I kon mashina va uskunalarini tanlash va asoslash



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə1/12
tarix14.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#113398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12 variant kursavy





MUNDARIJA.
Kirish ..................................................................................................................
I.KON MASHINA VA USKUNALARINI TANLASH VA ASOSLASH.....
I.I Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usulini tanlash............................
I.II Burg’ilash uskunasini turini tanlash..........................................................
I.III Tog’ jinslarini qazib yuklash uchun qazib yuklovchi kon qazish mashinasini tanlash.............................................................................................
I.IV Kon massasini tashish uchun transport turini
tanlash………………..………………………………………………………….
I.V Ag’darma hosil qilish jarayoni uchun uskuna tanlash………………….
II.HISOBLASH ISHLARI……………………………………………………..
II.I Skvajina zaryadlarini hisoblash…………………………………………...
II.II Tog’ jinslarini massivda qazib olishda, qazib o’tish kengligini
hisoblash………………………………………………………………………..
II.III Portlatilgan kon massasi uyumidan tog‘ jinslarini qazib olishda qazib o‘tish yo‘lagi kengligini hisoblash.....................................................................
II.IV Qazib-yuklovchi mashinalarning ishlab chiqarish unumdorligini
aniqlash……………..………………………………………………………….
II.V Karyer trassalarining o‘tkazish va tashish qobiliyatini hisoblash........
II.VI Ag‘darma hosil qilish parametrlarini hisoblash....................................
Xulosa..................................................................................................................
III Foydalanilgan adabiyotlar...........................................................................

KIRISH
O’zbekiston Respublikasida ishga solinayotgan foydali qazilma konlari MDHdagi boshqa mamlakatlarnikidan o‘zining juda katta zaxiralari bilangina emas, balki bir qator xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdoridagi foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zaxiralar qo‘shilmoqda.
Bir qator foydali qazilmalar, jumladan oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar/, kaolinlar bo‘yicha O’zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jixatidan MDXdagina emas, balki butun dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Konchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg‘i bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarining asosiy yoqilg‘i manbaidir. Shuningdek, konchilik sanoati qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati, o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo bazasi hisoblanadi. Xalq xo‘jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini mineral xom-ashyolar tashkil qiladi.
Jahon miqyosida qazib olinadigan foydali qazilmalarning umumiy miqdori yiliga 9-10 mln. t ni, kon massasining yillik unumdorligi esa 35-37 mlrd. t ni tashkil etadi.
Ochiq usulda qazib olish ishlarining rivojlanishi, yer osti usulida qazib olishga nisbatan unumdor, iqtisodiy jihatdan samarador va xavfsizligidadir. Ochiq usulda qazib olishda ish unumdorligi yer osti usuliga qaraganda 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2-4 marta kam. Ushbu farq so‘nggi 30-40 yil ichida oshib borishda davom etmoqda.
Foydali qazilma boyliklariga xo‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so‘ng ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o‘rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo‘linadi:

  • ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);

  • qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to‘plash yoki tushirish ishlari).

I. KON MASHINA VA USKUNALARINI TANLASH VA ASOSLASH.
I.I. Tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlash usulini tanlash;
Tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda pog‘onadagi qattiq tog‘ jinslari portlatish yordamida parchalanadi va o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslari esa mexanik usul bilan parchalanadi.
Mexanik usul bilan maydalash portlatish usuli bilan maydalashga qaraganda ancha foydalidir, chunki unumdorligi yuqori, tannarxi kichik va ishdagi xavfsizligi yuqoridir. Mexanik usul bilan maydalashni mustahkamlik koeffitsiyenti f=6 gacha bo‘lgan tog‘ jinslariga qo‘llash mumkin.
Portlatib yumshatish usuli mustahkamlik koeffitsiyenti f=6 dan yuqori bo‘lgan tog‘ jinslariga qo‘llaniladi. Ochiq kon ishlari amaliyotida tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatib maydalash usuli keng qo‘llaniladi.
11 topshiriq bo‘yicha:

  • Yumshoq tog‘ jinsining qattiqligi f=0,8 bo‘lganligi uchun tog‘ jinsi to‘g‘ridan to‘g‘ri ekskavator yordamida qazib olinadi.

  • Skal tog‘ jinslarining qattiqligi f=15 bo‘lganligi uchun ushbu tog‘ jinsi burg‘ulash portlatish usuli yordamida qazib olishga tayyorlanadi.


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin