uchun o’zidan 10 barobar ko’p suv keraka bo’ladi.
Mramor ni qazib olish ishlov berish paytida keraksiz to’g jinlari
bilan har metal moddalar yoki fosfor, simob, oltingugurt,
qo’rg’oshin alyumin, temir
metasilikat kislota H2SiO3
moddlari
kam miqdorda suv bilan oqava suvlarga qo’shilib ketadi. Maishiy
xo’jalik va yer osti suvlaridan foydalanishda bu moddlar bir
qancha qismi insonlarga zarar yetkazadi. Qishloq xo’jalik
ekinlarida yer osti quduqlarda va h.k larda. Bu moddalar
O’simliklar va suv bilan inson organizmiga tushadi va
keyinchalik ogir kasallik va irsiy kasalliklarga olib keladi.
Shunday zararlangan hududga misol qilib Almata viloyati Tekeli
shaxridagi Mramorni qayta ishlash zavodini keltirib o’tsak
7
bo’ladi bu zavoddan chiqayotgan chang to’zonda atrofdagi
maxalliy aholi zarar ko’rgan ekinlar ustida qum changlar to’lib
qolgan ichimlik suvi yaroqsizlangan.
3.Oqava suvlarning xosil bo’lishi tasniflari
Oqova suvlarni belgilariga qarab, turkumlarga ajratiladi.
1.
Suvning tabiati bo‘yicha oqova suvning quyidagi turlari
mavjud:
— ichimlik suvlarning ishlatilishi natijasida hosil bo‘lgan oqova
suvlar;
—
sanoat korxonalari maydonlarida yer ostidagi suvlarni
8
texnologik jarayon uchun tashqariga tortib chiqarish natijasida
hosil bo‘lgan oqova suvlar;
—
maydonlarda yog‘ingarchilik natijasida hosil bo‘lgan oqova
suvlar.
2.
Oqova suvlar hosil bo‘lgan maydoniga qarab, ko‘rsatkich- lari
bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
—
sanoat korxonalarida — sanoat, maishiy-xo‘jalik va
yog‘ingarchilik tufayli paydo bo‘lgan suvlar;
—
aholi turar oylarida hosil bo‘lgan suvlar — suvlarning
barchasi aholi turar joylaridan tashqariga chiqariladi.
3.
Oqova suvlar ifloslanish darajasi bo‘yicha quyidagi turlarga
bo‘linadi:
—
sanoat suvlari;
—
maishiy-xo‘jalik suvlari;
—
yomg‘ir suvlarining ifloslanish xususiyatiga ko‘ra.
4.
Oqova suvlar ifloslanish xususiyatiga ko‘ra:
—
shartli toza;
—
ifloslangan;
—
zaharlangan;
—
yuqumli kasallik tarqatuvchilar bilan ifloslangan suvlarga
bo‘linadi.
5.
Oqova suvlarning kanalizatsiya tarmoqlariga doimiy tushishi
holatlariga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi:
—
oqova suvlarning doimiy oqishi — maishiy-xo‘jalik va sanoat
suvlari;
—
davriy ravishda kanalizatsiya tarmoqlariga tushuvchi suvlar
(ba’zi hollarda uzoq uzilish bo‘lishi mumkin), ya’ni yomg‘ir
suvlari.
Uchinchi guruhdagi oqova suvlarni ko‘rib chiqamiz.
Maishiy-xo‘jalik oqova suvlari uylarda, ma’muriy va sanoat
9
korxonalari binolarida o‘rnatilgan sanitariya jihozlaridan tushuvchi
suvlardir. Bu suvlar, asosan, fiziologik ajralgan va xo‘jalik
chiqindilari bilan ifloslangan bo‘ladi, shu bilan birga, ularda kasal
tarqatuvchi bakteriyalar ham bo‘lishi mumkin. Bu turkumdagi
suvlarga korxonalarda, hammomlarda va dushxo- nalarda hosil
bo‘lgan oqova suvlar kiradi.
Sanoat suvlari ishlab chiqarish sanoatida har xil texnologik
jarayonlarni bajarish uchun ishlatilgan suvlardan paydo bo‘lgan
oqova suvlardir: mashina uskunalarini sovitish, gazmollarni
bo‘yash, yuvish va hokazo.
Yog‘ingarchilik suvlari yoki yomg‘ir yog‘ishi natijasida hosil
bo‘lgan suvlar yomg‘ir, qor va muzning erishi tufayli paydo
bo‘ladi.
Maishiy-xo‘jalik oqova suvlarining ifloslanish xususiyatlari,
asosan, o‘zgarmas bo‘ladi: ularning konsepsiyasi bir sutkada bir
odamning suv iste’mol qilish me’yoriga bog‘liq. Sanoat oqova
suvlarining iflosligi korxonadagi texnologik jarayon, ishlab
chiqariladigan mahsulotga bog‘liq, masalan, organik ifloslar,
plastmassa, qog‘oz va hokazo bo‘ladi. Mineral metallurgiya, kimyo
zavodi va boshqa korxonalardan chiqadigan oqova suvlarda aralash
sun’iy tolalar, cho‘chqaxonalardan zaharli va sezilarli darajada
bakterial ifloslar bo‘ladi. Har xil turdagi organik va mineral
moddalar bilan ifloslangan oqova suvlarda moddalar erigan,
kolloidli, suspenziyali va erimagan modda holatlarida bo‘lishi
mumkin.
Oqova suvlar ifloslanish darajasi konsepsiyasi bo‘yicha
aniqlanadi, ya’ni bir birlikda suv miqdoriga ifloslarning massasi,
mg/1; gramm/m.kub. O‘lchamlarida. Oqova suv miqdori — oqova
suv hajmining vaqt birligiga nisbati bilan aniqlanadi, m.kub/ sut;
m.kub/soat; litr/sek.
10
Yomg‘ir oqova suvlari, asosan, mineral moddalar bilan va kam
miqdorda organik moddalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Yomg‘ir
oqova suv miqdori shahar qurilish maydonidagi maishiy-xo‘jalik
oqova suvlaridan 50—150 barobar yuqori bo‘lishi mumkin.
Sanoat korxonalari maydonlaridagi yomg‘ir oqova suv tarkibida
sanoat korxonalariga tegishli chiqindi va tashlandiqlar bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |