O’zbeksiton xalqaro islom akademiyasi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkulteti



Yüklə 49,27 Kb.
səhifə6/9
tarix25.03.2022
ölçüsü49,27 Kb.
#54178
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2398OGAHIY

Munqate` bo`l, bo`lma ko`p sargashtai tihi amal,

Yo`qsa topmassen rahi maqead, o`tub yuz umri Nuh1.
Nuh payg`ambarlar ichida eng uzoq yashaganlardan biri sifatida e`tirof etilgan va bu haqda turli manbalarda turlicha ma`lumot berilgan. ««Qisasi Rabg`uziy»da «Nuh yuz yosharda yalavochliq keldi. Ellik o`ksuk ming da`vat qildi. To`fonda kezin uch yuz ellik yashadi. Taqi aymishlar, Odamdin to`fong`a tegi ikki ming yuz yil erdi. Anda kezin Nuhnung vafot bo`ldi»2. Navoiy esa «Nuhning umri ming olti yuz bo`lg`ondin so`ng va ba`zi depturlarkim, ming uch yuz bo`lg`ondin so`ng olamdin o`tdi»3, - deb yozadi.

Umuman, Ogahiy ijodi Nuh va u xakdagi rivoyatlarda tilga olin-gan jihatlar o`zining yangicha talqinini topgan. Bu obrazning nechog`lik mahorat bilan yaratilganligi mazmun va ma`no ko`lamining kengligi bilan belgalanib, Nuh obrazining mohiyatini to`la angla-shimiz esa Ogahiy ijodini yaxshirok tushunib etishimizga imkon beradi.

Yozma adabiyotda keng qo`llanilgan an`anaviy obrazlardan biri Ayyub payg`ambar bo`lib, uning bosh sifati sabru toqat va chidam egasi ekanligidir. Yahudiy va islomiy manbalarda bu payg`ambarga xos xislat va fazilatlar haqida ma`lumotlar mavjud.

She`rlarda Ayyub alayhissalomga ishora qilish er vasliga bo`lgan umidvorlikni, hijron azobl^riga sabr-bardoshni ifodalash-ning o`ziga xo` vositasidir. Fikrimiz tasdig`ini Atoiy va Gadoiy ijodidan keltirilgan baytlar misolida kuzatishimiz mumkin:

Atoiyda:

Sango bersun ilohi Nuh umrin,

Mango ham furqatingda sabri Ayyub. (Atoiy. Tanlangan asarlar. - T.,1960. 31-bet)

Gadoiyda:



Sunbuling tuttsuncha ne jabru jafokim chekmadim,

Sabri Ayyub ettim, ammo pgopdim oxir umri Nuh.

(Gadoiy. Devon. - T., 1973. 32-bet)


Har ikkala shoir ham judolik va hijron jabru jafolarida sabr-toqatli bo`lish g`oyasini ilgari ourishda mashaqqat va sinovlarga bardosh bergan Ayyub payg`ambarlarga, ayni paytda zalolatga botgan qavmni sabrbardosh bilan haq yo`lga da`vat etgan va uzoq umr ko`rgan Nuh payg`ambarga ham ishora qilinadi. Lirik qahramonning o`z yoriga Nuh umrini tilashi yoki oshiqning «sabri Ayyub» tufayli Nuh umri-ga

musharraf bo`lishi bir-birini to`ddiradi.
Har ikkala baytdagi lirik qahryamon ham mustahkam iroda egasi. Shu bois ular ma`shuqa nomini e`zozlash, unga samimiy tilaklar bildirish, yor vasliga erishish yo`lidagi qiyinchiliklarga sabr bilan chidashga, ezgu maqsadga etishga intiladilar.

Mumtoz shoirlarimiz ichida Ayyub obrazi eng ko`p Ogahiy she`riyatida uchraydi. Shoir lirikasida uchraydigan Ayyub bilan bog`liq baytlarni quyidagicha taxdil etish mumkin: 1. Lirik qahramon ruhiy dunyosini tasvirlashda Ayyubni o`rnak qilib

ko`rsatuvchi baytlar, 2. Ayyubning sabr-qanoatda tengsizligani uqtirish orqali tasavvuf falsafasi g`oyalarini ilgari suruvchi bayt-lar Misollarga murojaat etamiz:

Ey ko`ngulu osoyishi bazmi visol istar esang,

Chek baloyi hajr aplab sabr aro Ayyubluq. (1.291).
Baytda Ayyub haqidagi rivoyat va afsonalarga ishora qilish yo`li bilan oshiqning hijron iztiroblari, qalb kechinmalari ifoda etilib, «baloyi hajr» chekmay turib, ma`shuqa vasliga etish mumkin emasligi aytiladi. Oshiqqa Ayyubni o`rnak qilib ko`rsatadi.

«Osoyish bazmi» va «baloyi hajr» bir-biriga qarama-qarshi

qo`yilishi natijasida tazod san`ati yaratilgan.

Ayyub bilan bog`liq baytlar qatiga tasavvufiy ohanglar singdirilgan bo`lib, ularda shoir ilohiy yor visoliga erishish uchun oshiq ko`pdan-ko`p ruhiy qiynoqlar va azoblarga sabr bilan bardosh berishi, ana shundagana haqiqiy maqsadga erishish mumkinligani aytadi. Shoir bunda an`anaviy Ayyub obrazining o`ziga xos talqinini yaratadi.:

Ey kungulu vasl istasang sabr et balou dardga

Kim, muqarrib tangriga bu shevadin Ayyub erur. (1.203)


Ya`ni Ayyub balolarga sabr etib, Haqqa yaqinlashdi. Lirik qahramon ham ko`ngalga xitob qilib, «balou dardg`a» sabrli bo`lishni uqtiradi. Zero, sabr maqomida bo`lgan kishi oqibat istagiga etadi.

Tasavvuf ta`limotiga ko`ra, sabr-faqrdan so`nggi maqom. Bu hakda adabiyotshunos I.Haqkulov shunday fikrlarni ilgari suradi: «Bu maqomda (sabr maqomida - T.M.) solik tashqi dunyo mashaqqatlariga chidash bilan birga «har ne hakdin yuzlansa, tahammul pesha qilg`ay va har balo kelsa sabr qilg`ay». Alisher Navoiy sabrda e`tiqod manzi-lini ko`radi. Sobir kishining dodi, albatta, tangriga etadi... Sabr maqomi tasavvufda ham ruh ulug`vorligi, qalb pokligi va axdoq hurligini muhofaza etish vositasidir»1.

Zotan, «sabr et balou dardg`a» kabi teran iboralarning mohiyatini Ogahiyning mislsiz sabr-qanoatli hayoti, e`tiqodi va shoir ruhining ulug`vorligi, qalban pokligi bilan mushtarak holda tushunmoq kerak.

Shoir boshqa bir baytida ham ta`kidlaydi:




Yüklə 49,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin