I kon mashina va uskunalarini tanlash va asoslash


I.II.Burg’ilash uskunasini turini tanlash



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə2/12
tarix14.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#113398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12 variant kursavy

I.II.Burg’ilash uskunasini turini tanlash.
Tog‘ jinsini qazib olishning portlatish usuli tog‘ jinsini massivdan ajratib olish va ularni belgilangan kattalikda maydalashdan iborat. Yarim qoyali tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatish usuli bilan yumshatish keng qo‘llaniladi. Ushbu usul karerlarda qoyali tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlashning yagona usuli hisoblanadi. Barcha karer jihozlarining ish unumdorligi va kon ishlariga ketgan xarajatlar ma’lum darajada portlatish ishlari sifati va ularni tashkil etishga bog‘liqdir.
Hozirgi kunda ochiq kon ishlarida sharoshkali burg‘ulash stanogi keng qo‘llanilmoqda. Ushbu usul yordamida 82,5 % burg‘ulash ishlari, 15,7 % atroyida shnekli burug‘ulash mashinasi yordamida va 1% i zarbli burg‘ulash mashinasi yordamida amalga oshiriladi. Qolgan 0,8% urg‘ulash ishlari esa termik va zarbli – kanatli burg‘ulash mashinasi yordamida amalga oshiriladi.
Konchilik sanoatida portlovchi skvajinalarni burg‘ulovchi stanoklar bo‘lgan texnik talablar GOST 26698-85 orqali aniqlandi.
Ushbu standart ochiq kon ishlari uchun 3 guruhdagi stanoklarni tavsiya etadi:

  1. SBSh – skvajinani havo yordamida tozalovchi sharoshkali dolotali aylanma burg‘ulovchi (sharoshkali burg‘ulash) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 dan 400 mm gacha bo‘lgan 5 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =618;

  2. SBU – skvajinani havo yordamida tozalovchi zarbli – aylanma burg‘ulovchi (pnevmo zarbli) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 100, 125, 160 mm bo‘lgan 3 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =1020;

  3. SBR – skvajinani shnek yordamida tozalovchi kesuvchi koronkali burg‘ulovchi (shnekli burg‘ulash) stanok. Burg‘ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160, 200 mm bo‘lgan 2 ta o‘lchamli turi mavjud. Tog‘ jinsi qattiqligi =16;

Stanokning shartli belgisiga stanok turi va burg‘ulanadigan millimetrdagi skvajinaning shartli diametri kiradi. Masalan: SBSh-320-36 skvajina diametri – 320 mm, skvajina chuqurligi - 36 m.
Ochiq kon ishlarida qattiqligi f=16 bo‘lgan tog‘ jinslarini burchak ostida burg‘ulashda kesuvchi koronkali burg‘ulash stanoklari, qattiqligi o‘rtacha f=68 bo‘lgan tog‘ jinslarida sharoshkali burg‘ulash stanogi, qiyin burg‘ulanuvchi yirik blokli tuzilishga ega qattiqligi f=1020 bo‘lgan tog‘ jinslarida zarbli – aylanma burg‘ulash stanogi qo‘llaniladi.
11 topshiriq bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi:
Skal tog‘ jinslari bo‘yicha 2,2 mln.m3/yil - 7,2 mln.t/yil.
Tog‘ jinchi qattiqligi f=15 . Karerning yillik ishlab chiqarish unumdorligi va tog‘ jinsi qattiqligini hisobga olgan holda, 2 – ilovaga asosan burg‘ulash stanogi turi aniqlanadi. Berilgan parametrlar bo‘yicha SBSh-220 IZ burg‘ulash stanogini tanlaymiz.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin