O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti


MDH mamalakatlarining ko’pchilik korxonalari o’ziga xos muammolar



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
MDH mamalakatlarining ko’pchilik korxonalari o’ziga xos muammolar. 
Bugungi kunga kelib MDH mamalakatlarining ko’pchilik korxonalari o’ziga xos 
muammolarga ega: 
• sotish hajmi va undan bo’ladigan daromadning qisqarishi; 
• ananaviy bozorlarda qiyinchiliklar; 
• rivojlanishning aniq yo’nalishlarga ega emasligi; 
• yangi texnologiyalar va yangi turdagi mahsulotlar uchun zaxiralarning etarli emasligi; 
• moliyaviy qiyinchiliklar; 
• boshqaruv usullari va tizimlarining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar; 
Mavjud holat sabablari hammaga malum. Biroq shunday holatlarda ham mutaxassislar 
fikricha, deyarli har bir korxona faqatgina ichki zahiralari hisobiga o’z faoliyati samaradorligini 10-
20% ga ko’tarishi mumkin. va yuqorida ko’rsatilgan muammolarning bir qismini hal etishi 
mumkin. Buning uchun korxona ichki salohiyatini faollashtirish va rivojlanish istiqbollarini ishlab 
chiqish talab qilinadi: 
• rivojlanishning uzoq va urta muddatli maqsadlarini ifodalash (“nimaga erishishni 
istaymiz?”) ; 
• joriy holatni baholash (“biz qaerdamiz”); 
• hal qilish kerak bo’lgan asosiy muammolarni aniklash va ularni tartibga solish; 
• qilinishi zarur bo’lgan o’zgarishlarni qayd qilish; 
Korxonaning raqobatga chidamli rivojlanishini taminlash uchun innovatsion faoliyatning 
utivor yo’nalishlarini va qayta tashkil etish resurslarini faol qidirish lozim. Horijiy va ilg’or 
mahalliy tajribalar tahlili shuni ko’rsatadiki, innovatsion modelga o’tish uchun: 
• ishchining korxona muvaffaqiyatidan manfaatdorligi; 
• o’z vazifasini bajarishda barcha qobiliyati va imkoniyatlarini ayamasligi juda muhimdir; 
 
İnnovatsion modelga o’tish yullari 
Ananaviy 
usullar 
ёrdamida bu masalani faqat qisman hal etish mumkin. Hatto 
“O’zDEUavto” kabi ilg’or ishlab chiqarish kompaniyasida ham muhandisg’texnik ishchilarining 
40% dan kam miqdori o’z qobiliyatilariga talab bor deb hisoblaydilar. 
Yuqori texnologiyalarning rivojlanishi va texnika murakkabliklarini ortishi bilan 
tashabbuskor va o’z ishiga ijodiy ёndashuvchi ishchi – xodimlarga ehtiёj ortib bormoqda. Hozirgi 
kunda malakali ijrochilar emas, balki o’z kompaniyasi kelajagi haqida o’ylovchi, o’z korxonasi va 
davlati taqdiri uchun masuliyatli mutaxassislar har doimgidan ko’proq zarurlar. Ularning asosiy 
intilishlari kelajakdagi umumiy farovonlikning asosi sifatida korxonaning rivojlanishiga qaratilishi 
lozim. Shu tufayli, kooperativ qadriyatlar va timsollarni ishlab chiqishga kuchli qaratish vositasi 
sifatida kompaniya mafkurasining ahamiyati ortib bormoqda. 
Umuman olganda, kompaniya mafkurasi korxona maqsad va vazifalari ( kompaniya 
missiyasi), faoliyat ko’rsatishning usul va tamoyillari, ishchig’xodimlar tomonidan amalga 
oshirilgan harakatlarning mazmung’mohiyatini aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda uni 
o’zgarishlar vositasi deb atash mumkin. 
Mafkura kompaniya ishsig’xodimlarni o’zlarida mavjud xususiyatlarni aniqlashga (alohida 
qobiliyatlarning paydo bo’lishi, hulq-atvor shakllanishi, dunёqarashlar) korporativ madaniyatni 
paydo bo’lishiga (falsafa, ananalar, o’zini tutish) siёsiy 
psixologiya elementlarini shakllanishiga 
(xodimlarning kayfiyati va qarashlari) va ishchi-xodimlarni rag’batlantirishga ёrdam beradi. 
Shunday qilib korxona mafkurasi – o’zgarishning muhim va xos omili, vositasi va shu bilan birga 
o’zgarish obekti hisoblanadi. 
Korxona mafkurasi chuqur o’zgarishlar davrida, o’z faoliyatini jadallashtirish, rivojlanishda 
yangi bosqichlarga ko’tarilish, ishchi-xodimlarni safarbarlikka chorlash va birlashtirish talab 
qilinganda muhim ahamiyat kasb etudi. 
Yani mafkura, korxonaning asosiy ichki resursi-ishchilarning ijodiy imkoniyatlarini safarbar 
etish, mehnat jamoasining har bir azosi tomonidan o’z-o’zini anglashga va oliy maqsadlarga 
erishish yo’lida qurbonliklarga tayёrlik hisini oshirishga ёrdam beruvchi kuchli omildir. 



Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin