O’zbeksiton xalqaro islom akademiyasi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkulteti



Yüklə 49,27 Kb.
səhifə3/9
tarix25.03.2022
ölçüsü49,27 Kb.
#54178
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2398OGAHIY

Chu deding telba ko`nglung kimgadur shaydou oshufta, Eshitkil, ey pari paykar, sangodur bu, sangodur bu.
Shaydo va oshufta oshiq samoviy yuksaklikdagi ko`ngil intilishlaridan mamnun. Uning ma`naviy-ruhiy olami nihotda go`zal. Shuning uchun ham u ruhiy olamning sirli teranligini, mo``jizakor qudratini, “tafakkur boshi aylanib” – ko`ngil telbalik ixtiyor etganini, bularning barchasi mahbuba tufayligina ekanligini faxr va iftixor hissi bilan e`tirof etadi.

Yuqoridagi bayt badiiy tasvir vositalarining qo`llanilishi jihatidan ham alohida e`tiborga molik bo`lib, unda “badiiy tasviriy vositalarning eng ko`p uchraydigan xilidan bo`lgan lafziy san`atlardan” biri takrorga murojaat qilingan. Takror she`rda u yoki bu so`zni takrorlashni nazarda tutib, shoir misra yoki bayt tarkibida muayyan so`z yoki so`z birikmasi bir necha bor yangi maqsadlarda takrorlanishi mumkin. Bu san`atning asosiy xususiyati takrorlash vositasida so`z ma`nosini, uning mohiyatini ta`kidlab

ko`rsatishdir.

Ogahiy mazkur baytda “sangodur bu” jumlasini takror qo`llash orqali oshiqning mahbubaga bo`lgan otashni sevgisini bo`rttiribroq tasvirlashga harakat qiladi. Shu bilan birga, takror lirik qahramon qiyofaini yorqinroq gavdalantirish, uning dil dardlarini ta`sirliroq mujassamlashtirish vaxifasini bajaradi.

Rus olimi G.P.Snesarev Xorazm afsona va rivoyatlari, shuningdek, shomonlarning amaliy faoliyatida ruhlar olamining vakili- parilar muhim rol` o`ynashiga shubha qilmaydi. U L.Ya.Shternbergerning Sibir` va Uzoq Shimoldan to`plagan manbalari, O.A.Suxarevaning Xorazm shomonligining boy faoliyatini kuzatishlari hamda muayyan shomon bilan bo`lgan

muloqotlaridagi pari haqidagi tasavvurlarni atroflicha tahlil qiladi. Olimning ta`kidlashicha, asosiy funktsiyasi ko`ngli (yoki miyasi)da ruhlar o`rnashgan kishilarning diniy yo`l bilan davolashdan iborat bo`lgan shomonlar bu vazifani parilar yordamida bajaradilar. “Parilar odatda go`zal va ozoda kishilarga mehr qo`yishadi. Bordi-yu, qishloqda go`zal bir ayol bo`lsa-yu uni parilar sevib qolishsa, erining ayolga yaqinlashishiga monelik qilishadi. Pari bilan muloqotda bo`lgan pyolning esa o`z eridan ko`ngil soviydi. Boo`qa bir ma`lumotga ko`ra esa, ba`zi bir xushsurat yigitlarga ilakishib qolgan parilar uzoq muddat uni qiynashi mumkinligi haqidagi gaplar uchraydi. Erkak pariga yo`liqqan ayol o`z qonuniy nikohdagi eridan farzand ko`rsa, pari mazkur go`dakka nafrat ko`zi bilan qarab, dushmanlik qilish boisidan u yashab keta olmasligi mumkin.

Rus olimi G.P.Snesarevning fikrlariga tayanib aytish mumkinki, Ogahiy “ishqingda rasvolanmasun” deganda xalq tasavvurida mavjud bo`lgan parilarga xos yuqoridagi sifatlarga urg`u bergan.

Diniy marosimni o`tkazish tamoili maxsus ixtisoslashgan kishilar qo`liga o`tmagan qadimgi davrlarda jamoa bo`lib raqsga tushilgan. Qoqiriqsuqiriq marosimi paytida ishtirokchilarning ham qiyqriqlar bilan bir-birining qo`llarini elkalariga tashlab, doira shakl asab raqsga tushishlari, harakatlarining sekin-asta kuchaya borishi ana shu ibtidoiy udumlarning qoldiqlaridir. Bunday teran arxaik shakllarning izlarini darveshlarning jahdu jadal bilan zikr tushishlariga o`xshab ketadigan kelin tushirish kunidagi xlfalar o`qigan she`rlarga boshqa ayollarning ham dastavval o`tirib, keyinchalik tikka turgan holda doira shakl yasab raqsga tushishlarini ham misol qilish mumkin.

G.P.Snesarevdan keltirgan iqtibosimiz birmuncha cho`ziqroq bo`lsa-da, yuqoridagi fikrlarni tasdiqlashda muhim ahamiyatga ega. Shubhasiz, Ogahiy mumtoz adabiyotimizning tasavvufiy mantig`ini chuqur anglab etgan va an`anani ijodiy davom qildirgan. Bizningcha, yuqoridagi baytlarning yuzaga kelishida nafaqat an`anaviy she`riyat balki shu bilan bir qatorda Xorazm fol`klori, turli davrga xos ishonch-e`tiqodlar, xalq an`ana va udumlarni yaqindan bilishlik ham muhim rol` o`ynagan. Lirik qaxramon xatti-harakat va ruhiy holatida aql-idrokning unchalik amaliy xarakter kasb etmasligi esa, ogahiy birmuncha ibtidoiy davr e`tiqodlariga, shomonlik udumlari zavol topmagan aneanalarga tayanganligini ko`rsatishi jihatidan ibratlidir.

Ul pari ishqi aro jonbozlar ko`pdur, vale

Pokboz ermas biri bu oshiqi miskin kibi.
Parivash yor surati bilan o`ziga uchragan har bir kishini azobga giriftor qiladi. Uning go`zalligi qoshida ne-ne oshiqlar aqlu hushidan judo bo`lib, kecha-kunduz ohu fig`on chekishadi. Baytda keltirilishicha, ularning hech biri halollik, pokizalik va sadoqatda lirik qaxramoncha emas. Ushbu o`rinda parining pokiza va halol kishilarga yo`liqishi haqidagi xalq tasavvurlariga tayanilgan holda, oshiq sadoqatda yagonalik ramzi sifatida ulug`langan.

Ogahiy lirikasida pari obrazi bilan bog`liq ayrim o`rinlarda yor paridan ustun qo`yiladi. Shoirning tasavvuricha, ma`shuqa go`zalligi qoshida parilar yoqa ushlab qolishadi. Jumladan:



Qoshlarining imosidin yuz huru g`ilmon evrulur,

Yuzlaring siymosidin ming bog`i Rizvon evrulu.
Baytda ifodalanishicha, mahbuba qoshlarining imosiga yuz pari, yuzlarining go`zalligiga “bog`i Rizvon” ta`zim qiladi. “huru g`ilmon” “bog`i Rizvon” tashbehlari orqali mukammal go`zallik namunasi bo`lgan mahbubaning sifatlari ochib berilgan, ogahiy ma`shuqani yuksak sanash orqali tasavvufiy she`riyat an`anasiga ergashadi.

Demak, yo shu qadar go`zalki, bu yuksak go`zallikdan barcha aylanibo`rgilsa arziydi. Chunki u xusni latofatda “yuz huru g`ilmon”dan, ming jannatdan ziyodadir.

Muallifning fikr va tuyg`ularini aniqroq tasvirlashida tasdir san`ati unga qo`l keladi. Takrorga asoslangan san`atlardan biri bo`lgan bu tasviriy vositada bir so`z baytning ikki joyida qaytariladi. Qo`llanilish o`rniga ko`ra takrorlanuvchi so`z baytning turli o`rinlarida qaytarilishi mumkin.


Yüklə 49,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin