O’zbeksiton xalqaro islom akademiyasi Mumtоz shаrq filоlоgiyаsi fаkulteti


OGAHIY IJODIDA DINIY-TARIXIY OBRAZLAR



Yüklə 49,27 Kb.
səhifə4/9
tarix25.03.2022
ölçüsü49,27 Kb.
#54178
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2398OGAHIY

OGAHIY IJODIDA DINIY-TARIXIY OBRAZLAR

Diniy rivoyatlarning taraqqiyot bosqichlarini ko`zdan kechirish shuni ko`rsatadiki, islom bilan bog`liq bo`lgan payg`ambarlar obrazi xalq og`zaki ijodida maromiga etib, fol`klor asarlari va Qur`oni Karim orqali ezma adabiyotga ko`chgan. Ana shunday obrazlarga xos belgi va xislatlarga ijodkorning ishoralar qilishi orqali obrazli ifoda yuzaga keladi. Shoirlarimiz obrazlarning an`anaviy sifatla-rini sakdagani holda, ularni yangacha g`oyaviy bo`yoklar bilan bezaydi-lar. Natijada, «ijodkorning tafakkur mevasi sifatida yangi obraz-lar va ifoda tasvir vositalari maydonga keladi»1. Bu esa shoirdan yozma adabiyot an`analarini, salaflari ijodini, yozma adabiyot va an`-anaviy obrazlar munosabatlarining bilimdoni bo`lishini talab eta-di.

Qur`oniy mavzular va obrazlarning jahon hamda o`zbek adabiyoti-ga ko`chib o`tishini Ogahiy lirikasi misolida kuzatish islomiy nuqtai nazardan ibratli bo`lish barob`rida, o`zbek adabiyotining is-lom adabiyoti bilan shajaraviy, moziydan uzilmas aloqalarini yanada kengaytirishga imkon

tug`diradi.

Sharq adiblari ijodidagi milliy xususiyatlar masalasiga to`xtalgan professor H.Karomatov mshshiy xususiyatlarning umumis-lom va umuminsoniy bashoratlar bilan chambarchas bog`liq holda na-moyon

bo`lishini alohida ta`kidlab ko`rsatadi2.

Ogahiy ijodida Isoning samoga ko`tarilishi va u erda makon tu-tib qolishi haqidagi rivoyatlarga ishoralar ko`plab uchraydi. Quyidagi baytda shoir ma`shuqani ulug`lash maqsadida Iso bilan bog`liq sifatlardan foydalanadi:

Nega eldin tsochib er tutti ko`kda Isiyu Maryam,

O`lukni tirguza olsa labi mo``jiz bayoningcha. (2.35).
Ma`shuqaning yuzi shu qadar go`zal va nurafshonki, u sharqni kunchiqishni yoritganidan Quyosh ham xijrlatda qoladi. Va bu lahzada o`z nafasi bilan o`likni jonlantiruvchi Iso ham xijolatda o`rtanadi:

Ey, yuzingdin munfa`ildur oftobi hovari,

Vay damingdindur xijil Iso dami jonparvari.(1174)
Ma`shuqa a`zolaridan bo`lgan yuzni borliqdagi unsurlarga tash-bexlash orqali o`xshatishning rang va shakl, holat va ko`rinishlari bilan aloqador mubolag`ali tasvir yuzaga kelgan. Ba`zan esa, Ogahiy visol onlari tasvirida ham mubolag`a qo`llash usulidan foydalangan:

Garchi Iso nuptsidin topgap o`luk jon lazzatin,

Lek jonparvar so`zing yuz qotladur ondin laziz (1.161)
Ogahiy lirikasida Iso obraziniig ba`zan peyzaj tasviriga nis-batan qo`llanilganligani ham kuzatish mumkin:

Esib har soridin bo`stonlar ichra ruhparvar el,

Masiho mo``jizidin har nafas urgusi dam sahro,(1.84)
Bahor ayyomi tabiat go`zalligiga maftun bo`lgan shoir bog`u bo`stonlardagi dilkash manzaralardan esuvchi «ruhparvar el» larning mo``jizakorligini Iso mo``jizasi bklan qiyoslaydi. Biroq, yorning firoqida lirik qahramon chekayotgan g`am va anduhga na shahar, na sahrodagi dilkusho manzaralar taskin bera olmaydi. Illo, oshiq axliga bir necha kun tabiat qo`ynida ishrat qilish, do`stlar bilan suhbat qurish emas, balki yor vasliga etmoq mudtsaodir. Chunki, firoq o`tida yongan yurak taftini visolgana o`chira olishi mumkin. Baytda shoirning Iso mo``jizasini eslatib o`tishi orqali talmeh san`ati yaratilib, bu lirik qahramon kayfiyati va tabiatning maftunkor manzarasini to`laroq yoritib berishga xizmat qilgan.

Shoir lirik qahramonining ruhiy holati o`zgarib turadi. U hamisha ham tushkunlikka berilmay, yorning lutfu ehsoniga sazovor bo`lishiga umid ko`zi bilan qaraydi. Sadoqat va vafoning timsoliga aylanib ketgan oshiq bir kun kelib o`z sevgisi mahbuba tomonidan yuksak baholanishiga ishonib yashaydi.



Gar o`luk jismimga kirsa toza jon, ermas ajab

Kim, etushti lutf eshib Isoyi davronim bukun. (2.13)
Ulug` ishq kuychisk l*fik qahramon qalbida tug`yon urayotgan soginch hislarini, visol armonlarini qanday ifoda etish yo`llarini izlay-di. Uning nazdida mahbuba vasfida muhabbat dunyosiga, inson va ilohiy go`zallikka yuksak baho berishdan ortiq maqsad bo`lmasa ke-rak. Shoirning lirik qahramoni o`zini shu qadar gunohkor va xoki-sor qilib ko`rsatadiki, bu orqali oshiklik dardi dunyoning barcha malomatu haqoratlariga bardosh bera olishga qodir mislsiz ruhiy qudrat ekani mubolag`ali ifoda etiladi.

Ogahiy ma`lum bir o`rinlarda Yusufning ayrim xususiyatlariga ishora qilib o`tadi. Bevosita yuqoridagi baytga qaytadigan bo`lsak, qissa va rivoyatlarda aks ettirilgan Yusuf jamolining nuri Bobil chohida ravshanlik taratganini eslamasak, baytni izohlash mushkul. Baytda ma`shuqa husnining beqiyoslshi Yusuf go`zalligiga qiyoslanib, lirik qahramonning sog`inch va hijron azoblari, iztiroblari, sami-miyati ko`tarinki kayfiyatda ifodaxanadi. Ma`shuqaning tashrifi oshiqning kulbasini yoritadi, nainki kulbasini, dilini ravshan qiladi.

Illo, ma`shuqaning jamoligina jas, balki buyuk qalb egasi sifatidagi mehr-shafqati, uning tashrif buyurib, ko`rsatgan iltifot-larida, hijron sitamlariga barham berishida namoyon bo`ladi:


Yüklə 49,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin