I kon mashina va uskunalarini tanlash va asoslash


Mexanik kurakli ekskavatorlarining ishchi parametrlari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə5/12
tarix14.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#113398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12 variant kursavy

Mexanik kurakli ekskavatorlarining ishchi parametrlari.

I.IV.Kon massasini tashish uchun transport turini tanlash
Karer yuklarini tashish karerlarda eng ko‘p energiya sarf bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. Ochiq kon ishlaridagi umumiy xarajatlar ichidan transport xarajatlari 60-70% ni tashkil qiladi. Ochiq kon ishlarida kon ishlari olib borishda tog‘ jinslari, foydali qazilmalar, foydali komponentlar miqdori kam bo‘lgan foydali qazilmalar va materiallar tashilishi kerak. Tashiladigan yuk turiga va yo‘nalishiga qarab ochuvchi va foydali qazilma yuk oqimlari tarkib topadi. Yuk oqimlari zaboylardan boshlanib, noruda tog‘ jinslar ag‘darmalarida yoki foydali komponentlar miqdori kam rudalar ag‘darmalarida yoki foydali qazilma zaxiralarida tugaydi.
Karer yuklarini tashish chun deyarli barcha transport turlari qo‘llaniladi, ular ish prinsipiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma po‘lat arqon yo‘lli);

  • siklli (temir yo‘l, avtomobil, skipli, yuk ko‘taruvchiqurilmalar, konveyer poyezdlari).

Uzluksiz transport turi unumlirok trnansport turi bo‘lib, kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan komplekslarni tashkil qilib, tog‘ jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag‘darma ko‘prigi yoki ag‘darma hosil qiluvchi komplekslari. Karerlarda tog‘ jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qo‘llaganda yuk oqimini soddalashtiradi, karerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Karerlarda kon massasini tashish uchun turli ko‘rinishdagi karer transportlaridan foydalaniladi. Asosiy transport vositalari:
-temir yo‘l transporti;

-avtomobil transporti;

-konveyer transporti





Avtomobil transporti.
Ishlab chiqarish unumdorligi uncha katta bo‘lmagan (5 mln. t,yil gacha) karerlarda yuk ko‘tarish quvvati 20 t bo‘lgan avtosamovallarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish unumdorligi o‘rtacha (10-20 mln. t,yil) va yirik (25-50 mln. t,yil) bo‘lgan karerlarda yuk ko‘tarish quvvati 2 t dan 180 t gacha bo‘lgan avtosamovallarni qo‘llash tavsiya etiladi. Avtomobil transporti yordamida kon massasini tashishda ratsional tashish masofasi avtosamosvalning yuk ko‘tarish quvvatiga bog‘liq holda 1-2 km ni tashkil etadi.
µ=Va/Ye=3÷5 formula bo‘yicha avtosamosvalning yuk ko‘tarish quvvati aniqlanadi. Bunda transport vositasiga yuklanadigan kovshlar hajmi 5 dan oshmagan holda qabul qilinadi.
Yuqoridagi formula asosida EKG-3,2A ekskavatori uchun avtosamosval tanlaymiz. MoAZ-6507 avtosamosvalining kuzovi sig‘imi 11,5 m3;
µ=Va/Ye=11,5/3,2=3,5
Yumshoq tog‘ jinslarini tashish uchun MoAZ-6507 avtosamosvalini qabul qilamiz.
Endi EKG-8Us ekskavatori uchun avtosamosval turini tanlaymiz. BelAZ-549V avtosamosvalining kuzov hajmi 35 m3.
µ=Va/Ye=35/8=4,3
Skal tog‘ jinslarini tashish uchun BelAZ-549V avtosamosvalini qabul qilamiz.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin