I kon mashina va uskunalarini tanlash va asoslash


SBSh-220 IZ burg‘ulash stanogining texnik xarakteristikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə3/12
tarix14.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#113398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12 variant kursavy

SBSh-220 IZ burg‘ulash stanogining texnik xarakteristikasi.

Ko‘rsatkichlar

SBSh-220IZ

Dolota diametri,mm

244,5
269,9

Skvajina chuqurligi m,

32

Vertikal bo‘yicha burg‘ulash qiyaligi, grad

0;15;30

Shtang uzunligi/uzluksiz uzatish uzunligi, m

11/11

O’qqa berilgan kuchlanish, Rnom, kN

450

Burg‘ulash snaryadini uzatish/ko‘tarish tezligi, m/sek

6/12

Dolotani aylanish chastotasi, m3/sek

0-1,68

Aylantirgichdagi aylanish momenti, kNm




Skvajinani tozalash usuli

Havo yordamida

Elektrdvigatel quvvati, kVt




  • O’rnatilgan

650

  • Aylantirgichning

95

  • Kompressorning

400

  • Yurishning

65

Xaraktlanuvchi uskuna

------

Xarakatlanish tezligi, km/s

1,6

Gruntga berilgan bosim, Mpa

0,15

Gabaritlari, mm

19035x6490x19330

Stanok massasi

136






I.III.Tog’ jinslarini qazib yuklash uchun qazib yuklovchi kon qazish mashinasini tanlash
Tog‘ jinsi massivini to‘g‘ridan to‘g‘ri qazib olish va transport vositalariga yuklash yoki qazib olishning o‘zi, mashinaning ishchi organi yordamida tog‘ jinsini bir joydan ikkinchi joyga siljitish va agdarmaga bo‘shatishga – qazish-yuklash ishlari deb ataladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalash uchun ishlatilish va texnologik sifatlari turlicha bo‘lgan universal va karer mashinalarining turli turlaridan foydalaniladi va bu mashinalarning qayerda va qaysi sharoitlarda qo‘llanilishi hududiy tabiiy sharoitga va kon texnik sharoitga qarab belgilanadi. Normal iqlim sharoitiga va yukori unumdorlikka ega bo‘lgan karerlarda ochish ishlari uchun ko‘p cho‘michli rotorli ekskvavatorlar va draglaynlarni qo‘llab yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Vaqt qisqa bo‘lganida, ya’ni qazib oluvchi mashina va uskunalar qisqa vaqt davomida ishlaganida – ochish ishlarida cho‘michi hajmi katta bo‘lgan sidirg‘ich (skreper) lardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Karer unumdorligi kam bo‘lgan yoki mavsumiy sharoitlarda yoz paytlarida buldozerlardan, cho‘michi sig‘imi kam bo‘lgan sidirg‘ichlar va minorali ekskavatorlarni qo‘llash mumkin.
Yarim qoya va qoyali tog‘ jinslarini oldindan yumshatilib qazib olishda – mexanik kurak, yuklagichlar va cho‘michi hajmi katta bo‘lgan draglaynlarni qo‘llash mumkin.
Konchilikda qo‘llaniladigan barcha mashinalar ishlash prinsipiga qarab:

Transport vositalariga nisbatan mashinalar quyidagilarga bo‘linadi:
Qazib-yuklovchi mashinalar. Bu mashinalar foydali qazilmani qazib oladi va qazish joyining o‘zida transport vositasiga yuklaydi. Bularga misol qilib, rotorli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlarni, mexanik kurak, minorali ekskavatorlar va burozaryadli kombaynlarni olish mumkin.
Ekskavatsiyalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va cho‘michi bilan qazilgan tog‘ jinsini mashina konstruksiyasida ko‘rsatilgan masofaga va ag‘darmaga yuklaydi (bo‘shatadi), bularga misol qilib draglaynni olish mumkin.
Qazib-tashuvchi mashinalar. Bu mashinalar qazib olingan tog‘ jinsini iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan masofagacha tashiydi. Bunga misol qilib g‘ildirakli yuklagichlarni, sidirg‘ich va buldozerlarni keltirish mumkin.
Tog‘ kon va transport mashinalari komplektida ekskavatsiyalovchi mashinalar texnologik oqimda asosiy o‘rinni egallaydi. Bu mashinalarning unumdorligi tog‘ jinslarini qazib olishga qanday tayyorlanganligiga va transport xizmatining qanday ko‘rsatilishiga bog‘liq buladi. Transport xizmati ko‘rsatish deganda – transport kommunikatsiyalari barpo etish va transport vositalarining ritmik tarzda yetkazilib turilishi tushuniladi. Ekskavatsiyalovchi mashinalar unumdorligigiga qazish joyi parametrlari va ishlash texnologiyalari aloxida ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin