarashlar paydo bo’la boshlagan, ya’ni o’zaro yaqin bo’lgan 3 ta:borliq, Universum, koinot terminlari paydo bo’lgan. Borliq – falsafiy termin hisoblanib barcha(mavjudotlikni) o’z ichiga oladi.
Koinot termini esa o’ziga xos ilmiy ma’noga ega va odatdagi narsalarni tushunadi. Bu termin falsafadava ilmiy fanlarda ham qo’llaniladi. Koinotni to’laligicha komsmologiya (koinot haqidagi fan) fanio’rganadi. Hozirgi fanda kosmos (koinot) deb yer atrofidagi atmosfera chegarasidan tashqaridajoylashgan butun olam tushuniladi. Koinotni o’rganuvchi fan bizning olamning tuzilishini va uningqonuniyatlarini o’rganishni asos qilib olgan.
Koinotni paydo bo’lishi va rivojlanish modellari kosmologiyaning xulosalari.Hozirgi ilm-fan koinotning universal qonuniyatlarini shakllantiradi. Koinotga qilinadigan parvozlar fan taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Samoviy kemada,sun’iyyo’ldoshlarda va orbital stansiyalarda ko’plab aniq asboblar bor. Bu asboblar yer kurrasi , boshqasayyoralar ob-havo, iqlim to’g’risida xali o’rganilmagan ko’pgina maqsadlarni tushunishga yordamberadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari muntazam ravishda o’rganilib borilmoqda.
Koinotni o’rganish odamlar tabiatning yangi-yangi qonunlarini bilib olishda ko’mak qiladi.Borliq va ongdan farq qilib qanday bo’lsa shunfayligicha tushunish – universum deyiladi. O’zbekistondiyorida tug’ilib o’sgan fazogir Jonibekov koinotga bir necha bor parvoz qiladi. 1961-yil 12 apreldadunyoda birinchi marta inson fazoviy kemada koinotga parvoz qiladi.Bizni o’rab olgan koinotning tuzilishini aniqlab olguncha fan juda uzoq yo’lni bosib o’tdi. Faqat XX asrning boshlariga kelib, osmonda ko’rinadigan hamma yulduzlar birgalikda alohida yulduz sistemasini– Galaktikani tashkil etishi uzil-kesil isbotlandi.Butun osmonni belbog’ kabi o’raydi – yorug’ – Somon yo’lidagi yulduzlar bizning yulduz sistemamiz –Galaktikamizni asosiy qismini tashkil etishi, asta-sekin aniqlanib boriladi.Somon yo’li – osmonda bizga ko’rinadigan va yulduzlardan tashkil topgan yorug’ halqa bo’lib, bizningGalaktikamiz esa yulduzlarning gigant orolidir.