O’zbeksiton xalqaro islom akademiyasi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkulteti



Yüklə 49,27 Kb.
səhifə2/9
tarix25.03.2022
ölçüsü49,27 Kb.
#54178
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2398OGAHIY

Ul pari ko`yiga gar kirsa salomat ahli,

Ey junun ahli, xujum aylab olarni qovolang.

Ogahiy lirik qahramoni Majnun xissiyotlariga izdoshligidan baxtiyor. U jamiyat, zamon va muhit qarshisida taslim bo`lmagan, haqiqiy ishqning fano bosqichiga ko`tarilib, ruhim qushini boqiy hurlikka erishtirishga intilgan oshiqdir.

Shoirning devon tartib berishdan ko`zlagan bosh maqsadi ham ana shu botiniy mazmunga ishq ahlining diqqat-e`tiborini qaratishdan iborat:

Chun uqubon ul pari qilmas amal mazmuniga,

Bas sanga, ey Ogahiy, tartibi devondin ne sud .
Xullas, Ogahiy pari haqidagi xalq ishonch-e`tiqodlari, afsona va rivoyatlar mazmunidan, mumtoz adabiyot an`analaridan chuqur xabardor bo`lgan. Pari obrazi sifatlariga ishora qilish orqali shoir keng ma`nodagi yor husnu jamolini, oshiq qalbidagi botiniy kechinmalarni ifodalagan. Mehr va vafo, sabr va bardosh, sadoqat va samimiyat kabi pokiza insoniy tuyg`ularni ulug`lagan, komil inson bo`lishga da`vat qilgan. go`zal poetik lavha va manzaralar yaratgan.

So`z san`atining dastlabki namunalari qadim zamonlarda dunyoga kelib, unda insoniyatning porloq kelajak haqidagi orzu niyatlari turli mifologik obrazlar orqali aks ettirilgan. Ibtidoiy odamning o`ziga sirli ko`ringan tabiatni bilishga intilishi natijasida dastlabki mif va afsonalar yaratilgan bo`lib, ularda mifologik obrazlarning ilk namunalari o`z aksini topgan. Miflarda yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlar mujassamlashgan. shuning uchun ko`pgina mifologik obrazlar ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi kurash fonida gavdalanadi.

Ogahiy Xizr obrazini Iso-Masih, Iilyos, Iskandar kabi obrazlar biln birgalikda qo`llar ekan. haqiqiy tiriklik chashmasi yor labid bo`lgani uchun ularning talablarini, xatti-harakatlarini behuda amallar deb biladi.

Hayotafzo labing uzra xati jonparvaring ko`rgach,

Masiho birla hamdam Xizr payg`ambar xayol etdim.
Ogahiy lirik qahramoni irodasi mustahkam, sabotli va matonatli inson.

U ko`nglini saodatga etaklovchi ma`rifatga musharraf bo`lishga chog`lagan:



Agar hayvon zulolin Xizr bersa og`zimga olmon –

Ki, durdi boda lutf etsa manga gulchehra soqiy bas.
Ma`lumki, mumtoz she`riyatda “soqiy” – ma`rifat ilohiy ishq mayini tarqatuvchi, “durdi boda” (may quyqasi) – ma`rifat va qanoatning timsoli.

Binobarin, baytning mazmunida oshiqning ishq, ma`rifat sirlaridan ogoh bo`lishga intilishi, ishtiyoqmandligi mujassam. Mayning poklovchilik xususiyati inobatga olinsa, ma`rifat bdasidan ichib, ya`ni “ilmu irfonga ega bo`lib olib, haqiqat sirlarini egallamasang, komilikka erishmasang abadiy tiriklikdan va foyda bor?”, degan fikr ifodalayotgani anglashiladi.

Demak, Haq siridan ogoh (shoirning tahallusi Ogahiy ekanligi bejiz emas) ulug`vor shoir Xizr va uning xususiyatlari vositasida jamiyatni sog`lomlashtirish, amalparastlik va nafsparastlik, xurofot va diniy taassub natijasida kelib chiqadigan turli illatlarning oldini olish, aql-idrok, ma`rifat nuri bilan hayotni bezamoq kerak, degan fikrni ilgari surgan: Bazmgohing ishratafzo jomining, Loyiqidur obi hayvon tuhfasi.

Bu o`rinda ham “bazmgoh” – ma`rifat hosil bo`ladigan joy, “jom”ning ma`rifat ekanligidan intilish samarasiz ketmaydi, albatta, munosib taqdirlanadi. ma`rifatli kishi abadiyatga daxldordir qabilidagi fikr ifodalanmoqda.

Tasavvuf falsafasiga ko`ra esa ilohiy go`zallikni his qilmoq uchun vahdat mayidan ichmoq lozim. A.Rustamov “may” so`zi va uning ma`nodoshlari “asarning suvratida kelsa haqiqat ma`rifati, unga bo`lgan ishq-muhabbat va uni idrok qilgandagi lazzatni bildiradi”, deb yozadi. N.Komilov ham shunga yaqin fikrni bildirib: “boda, sharob, may so`zlari majoziy ma`noda muhabbat shavqini bildirib keladi”, - deb ta`kidlaydi. Bu yo`lda inson tangridan boshqa narsadan o`z ko`ngligini poklamog`i lozim. Agar u ko`z oldida turgan maavhum narsalardan o`z ko`nglini poklamas ekan, haqiqiy maqomga erisha olmaydi. Buni yaxshi tushunib etgan shoirning “men”i Xizrning doimiy barhayotlikka erishtiruvchi tiriklik suvidan voz kechishga tayyor. Uningcha, ilohiy yor jamolini ko`rishga musharraf bo`lish dunyodagi barcha o`tkinchi holatlardan ustundir. Bu yo`lda mahbuba yodi va qanoat unga hamrohdir.

Ogahiy Xizr obrazi bilan bog`liq o`rinlarda Sharq adabiyotidagi badiiy tasvir vositalaridan ham ijodiy foydalanadi, poetik vositalarning imkoniyatlarini kengaytiradi va ularni yanada boyitadi. Bu esa hayotiy manzaralarni yorqinroq gavdalantirishga, baytlarning lafziy nazokatini, jozibadorligini ta`minlashga xizmat qiladi.

Badiiy adabiyotda mifologik sub`ektlar antropologik qiyofaga ega bo`ladilar. Faqat syujet tahliligagina tayanib, mifning shakliy transformatsiyasi, diffuziyasi, funktsional xususiyatlari haqidagi to`la tasavvurga ega bo`lish mumkin emas.

Pari obrazi ham xalqning qadimiy tasavvurlari bilan bog`liq. Uning paydo bo`lishi, o`zbek she`riyatiga kirib kelishi, ma`no qirralarining rivojlanishi bevosita xalq mifologiyasiga borib taqaladi.

Tadqiqotchi O.Karimov pari haqidagi afsonalarning paydo bo`lishini zardushtiylik dini bilan bog`lar ekan, rus olimi G.P.Snesarevning fikrlariga tayanadi. Ammo rus olimining pari obrazini Eron mifologiyasi bilan bog`lashiga e`tiroz bildiradi. Chashmasi tadqiqotchi qadimgi forsiyzabon xalqlar (ular Xorazm hududida ham yashashgan – T.M.) bilan hozirgi Eron hududida yashovchi aholini bir-biridan unchalik farqlamagan ko`rinadi. O.Qayumov xalqimiz orasida pari haqida mavjud tasavvurlarga ko`ra ularning 170 mingdan ortiqligi va har biri muayyan vazifani bajarishini ta`kidlaydi.

Shomonistik fol`klorda parilar Ko`hi Qof yoki Bog`i Eramda maskan tutib, insonga va inson unga oshiq bo`lishi tabiiy holsanaladi. Ular o`ch olishi, boqiy yashashi, san`atni sevishi, ko`zdan g`oyib bo`lishi, ba`zan insonga shikast etkazishi, aqldan ozdirishi mumkin.

A.Afanas`ev qadimgi slavyan xalqlarida tabiat hodisalari (yomg`ir, shamol)ning hmiylari pari yoki suv parilari ekanligini ta`kidlaydi. Tadqiqotchi D.Begimova esa astronomiya (ilmi nujum) fanining yuzaga kelishini ham ibtidoiy mifologik tasavvurlar va hayotiy zarurat bilan bog`laydi. Folbinlik bashorati ilohiy karomat orqali ro`y beradi, deb hisoblanadi. Rabg`uziy farshta (o`tning yorug`ligidan) pari (o`tning yolidan) yaralgan bo`lib, nurdan yaralgan malak-farishta ko`kda makon tutsa, o`tning yolidan yaralgan jin-pari erda yashaydi, deb ko`rsatadi.

Ogahiy lirik qahramoni xayolan o`z mahbubasi bilan so`zlashadi. Unga maftunlikdan parishon bo`lgan ko`ngilning bunday suhbati e`tiroz tug`dirmaydi:




Yüklə 49,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin