O’zbeksiton xalqaro islom akademiyasi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkulteti



Yüklə 49,27 Kb.
səhifə5/9
tarix25.03.2022
ölçüsü49,27 Kb.
#54178
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2398OGAHIY

Borib Yusuf jahondin, o`rkiga san,

Bu kun ko`si xilofat choldiig, ey sho`x. (1.151) Yoki:

Chun erursan husn Misrining Azizi, yo`ts ajab,

Kulluq aylab tegranga gar Mohi Kan`on evrulur. (1.190)
Bunday misollarni shoirning ko`plab g`azallarida uchratish mumkin. Quyidagi baytda Ogahiy «Yusuf» surasida mahzun ohanglarda tasvirlangan Ya`qub alayhissalom ko`zining ko`r bo`lishi voqeasiga ishora qiladi:

Xiradur sansiz ko`zum, ko`rguz yuzingnikim, erur

Ko`rsa Yusufning jamolin diydai Ya`qub xo`b (1.102)

Ogahiy talmeh san`ati orqali oshiq va ma`shuqaning turli xil holatlari, majoziy va haqiqiy ishq iztiroblarini yoritib beradi. Shoir chohi Bobil, Mohi Kan`on, Ya`qub singari obrazlarni qo`llab, Yusuf obrazini

to`ldiradi.

Yusufi Misriy ango gar qulluq etsa tong emas –

Kim, bori olam aro husn a^liga sulton erur. (1.195) *
Ya`ni lirik qa^ramon sevgilisiga husn elining sultoni bo`lgan Yusuf ham kulluq qiladi. Chunki yorning kamoli Yusufni ham hayratga solishi shubhasizdir. Bunday baytlar zamiriga e`tibor qilinsa, mantiqan husn elining sultoni - vujudi mutlaq ekanligi ayonlashadi. Shuning uchun ham bu kabi baytlarni irfoniy nuqtai na-zardan taxdil qilmoq maqsadga muvofiqdir.

Nuh - Qur`onda zikr etilgan 28 payg`ambarning biri bo`lib, xalqimiz orasida u hakdagi qarashlarning keng tarqalishida Islom dinining roli katta bo`lgan. Payg`ambarlar kul`ti bilan bog`liq ob-razlarni o`rgangan elshunos olim G.P.Snesarev tadqiqotlari ham mazkur fikrni tasdiqlaydi.

Ta`kidlaganimizdek, Nuh obrazining o`ziga xos sifati suv to-shqinida tirik jonzotlarni asrab qolishi va uzoq umr ko`rganligi bilan xarakterlanadi. To`fon balosidan pand-nasihatlardan ibrat olish, hidoyat yo`liga yurish maqsadi ko`zda tutiladi. Uzoq umrdan esa iymonga da`vat etish kishi zimmasidagi sharafli va ayni paytda o`ta mushkul vazifa ekanligi ma`nosi anglashiladi.

Nuh to`foni haqidagi afsona va rivoyatlar anchagina mashhur bo`lib, Dj.Frezerning yozishicha, to`fon haqidagi afsonalar Sharqiy Osiyo, Avstraliya, Qadimgi Grek va Hind, Janubiy Sharqiy va Markaziy Amerika xalkdari orasida keng yoyilgan1.

Alisher Navoiy ham Nuh haqida so`z yuritganda Rabg`uziyga yaqin uslubni tanlaydi. «debdurlarki», «derlarki», «ba`zi depturlarkim», «rivoyat mundoqdurkim», «rivoyat budurkim», «xotirda andokdurkim» singari boshlamalar bundan guvohlik beradi4.

Anglashiladiki, diniy kitoblardagi Nuh payg`ambar haqidagi fikrlar asl mohiyatini saqlagan bo`lsa-da, Navoiy va Rabg`uziy asar-larida xalqimizning mifologik qarashlari va fol`klorning ko`plab janrlariga xos asarlari bilan qorishib, bu mavzu serqirra va ko`p qatlamli bo`la borgan.

Fol`klor asarlarida Nuh haqida gap ketsa, uning kemasi xususi-da ham to`xtalib o`tiladi. Xalqimiz tasavvuricha, uning kemasi Alloh tomonidan yaratilgan bo`lib, u orqali Nuh o`z yaqinlari va jonivor-larni halokatdan sakdab qolgan va erda qaytadan hayot jonlangan.

Mashhur elshunos G.P.Snesarev ma`lumotlariga ko`ra, Nuh kemachilarning muqaddas piri hisoblanib, kemaning old tomonida unga deb maxsus joy qo`yishgan. Bu erda har qanday kishining o`tirishi ta`qikdangan. Mazkur joy Nuhniki hisoblangan, ya`ni tabulashtirilgan5. Ogahiyning Nuh obraziga murojaat qilishini u yoki bu ijod- korning ta`siriga emas, balki boshlang`ich manbalar bilan tanish shoirning mavjud an`anani davom qildirishi tarzida izohlash maqsadga

muvofikdir.

Ogahiy Nuh obrazi vositasida dunyo, hayot, insoniy qadr-qimmat haqidagi o`z falsafiy qarashlarini ilgari surishga dunyoqarashini ochib berishga harakat qiladi:



Ki ko`b rahravni nokam o`tkaribdur,

Na topti Nuh maqsudin, na Yofis. (1.134)

Baytda inson hayotda bir yo`lovchidek ekani aytilib, dunyoning o`tkinchiligi, bevafoligi haqida so`z boradi. Shoir kishilarni hayotning, umrning qadriga etib yashashga chaqiradi.

Nuh umriga ishora qiluvchi baytlar Ogahiyning ustozi Munis ijodida ham mavjud bo`lib, u bu voqeaga ishora qilib boshqacha po etik lavha yaratadi:


Yüklə 49,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin