O’zbeksiton Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Arxitektura va Qurilish Instituti Qurilishni boshqarish fakultetiti


Mexanik tozalash quyidagi inshootlarda amalga oshiriladi



Yüklə 451,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix02.04.2023
ölçüsü451,38 Kb.
#92586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
-eferat-1.-sanoat-korxonalarida (1)

Mexanik tozalash quyidagi inshootlarda amalga oshiriladi: 
Panjaralar. 
Panjaralarda 
oqova 
suvlar 
tarkibidagi 
iflos 
moddalarning kattaligi 5 mm va undan yuqori bo‘lganda tutib 
qolinadi. 
Qumtutkichlar. Qumtutkichlar oqova suv tarkibidagi mineral 


16
ifloslar, asosan, qumlarni tutib qolish maqsadida ishlatiladi. 
Tindirgichlar. Oqova suv tarkibidagi muallaq holatdagi iflos 
moddalarning solishtirma og‘irligi suv solishtirma og‘irligidan 
katta yoki kichik bo‘lgan zarralarni ajratib olish maqsadida 
ishlatiladi. Bunda suvning solishtirma og‘irligidan katta bo‘lgan 
zarralari, og‘irlik kuchi ta’sirida, tindirgichlarning tubiga cho‘ka- 
di, yengillari bo‘lsa, suv yuzasiga suzib chiqadi. 
Yog‘ tutkichlar, neft tutkichlar, chang tutkichlar. Bu inshootlar 
oqova suv tarkibidagi yog‘, neft, chaqich, ya’ni suvdan yengil 
bo‘lgan moddalarni tutib qolish maqsadida qo‘llaniladi. Bunday 
inshootlar, asosan, sanoat oqova suvlarini tozalashda ishlatiladi. 
Filtrlar. Oqova suvlar tarkibidagi ifloslarning juda mayda 
zarralarini tutib qolish maqsadida har xil turdagi filtrlash 
ishlatiladi. 
Tozalangan oqova suvlar tarkibidagi iflos moddalar qoldig‘i talab 
etilgan tozalash darajasi miqdorida bo‘lsa, mexanik tozalash 
usulini mustaqil tozalash usuli sifatida qabul qilish mumkin. Agar 
tozalangan oqova suv talab qilingan tozalash darajasini 
qoniqtirmasa, uholda mexanik tozalash usuli oqova suvning 
biologik tozalash usuliga tayyorlash bosqichi sifatida qo‘llaniladi. 
Fizik-kimyoviy tozalash usuli. Kimyoviy tozalash usulida oqova 
suvga kimyoviy reagentlar qo‘shiladi, bu reagentlar oqova suv 
tarkibidagi iflos moddalar bilan reaksiyaga kirishib, suv 
tarkibidagi erimagan, kolloidli va erigan modda zarralarining 
cho‘kishiga imkon yaratadi, ba’zi bir erimagan moddalar zararsiz 
erigan moddalarga o‘tkaziladi. 
Kimyoviy tozalash uchun quyidagi inshootlar va qurilmalar 
qo‘llaniladi reagentlar va reagent xo‘jaliklari — reagentlarni 
saqlash, 
tayyorlash 
va 
ularni 
aralashtirgichlarga 
uzatish 
qurilmalari; aralashtirgichlar reagentlarni tozalanadigan oqova suv 


17
bilan aralashtirish uchun; reaksiya kamerasi, bu qurilmada 
reagentlar oqova suv bilan reaksiyaga kirishadi. 
Kimyoviy tozalash usuli, asosan, sanoat oqova suvlarini 
tozalashda qo‘llaniladi. Bu usulga elektrolit tozalash usulini 
qo‘shish mumkin. Bu usulda oqova suv orqali elektr toki 
yuboriladi. Hosil bo‘lgan elektrolitlarning ionlari anod va katod 
tomon intiladi. Bu yerda ular o‘zaro vatt va elektrod materiallari 
bilan birlashib, yangi birikmalar hosil qiladi. 
Oqova suvlar tarkibidagi iflos moddalarni ajratib olishda 
flotatsiyalash usuli ham qo‘llaniladi. 
Biologik tozalash usuli oqova suv tarkibidagi mikrojonzotlarning 
yashash sharoitiga asoslangan. Bu jonzotlar oqova suv tarkibidagi 
organik moddalarni oksidlash va qayta tiklash uchun xizmat 
qiladi. 
Oqova suvlarni biologik tozalash inshootlari, asosan, ikki turga 
bo‘linadi: oqova suvlarni tabiiy sharoitga yaqin bo‘lgan 
inshootlarda tozalash; oqova suvlarni sun’iy yaratilgan inshoot- 
larda tozalash.Birinchi turdagi inshootlarga sug‘orish maydonlari, 
filtratsiya maydonlari, biologik hovuzlar kiradi. Biologik filtrlar, 
aerotenklar, sirkulatsiya kanallari, oksitenklar ikkinchi turdagi 
inshootlarga kiradi. 
Oqova suvlardan tutilgan chiqindilarga ishlov berish, zarar- 
sizlantirish, suvsizlantirish va ulardan foydalanish. 
Septiklar gorizontal tindirgich bo‘lib, tindirgich ostiga cho‘kkan 
cho‘kindilar oqib o‘tadigan oqova suv bilan birgalikda chiriy 
boshlaydi. 
Ikki qavatli tindirgichlar ikki qavatdan iborat bo‘lib, yuqori 
qismida gorizontal tindirgich joylashtirilsa, pastki qismiga 
cho‘kkan cho‘kindilarni chiritish va achitish qurilmasi joylash-
tiriladi. 


18
Metantenk. Tindirgichlarga cho‘ktirilgan cho‘kindilar oqova 
suvlarga qayta ta’sir qilmasligi va sasimasligi uchun, ular chiritish 
maqsadida alohida joylashtirilgan inshootga, ya’ni metantenkka 
yuboriladi. Metantenkda achitish jarayonini jadal- lashtirish 
maqsadida ularga sun’iy ravishda issiqlik berilib, chiqindilar 
aralashtirilib turiladi. 
Loyqa maydonlari. Ikki qavatli tindirgichlar va metan- tenklarda 
aerobli ishlov berilgan chiqindilarni suvsizlantirish uchun loyqa 
maydonlarga yuboriladi. Bu maydonlarda chiqindilar tabiiy 
sharoitda quritiladi va chiqindilar o‘g‘it sifatida ishlatilishi 
mumkin. 
Cho‘kindilarni sun’iy yaratilgan inshootlarda suvsizlantirish. 
Ishlov berilgan cho‘kindilarni suvsizlantirish sun’iy yaratilgan 
inshootlarda amalga oshiriladi (vakuum-filtrlar, vakuum-press- 
lar, sentrafuga, termik quritish). 

Yüklə 451,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin